Gap bo’laklari test

5-sinf Ona tili fanidan online testlari. Gap bo’laklari test.

Gap bo’laklari – Gapda biror so‘roqqa javob bo‘lgan vao‘zaro tobе bog’langan so‘z yoki so‘z birikmasi gap bo‘lagi  dеb ataladi.

 Gap bo‘laklari ikki turga ajratiladi:

1) bosh bo‘laklar; (Ot, kesim)

2) ikkinchi darajali bo‘laklar. ( Aniqlovchi, To’ldiruvchi, Hol)

 

Mundarija

Natija

#1. Ota-onasini ulug‘lagan insonni bir kun kelib bolalari boshiga ko‘taradi. Ushbu gap qanday gap bo‘laklaridan tashkil topgan?

#2. Hol qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?

#3. Qanday gaplar sodda yoyiq gaplar sanaladi?

#4. Aqlli qariya – oqib turgan daryo. Ushbu gapda nima sababdan tire ishlatilgan?

#5. Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini, o‘rnini, sababini, maqsadini bildiradigan bo‘lak qaysi?

#6. To‘ldiruvchining tagiga qanday belgi chiziladi?

#7. Holning tagiga yozuvda qanday belgi chiziladi?

#8. Qanday gaplar yig‘iq gaplar sanaladi?

#9. Qanday holda ega va ot kesim orasiga tire qo‘yiladi?

#10. Aqlli qariya – oqib turgan daryo. Ushbu gapda kesimning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga ko‘ra qaysi turi ishtirok etgan?

#11. Aniqlovchi qaysi xususiyatiga ko‘ra 2 turga bo‘linadi?

#12. Sodda yig‘iq va sodda yoyiq gaplar gapning qaysi xususiyatiga ko‘ra turi?

#13. Hokim bo‘lakdan ang­lashilgan narsaning qandayligini, kimga yoki nimaga tegishli ekanligini bildiruvchi bo‘lak qaysi?

#14. Arslon izidan qaytmas, yigit – so‘zidan. Ushbu gapda nima sababdan tire ishlatilgan?

#15. Ayiqpolvonnikiga Arslon mehmon bo‘lib kelibdi. Ushbu gapdagi holni toping.

#16. Uni ko‘rdim. Ushbu gap ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirok etish-etmasligiga ko‘ra gapning qaysi turiga kiradi?

#17. Saqlay desang o‘zingni yomondan yum ko‘zingni. Ush­bu gapdagi to‘ldiruvchilar hokim bo‘­lakka nimalar yordamida bog‘langan?

#18. Ular yong‘oq tagidan ketishi bilan ayiqchalar daraxtga tirmashib chiqib birpasda mehmonning oldiga yong‘oq uzib qo‘yishibdi. Ushbu gapda nechta hol mavjud?

#19. Ega qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?

#20. Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga, yomon bilan yursang qolarsan uyatga. Ushbu gap qaysi bo‘laklardan tashkil topgan?

#21. Aniqlovchi ma’nosiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?

#22. Qishda yangi yilni kutamiz. Ushbu gapdagi holni toping.

#23. To‘ldiruvchi qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?

#24. To‘ldiruvchi nimaga bog‘lanadi?

#25. Aniqlovchi qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?

#26. Yaxshi odam bilan do‘st tutinish lozim. Ushbu gapdagi to‘ldiruvchi hokim bo‘lakka ni­ma yordamida bog‘langan?

#27. Hol nimaga bog‘lanadi?

#28. Duo olgan omondir, qarg‘ish olgan yomondir. Ushbu gapda kesimning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishiga ko‘ra qaysi turi ishtirok etgan?

#29. Eganing tagiga qanday belgi chiziladi?

#30. To‘ldiruvchi hokim bo‘lakka nimalar yordamida bog‘lanadi?

Oldingisi
Tugatish

Mavzulashtirilgan testlar>>