5-sinf Ona tili test. Leksikologiya testlari.

5-sinf Ona tili test. Leksikologiya testlari. Leksikologiya test javoblari bilan.

Leksikologiya (yunoncha lexikos-lug‘atga oid va logos-ta’limot)
tilshunoslikning lug‘aviy birliklar tarkibini tekshiradigan bo‘limidir.

Leksigologiya har bir so’zni yolg’iz holda emas, balki boshqa so’zlar
bilan bog’liq holda o’rganadi. Leksigologiya tilshunoslikning
leksikografiya, frazeologiya, semasiologiya yoki semantika, etimologiya,
stilistika hamda so’z yasalishi haqidagi ta’limot sohalari bilan
chambarchas bog’liq.

Leksikologiyada so’zlarning ma’no jihatdan o’zaro
bog’langan, ya’ni monosemiya, polisemiya, sinonimiya, antonimiya,
so’z ma’nolarining erkin yoki bog’liq holda bo’lishi kabi masalalari ham
o’rganiladi

 

Mundarija

Natija

#1. Uning bosh maqsadi chuqur bilimli, yuksak ma’naviyatli, hozirjavob yoshlarni tarbiyalashdan iborat. Ushbu gapdagi qo‘shma so‘zni toping.

#2. «Sanoqli» so‘zining ma’nodoshlarini keltiring.

#3. Qo‘shma so‘zlarga misol keltiring.

#4. Har xil so‘z turkumlari doirasida omonimlik hosil qiladigan so‘zlarni keltiring.

#5. Qarilar izzatda, yoshlar xizmatda. Ushbu gapdagi zid ma’noli so‘zlarni toping.

#6. Tinchlik urushni yengar. Ushbu gapda zid ma’noli so‘zlar qaysi so‘z turkumiga oid?

#7. «Dushman» so‘zining ma’nodoshlarini keltiring.

#8. Qo‘sh undoshlarning biri tushib qolgan taqdirda paronimik xususiyat hosil qiladigan so‘z­larga misol keltiring.

#9. Juft so‘zlar qanday yoziladi?

#10. Yoz – o‘tmoqda soz. Ushbu gapdagi shakldosh so‘zni toping.

#11. So‘roq gaplarning oxiriga qanday tinish belgisi qo‘yiladi?

#12. Qanday so‘zlar juft so‘zlar deyiladi?

#13. «Tayyor» so‘zining ma’nodoshlarini keltiring.

#14. Tinchlik urushni yengar. Ushbu gapdagi zid ma’noli so‘zlarni toping.

#15. Aqlli uzoqni ko‘zlar, aqlsiz yaqinni. Ushbu gapda qaysi so‘z turkumidagi so‘zlar zid ma’noli?

#16. Mehmondo‘st, mehnatsevar, bolajon xalqimizga mos bo‘lgan sofdil, mard, dovyurak, dono yoshlar kelajak poydevoridir. Ushbu gapdagi qo‘shma so‘zlarni toping.

#17. «Ozodlik» so‘zining ma’nodoshlarini keltiring.

#18. Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi. Ushbu gapdagi shakldosh so‘zni toping.

#19. Shaxsga nisbatan qo‘llanadigan «to‘g‘ri» so‘zining ma’nodoshlarni keltiring.

#20. Egilganga egilgin boshing yerga tekkuncha, kekkayganga kekkaygin boshing ko‘kka yetguncha. Ushbu gapda qanday so‘z o‘yini bor?

#21. Osmon so‘zining ma’nodoshini keltiring.

#22. Sanat saroyiga konsert tomosha qilgani bordik. Gapdagi qaysi so‘z noto‘g‘ri qo‘llangan?

#23. Aqlli uzoqni ko‘zlar, aqlsiz yaqinni. Ushbu gapdagi zid ma’noli so‘zlarni toping.

#24. Shakldosh so‘zlarni keltiring.

#25. Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib. Ushbu gapdagi zid ma’noli so‘zlarni toping.

#26. Darak gaplarning oxiriga qanday tinish belgisi qo‘yiladi?

#27. Bir xil so‘z turkumi doirasida omonimlik hosil qiladigan so‘zlarni keltiring.

#28. Baxtiyor oqni qoradan ajratadigan bo‘ldi. Ushbu gapdagi zid ma’noli so‘zlarni toping.

#29. Juft so‘zlarning juftini tiklang. Kuch-…, ko‘cha-…, aql-…, egri-…, gap-…, yaxshi-…, to‘y-…, do‘st-…, baxt-…, o‘y-…

#30. Egilganga egilgin boshing yerga tekkuncha, kekkayganga kekkaygin boshing ko‘kka yetguncha. Ushbu maqolda so‘zlarning shakl va ma’nosiga ko‘ra qanday turlari qatnashgan?

Oldingisi
Tugatish

Boshqa mavzudagi testlar>>