O’tkir Hoshimov “Tushda kechgan umrlar” romani asosida test

O’tkir Hoshimov “Tushda kechgan umrlar” romani asosida test. Badiiy asarlardan test savollarini yeching va bilingizni sinab ko’ring.

 

Mundarija

Natija

#1. “Tushda kechgan umrlar” romani qahramoni Umida haqidagi to’g’ri bo’lgan javobni belgilang. 1) Farzandsizligi tufayli eridan ajrashgan, onasining uyida yashaydigan obraz; 2) Onasining uyida uning qo’liga qarab yashaydigan, hech qayerda ish topmay, ishsiz yurgan obraz; 3) Onasining holidan xabar oladigan, farzandlik burchini bajarishga harakat qiladigan obraz;

#2. “Tushda kechgan umrlar” asari qahramoni Grigoriy Stepanovich qanday O’zbekistonga kelib qoladi?

#3. — Gorispolkomning toʻy qilinmasin, degan qarori yoʻq. Nega odamlarning boshidan suv sepasiz? — Xoʻp, ana, hazillashdim, deb hisoblay qoling. Nega meni tergov qilasiz-da, uyimga bostirib kirgan bezoriga indamaysiz? Tepib, oyogʻimni sindiray dedi. Oz boʻlsa, boʻgʻib oʻldirib qoʻyardi. Bu haqda militsiyaga xabar berganman. Surishtirib koʻrishingiz mumkin. Ushbu parchaga mos mazmun shakllantirilgan javobni belgilang.

#4. “Tushda kechgan umrlar” romani qahramoni Soat G’aniyev haqidagi to’g’ri javoblarni aniqlang. 1) Buyruqga qattiq bo’ysunadigan, rahbarlarning gapini so’zsiz bajarishga harakat qiladigan, zulm saltanatining timsoli, tuzum quli; 2) Yoshligida otasi uni to’g’ri yo’lga boshlashga qanchalik harakat qilmasin, baribir o’z yo’lidan borib, natija ko’plab insonlarning nohaq jazolanishiga sabab bo’lgan qahramon; 3) Butun umri davomida totalitar rejim siyosatining qalqoni va qilichi bo’lgan, minglab aybsiz insonlarning yostig’ini quritgan, o’zi olib borgan ishlarini haq deb bilgan fojiaviy obraz;

#5. “Tushda kechgan umrlar” romanida o’qituvchining o’g’ligi to’y qilib berishi tasviri berilgan. Ushbu to’y nima sababdan faysiz bo’lib qoladi?

#6. “Tushda kechgan umrlar” asari mazmuniga mos bo’lmagan javobni belgilang. 1) Mustamlakachi davlat bosib olgan hududida haqiqiy adolatni qaror toptirish uchun turli yo’llarni qo’llaydi. 2) Asarda insonlar o’z hayotni bir tush kabi ta’riflaydi: “yomon” tushlar, “yaxshi” tushlar. 3) Asarda pora eng yomon narsa ekanligi, poraxo’r yurt amaldorlarini og’ir kunlar kutayotganligi Rustamning otasi timsolida ochib berilgan.

#7. Ukasini koʻrib dafʼatan tanimadimi yo tanimaganga oddimi, qayta soʻradi: — Nima gap? — Hech gap yoʻq, — dedi Grisha sunʼiy iljayib. — Men uydan ketdim… Dima sigaretini chuqur-chuqur soʻrib, kuldonga uloqtirdi. — Tabriklayman! — Yasholmayman! — dedi Grisha yigʻlamsirab. — Turolmayman oʻsha uyda! Jonimga tegdi xotinim ham, qaynonam ham. Mana bunday jonimga tegdi. Ushbu parchda ajratib ko’rsatilgan gapda qanday uslubiy ma’no ifodalangan?

#8. Soat G’aniyevning zulmkor holiga tushib qolishining bosh sababi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

#9. Doʻxtirlar ham oʻlmasin! Xoʻp antiqa asboblar oʻylab chiqaribdimi, baraka topgurlar! Chalqancha yotqizib qoʻydi-da, qorniga moy surib, qoʻlidagi asbobini u yoqqa yurgizdi, bu yoqqa yurgizdi. Ushbu parcha orqali qanday badiiy ma’no yuzaga chiqqan?

#10. “Tushda kechgan umrlar” romanida quyidagi voqealardan qaysi biri qalamga olinmagan?

#11. “Tushda kechgan umrlar” asari mazmuniga mos bo’lgan javobni belgilang.

#12. “Tushda kechgan umrlar” asarida Rustamning o’limi sababli tergovga chaqirilganlar orasida qaysi qahramon Rustam o’ldirilgan kun uyida bo’lmaganini, militsiya oldida ekanligini, uning o’limida aybsiz ekanligi ta’kidlaydi?

#13. — San, oʻgʻlim, xapa boʻma! — dedi Klava xola sof toshkentcha shevada. — Ichvoganidan keyin koʻngliga kegan qilgʻiliqni qilgan-de, anu choʻchqa! Esi boʻsa, mundoq pastga tushmiydimi, oʻtirmiydimi, odamga oʻxshab… Kechagi voqea yodimga tushdi. Ushbu parchada ajratib ko’rsatilgan gapdagi kechagi voqea qaysi voqea edi?

