Badiiy asarlarlardan testlar. Oltin zanglamas asari

Badiiy asarlarlardan testlar. «Oltin zanglamas» asari. Abituriyentlar uchun Badiiy asarlardan online testlar. Oltin zanglamas romani test savollari.

Shuhrat . » Oltin zanglamas » asari

Shuhratning shoh asarlaridan biri bo‘lgan «Oltin zanglamas» romani Sodiq ismli muallimning taqdiri haqida. Bu bir romanga arziydigan taqdir! Davrning jabr-jafosini tortgan, tuhmatlarga chidagan, biroq zamonga, o’sha davrdagi xurofotlarga qul bo’lib qolmagan, o’z haq-huquqi uchun kurashgan ilm –ma’rifat sohibi Sodiqning ayanchli, mashaqqatli taqdiri orqali Shuhrat o’z iste’dodining individual xususiyatlariga monand hayotning izdan chiqqan tomonini tasvirlab bergan.

 

Mundarija

Natija

#1. “Oltin zanglamas” romani qahramoni Adolat xola haqidagi to’g’ri bo’lmagan hukmlarni toping. 1.Har ikki so’zning birida «jon bolam» deb turar edi, shuning uchun mahalladagi ko’pchilik Adolat xolaning ismiga » jon bolam xola» laqabini qo’shib olishgan edi 2. Ko’p farzandlaridan judo bo’lgan Adolat xola ikki o’g’lining ham o’zidan uzoqlashishini xohlamaydi, natijada oilaviy ko’chishga qaror qiladi 3.Adolat xola sezgir, shuning uchun ham Qodirning o’zini tutishini ko’rib, katta o’g’lidan o’qishga kirgan-kirmaganligini surishtiradi

#2. Kelinining ko’ngli buzilganini ko’rgan Adolat xola darrov boshini silardi. – Sabr qiling, jon bolam, Xudo sevgan qulini befarzand qo’ymaydi. Sabr so’ngi- sariq oltin. -Sabr qilmay, nima qilyapman, oyijon!- derdi Jannat va yana battar yonardi, sirti kulib ichi yonardi. Ushbu parchada ajratib ko’rsatilgan so’zda qanday uslubiy ma’no mavjud?

#3. Sodiq xotinining ko’chishni istamayotganining asosiy sababi nimada deb biladi?

#4. – Shu yerdan ikkita qiz o’tmadimi? Bittasi chamandagul do’ppili. – Payqamadim, – dedi Qodir. U ilon avragan qurbaqadek baqrayib qolgan edi. – Oldidan o’tgan qizni payqamaydigan qanaqa yigit ekansiz! Ushbu parchada ajratib ko’rsatilgan gapda qanday uslubiy ma’no yuzaga chiqmoqda?

#5. “Oltin zanglamas” romaniga oid to’g’ri bo’lmagan variantni belgilang.

#6. Sodiqning ikkita o’rtog’i ularni poyezdga kuzatib qo’ydi, Adolat xola biroz xomush, Jannatning ko’zida yosh miltillardi. Ushbu parchaga mos mazmun qaysi javobda keltirilgan?

#7. “Bog’ ” so’zi Qodirni uyqudan uygʻotgandek bo’ldi, g’alati bo’lib ketdi. Qodirni shunday ahvolga tushishiga sabab bo’lgan qatorni aniqlang

#8. Oltin zanglamas” romanidagi Musharraf obraziga mos bo’lmagan javobni belgilang. 1. Hayotda ikki marta ham turmushi o’xshamagan, natijada oila qilishdan butunlay ko’ngli sovugan obraz. 2. Musharrafning yoshini taxminan 20-30 lar oralig’ida deyishimiz mumkin. 3. Kutubxonachilar tayyorlaydigan kursni tamomlab, o’z sohasi bo’yicha ishlayotgan obraz. 4. Ancha yillar begona shaharlarda yashab yana o’z shahriga qaytib kelgan obraz. 5. Raqsga tushishga qobiliyati bo’lganligi sababli birdaniga Sodiqning diqqatini tortdi.

#9. Sodiq shaharga kelganida Mirsalim qanday masalada unga yordam beradi?

#10. Quyidagi fikrlardan qaysi biri «Oltin zanglamas» asari mazuniga mos emas?

#11. Asar qahramoni Sodiq tog’risidagi TO’G’RI hukmlarni toping. 1. Sodiq bir qancha maqsadlar bilan boshqa shaharga ko’chmoqchi edi, shuning uchun maktabdagi ba’zi hamkasblari bilan xayrlashib keladi. 2. Farzandsizligini hech kimga bildirmaslikka urinadi, ba’zida Jannat ham uning bu fe’lini to’g’ri tushunganidan hech narsa demaslikni ma’qul ko’radi . 3. Ko’chishdan bir haftalar oldin ukasi bilan borib, uy-joy taraddudini ko’radi. 4. U bosmachilarga bo’lgan qahr-g’azabini oyisiga ochiq-oydin aytadi.

#12. Asar qahramoni Mirsalim haqidagi to’g’ri bo’lmagan hukmlarni toping 1.Uyda boshqacha, ko’chada boshqacha tusga kirib olib, ma’lum bir maqsad yo’lida ikkiyuzlamachilikni o’ziga kasb qilib olgan obraz. 2. Oilasi kichkina: xotini-yu bitta 12 yashar yaxshi qizi bor. Hozir bir joydan uni so’rayotganlar ham bor 3. Mirsalim tarix muzeylarining ona tili faniga taalluqli joyi bo’lmagani uchun o’quvchilarini u yerga olib bormaslikka ahd qiladi 4. O’rtoqlari tomonidan tasodifan tashlab ketilgan kitoblarning egasi

#13. Keyinchalik o’qituvchi Mirsalim ekanligi ma’lum bo’lgan bu odam ko’rinib turgan eshikni «bu, ana» deb qo’ya qolmasdan avval yumshoq kuldi, keyin Sodiqning oldiga tushib boshlab ketdi. Uch eshik o’tgandan so’ng qora dermantin qoplangan qo’sh qanot eshikni sal qiya ochib: –Marhamat! Mudirning o’zlari ham shu yerdalar! -dedi. Ushbu gapda ajratib ko’rsatilgan gapda qanday uslubiy ma’no mavjud?

#14. “Oltin zanglamas” romani mazmuniga mos to’g’ri shakllantirilgan gapni belgilang.

#15. Asar qahramoni Qodir haqidagi xato bo’lmagan javobni belgilang.

#16. Mirsalimning xotini qachondan boshlab uning xatti-harakatlarini me’yorda saqlab turish huquqiga ega bo’ldi?

#17. «Oltin zanglamas» asariga oid xato bo’lmagan hukmni toping.

#18. Ardoqlab oqqa ko’chirayotgan xatingga siyoh to’kilgandek yuraging achishadi. Jannat nima sababdan shunday holatga tushadi?

Oldingisi
Tugatish