Yordamchi so’z turkumlari test

Morfologiya bo’limidan testlar. Yordamchi so’z turkumlari test. Ona tili testlar.

Yordamchi so’z turkumlari deb, yakka holda ma’no anglatmaydigan, gap bo’lagi vazifasida qo’llanmaydigan, grammatik ma’nolarni ifodalashga ishlatiladigan so’zlarga aytiladi. Ular mustaqil so’zlar va ayrim gaplar orasidagi munosabatni anglatishga xizmat qiladi, so’zga va gapning mazmuniga turli qo’shimcha ma’nolar qo’shish maqsadida foydalaniladi.
Yordamchi so’zlar turkumiga ko’makchi, bog’lovchi va yuklama kiradi.

 

Mundarija

Natija

#1. So‘zlovchining his-hayajonini, shuningdek, hayvon, par­randalarni biror harakatga undashni ifodalovchi so‘zlarga qan­day so‘zlar deyiladi?

#2. Tobelantiruvchi yordamchi so‘z turkumi qanday ataladi?

#3. Ma’nosi bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli ikki asosning qo‘shiluvidan tashkil top­gan so‘zlar qanday ataladi?

#4. Otquloq, Yurtboshi, oshpichoq, qo‘lqop, sadarayhon qo‘sh­ma so‘zlari qaysi so‘z turkumiga oid?

#5. Tanalaridagi ozgina namlik bilan ularga hayot baxsh eta boshlashdi, ammo kunlar o‘tgan sari bargchalar kattalashib, ko‘proq suv, ko‘proq oziq-ovqat so‘ray boshlashdi. Ushbu gapdagi ko’makchilarni toping.

#6. Qo‘shma fe’llarga misol keltiring

#7. Juft so‘zlar qanday yoziladi?

#8. Juft so‘zlarda qaysi yordamchi so‘z ishlatiladi?

#9. So‘zlar tuzilishiga ko‘ra necha turga bo‘linadi?

#10. Hayvon, inson va narsalarning tovushi, holatiga taqlid so‘zlar qanday ataladi?

#11. Umum, xush, xona kabi so‘zlardan yasalgan qo‘shma so‘zlar qanday yoziladi?

#12. Yuklama qanday shakllarda bo‘ladi?

#13. Bog‘lovchilar qaysi gap bo‘lagi vazifasida keladi?

#14. Qaysi yordamchi so‘zlarning ikki xil shakli mavjud?

#15. Otquloq, Yurtboshi, oshpichoq, qo‘lqop, sadarayhon qo‘sh­ma so‘zlari qanday so‘zlar qo‘shilishidan hosil bo‘lgan?

#16. Ona kabi mehribon. Ushbu gapda ko‘makchi nimani ni­maga tobelantirgan?

#17. Ayrim gap bo‘lagi yoki butun gapning mazmuniga qo‘­shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so‘zlar qanday ataladi?

#18. Ot + fe’l shaklidagi qo‘shma so‘zlarga misol keltiring.

#19. Qo‘shma so‘zlar qanday yoziladi?

#20. Qo‘shimcha-yuklamalar­ning qaysilari so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi?

#21. Qanday so‘zlar qo‘shma so‘zlar deyiladi?

#22. Ko‘makchilar ko‘pincha otlarni nimaga bog‘lab keladi?

#23. Ko‘makchi otni qaysi so‘zlarga tobelantirish imkoniga ega?

#24. So‘z-yuklamalarga qaysi yuklamalar kiradi?

#25. Qaysi so‘z turkumlarining qo‘shma shakli har doim ajratib yoziladi?

#26. Qo‘shimcha-yuklamalar­ning qaysilari so‘zga qo‘shib yo­ziladi?

#27. Qo‘shimcha-yuklamalarga qaysi yuklamalar kiradi?

#28. Ura, ey, eh, voy, obbo, hoy, oh kabi so‘zlar qanday so‘zlar?

#29. Juft so‘zlarda yuklama ishlatilsa, qanday yoziladi?

#30. Tanalaridagi ozgina namlik bilan ularga hayot baxsh eta boshlashdi, ammo kunlar o‘tgan sari bargchalar kattalashib, ko‘proq suv, ko‘proq oziq-ovqat so‘ray boshlashdi. Ushbu gapdagi bog‘lovchilarni toping.

Oldingisi
Tugatish