Morfologiya test. Ot so’z turkumi test. Ona tili online test.
Morfologiya so`z turkumlari va ularga xos bo`lgan shakllar haqida
bahs yuritiladi. Morfologiya so‘zi yunoncha morfe – shakl, logos – fan,
ta’limot degan ma’nolarni ifodalaydi.
Ot — mustaqil soʻz turkumlaridan biri. U boshqa turkumlardan bir necha belgi — xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Mundarija
Natija
#1. Bir turdagi narsaning nomini bildirgan otlar qanday otlar sanaladi?
#2. 1. Kachal polvon spektakli. 2. Cho‘lpon nomidagi kinoteatr. 3. Xamsa asari. 4. Navoiy shahri. 5. Mustaqillik kuni. 6. Bahor qahvaxonasi. 7. Navoiy romani. 8. Navoiy asarlari. 9. Nido dostoni. 10. Bobur nomidagi jamoa xo‘jaligi. Ushbu birliklarning qaysi birlarida qo‘shtirnoq ishlatilmaydi?
#3. «Akbarnoma» asari muallifi kim?
#4. Ko‘chirma gap o‘rtada kelsa, qanday tinish belgilari ishlatiladi?
#5. Muallif gapi ikki ko‘chirma gapning o‘rtasida kelganda qanday tinish belgilari ishlatiladi?
#6. Muallif gapi ko‘chirma gapdan oldin kelganida qanday tinish belgisi ishlatiladi?
#7. Qanday so‘zlar yordamchi so‘zlar deyiladi?
#8. Ingliz xalq maqollarida (1) «Ota – xazina, aka-uka – tayanch, do‘st esa har ikkovidir» (2) deyiladi. Bu yerda qanday tinish belgilari ishlatilishi kerak?
#9. Ot qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
#10. Qanday so‘zlar mustaqil so‘z turkumlariga kiradi?
#11. «Humoyunnoma» asari muallifi kim?
#12. Qaysi ijodkor o‘z asarida eng yaxshi va nuqsonsiz nom saxiylik ekanligini aytgan?
#13. Ikki kishining suhbati qanday ataladi?
#14. Otlarning son shakli qaysi?
#15. Oyijon, chindan ham, shishaning ichida jin bormi? Ushbu gapdagi ot so‘z turkumiga oid so‘z qanday bo‘lak vazifasida kelgan?
#16. Ko‘chirma gap muallif gapidan oldin kelganida qanday tinish belgisi ishlatiladi?
#17. «Odam tili bilan hayvondan ustun, ammo tildan nojoiz foydalansa, hayvondan battar». Ushbu fikr muallifi kim?
#18. Qanday atoqli otlar qo‘shtirnoqqa olinmaydi? 1. Shahar nomlari. 2. Kinoteatr, jamoa xo‘jaligi kishilar nomiga qo‘yilgan bo‘lsa. 3. Nomidagi, nomli so‘zlari ishlatilsa. 4. Shahar va bayram sanalari nomlari
#19. «Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim, orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim». Ushbu hikmatli so‘z muallifi kim?
#20. Insonning o’zi bilan suhbati qanday ataladi?
#21. Qanday otlar atoqli otlar deyiladi?
#22. Qanday atoqli otlar qo‘shtirnoqqa olinadi?
#23. Shaxs, narsa, joy nomlarini bildirgan so‘z turkumi qanday nomlanadi?
#24. Bosh va ikkinchi darajali bo‘lak hamda undalma vazifasida kela oladigan so‘z turkumi qaysi?
#25. Otlarning birlik shaklini keltiring.
#26. Ot gapda qaysi bo‘lak vazifasida kelishi mumkin?
#27. Dialoglarda har bir gap qanday tinish belgisi bilan ajratiladi?
#28. Ot so‘z turkumi oladigan xususiy qo‘shimchalar qaysilar?
#29. Qanday otlar bosh harf bilan yoziladi?
#30. 1. Kachal polvon spektakli. 2. Cho‘lpon nomidagi kinoteatr. 3. Xamsa asari. 4. Navoiy shahri. 5. Mustaqillik kuni. 6. Bahor qahvaxonasi. 7. Navoiy romani. 8. Navoiy asarlari. 9. Nido dostoni. 10. Bobur nomidagi jamoa xo‘jaligi. Ushbu birliklarning qaysilarida qo‘shtirnoq ishlatilishi kerak?
Abituriyentlar uchun testlari>>























