5-sinf Punktuatsiya online testlar

5-sinf Punktuatsiya online testlar.

Punktuatsiya (lotincha: punctum — nuqta; kichkina dogʻ) —

1) maʼlum bir til yozuvidagi tinish belgilari tizimi;

2) yozma matnni puntuatsion rasmiylashtirishni tartibga soluvchi, har bir tildan tarixan shakllangan qoidalar, meʼyorlar;

3) tinish belgilari tizimi qonuniyatlarini, shuningdek, tinish belgilarining qoʻllanish meʼyorlarini oʻrganadigan tilshunoslik boʻlimi.

 

Mundarija

Natija

#1. Kelishning ketishi border dunyoda () So‘zingni ezgu qil, umring ziyoda () Qanday tinish belgilari ishlatiladi?

#2. 1. Shirin taom. 2. Shirin xotira. 3. Achchiq va shirin. 4. Qovunning shirini. 5. Kitobning muqovasi. 6. Qovunni kesmoq. 7. Daftarni olmoq. 8. Kitob bilan daftar. 9. Suv va havo. 10. Suvda cho‘milmoq. 11. Suvdan ichmoq. 12. Sutni ichmoq. Ushbu birliklarni so‘z birikmasi va so‘z qo‘shilmasiga ajrating.

#3. Yozuvda gapning oxiriga qanday tinish belgilari qo‘yiladi?

#4. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini ayting.

#5. Akam kecha kelgan mehmonlarni o‘zi kutib oldi. Ushbu gapning qaysi o‘rniga tinish belgisini qo‘yish orqali ma’noni o‘zgartirish mumkin?

#6. Gullar chiroyli stolni bezab turibdi. Ushbu gapning qaysi o‘rniga tinish belgisini qo‘yish orqali ma’noni o‘zgartirish mumkin?

#7. Tobe bog‘lanish necha qismdan iborat bo‘ladi?

#8. O‘zbekiston – mustaqil davlat () Gapda qanday tinish belgisi ishlatiladi?

#9. So‘z birikmasida so‘roq qaysi qismga beriladi?

#10. Ajdodlarimiz ulug‘ temuriylarga borib tutashadi. Ushbu gapning qaysi o‘rniga tinish belgisini qo‘yish orqali ma’noni o‘zgartirish mumkin?

#11. Ma’rifat, yuksak didli bolalardan kelajakda ulug‘ insonlar yetishib chiqsa ne ajab () Gapning oxirida qanday tinish belgisi ishlatilishi kerak?

#12. Sen katta bola emassan. Ushbu gapning qaysi o‘rniga tinish belgisini qo‘yish orqali ma’noni o‘zgartirish mumkin?

#13. Bu gaping yomon bo‘lmadi. Ushbu gapning qaysi o‘rniga tinish belgisini qo‘yish orqali ma’noni o‘zgartirish mumkin?

#14. To‘g‘ri yo‘llarda ham mashaqqatlar bor. Ushbu gapning qaysi o‘rniga tinish belgisini qo‘­yish orqali ma’noni o‘zgartirish mumkin?

#15. Bugungi ishni ertaga qo‘yma () Gapning oxirida qanday tinish belgisi ishlatilishi kerak?

#16. Sobir akam keldi. Ushbu gapning qaysi o‘rniga tinish bel­gisini qo‘yish orqali ma’noni o‘zgartirish mumkin?

#17. So‘z birikmasida so‘roqqa qaysi qism javob bo‘ladi?

#18. Ona aziz farzandiga yelni ham ravo ko‘rmaydi. Ushbu gapning qaysi o‘rniga tinish belgisini qo‘yish orqali ma’noni o‘zgartirish mumkin?

#19. So‘zlarning bog‘lanishi, gap va uning turlarini o‘rganadigan bo‘lim qanday nomlanadi?

#20. Kelishning ketishi border dunyoda, So‘zingni ezgu qil, umring ziyoda! Misralar muallifi kim?

#21. Vatanni sevmoq iymondandir. Ushbu gapda nechta tobe bog‘lanish mavjud?

#22. Gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra nechta turi mavjud?

#23. Gap uchun muhim xususiyatlar qaysilar?

#24. Tinish belgilarini o‘rganadigan bo‘lim qanday nomlanadi?

#25. Gapda so‘zlar necha xil yo‘l bilan bog‘lanadi?

#26. Achchiq savol berib shirin javob kutma () Gapning oxiriga qanday tinish belgisi qo‘yilishi kerak?

#27. Yaxshi bolalar vaqtini bekor o‘tkazmaydilar. Ushbu gapning qaysi o‘rniga tinish belgisini qo‘yish orqali ma’noni o‘zgartirish mumkin?

#28. Teng bog‘lanish qanday nom bilan ishlatiladi?

#29. Buyruq gaplarning oxiriga qanday tinish belgisi qo‘yiladi?

#30. His-hayajon gaplarning oxi­riga qanday tinish belgisi qo‘yiladi?

Oldingisi
Tugatish

Mavzulashtirilgan testlar>>