#14. “Tushda kechgan umrlar” romani mazmuniga mos to’g’ri shakllantirilgan javobni belgilang.

#15. “Tushda kechgan umrlar” asari qahramoni Rustam haqidagi to’g’ri shakllantirilgan javobni belgilang. 1) O’z Vatani va xalqi uchun qon kechib, urush dahshatlarini boshidan kechirgan obraz; 2) O’z yaqinlarini xavotirga solmaslik uchun urush bo’layotgan joyini boshqa joy deb o’zgartirib xabar yo’llaydigan qahramon; 3) Urushga borayotganini eshitgan otasi uni Afg’onistondan olib qolishga harakat qiladi, ammo o’zi qaysarlik qilib birinchi safda urushga jo’naydi.

#16. “Gapingni bilib gapir, jon bolam, tagʻin seniyam oyogʻingdan tortib yurmasin!” Dadasi xavotirda. Kecha “nachalnik”ka qoʻngʻiroq qilmoqchi edi, ayasi bobillab berdi: “Nima qilasiz podadan oldin chang koʻtarib! Melisa «gunohi boʻynida ekanki, tipirchilab qopti”, demaydimi! Nima, Shahnoza erini boʻgʻib oʻldiribdimi?!» Ushbu parcha orqali qanday mazmun yuzaga chiqmoqda?

#17. “Tushda kechgan umrlar” romani mazmuniga mos bo’lmagan javobni belgilang.

#18. “Tushda kechgan umrlar” romani mazmuniga mos to’g’ri shakllantirilgan javobni belgilang.

#19. “Tushda kechgan umrlar” asarida Komissar G’aniyev Rustamning o’limining asl sababchisi kim ekanligi aytadi?

#20. “Tushda kechgan umrlar” asari mazmuniga mos bo’lmagan javobni belgilang.

#21. Qitir-qitirdan Umida qayta uygʻonib ketdi shekilli, norozi toʻngʻilladi: — Hech tinchimas ekansiz-da! — Bolalarni vaqtida olib bormasang, bogʻcha opasi kirgizmiydi, — dedi Qurbonoy xola oʻzini oqlagan ohangda. Parchada alohida ajratib ko’rsatilgan gapda qanday uslubiy ma’no yuzaga chiqqan?

#22. “Tushda kechgan umrlar” asari qahramoni Mauzer G’aniyev haqida berilgan to’g’ri ma’lumot(lar)ni belgilang. 1) Yoshligidan otasi tarbiyasini olgan, otasining izidan borib butun xalq, yurt uchun qayg’uradigan inson bo’lgan qahramon; 2) Otasining qilgan nohaq ishlarini eshitib chiday olmagan, yoshligida otasi istagan kasbni tanlamay o’zi xohlagan kasbni egallab, jabr ko’rgan xalq manfaatlarini o’ylaydigan qahramon; 3) Yoshligidan ilm olishga harakat qilgan, ammo keyinchalik otasi nazdida o’z yurtini sotgan xoin sifatida ta’riflangan qahramon.

#23. Sanjar va tergovchi suhbatida: — Har qalay “shunaqa boʻlishini bilardim”, degan Sanjarning gapi keltiriladi. Asar mazmuniga ko’ra, Rustam va Sanjar orasida nima sababdan janjal ko’tariladi?

#24. “Tushda kechgan umrlar” asari qahramoni Vasilyev Grigoriy Stepanovich obrazi haqidagi xato hukmni aniqlang. 1) Rustam bilan adovati sababli to’yni buzishga harakat qiladi va maqsadi amalga oshadi. 2) Yerlik xalq urf-odatlarini mensimay, qo’pol harakatlar qilgan, shunga yarasha yaxshigina tazirini yegan qahramon; 3) Onasining qistovi bilan shaharga kelgan, o’qishga kirib tahsil ko’rgan, o’zidan 8 yosh katta xotiga uylangan obraz;

#25. “Tushda kechgan umrlar” asari mazmuniga mos bo’lmagan javobni belgilang.

#26. Rustam: — Kechirim soʻra! — Kechirasan… — Barzangi xirillab, yuzini oʻgirdi. Shahnozaning qulogʻi ostida guddirakdek qoʻrqinchli ovoz yangradi. — Nega millatchilik qilasan, oʻv?! Yoʻq, bu ovoz baland emas, asabiy emas edi. Juda osoyishta, ishonchli va shuning uchun ham xatarli edi. Kim oʻzi bu odam? Ushbu parcha mazmuniga mos keladigan variantni belgilang.

#27. — Uy kerakmi senga? Xudo haqqi! Sharti ketib, parti qolgan keksa odamning ovozi shu qadar gumburlashini birinchi koʻrishim. Xuddi goʻrdan chiqqan sadodek! — Uy kerak boʻlib qoldimi? — dedi Yovuz Ruh tagʻin tahdidli gumburlab. Ushbu parchada ajratib ko’rsatilgan gap mazmunida qanday uslubiy ma’no yuzaga chiqqan?

#28. — Bordim. Respublika prokuraturasiga. — KPZga tiqmadimi? — Yana bir marta kelsang, jinnixonaga joʻnataman, dedi. — Toʻgʻri aytibdi! — Mauzer Soatovich iljayib qoʻydi. — Joʻnatadiyam! Ularga cheklanmagan huquq berilgan. — Dadamning ordenini topshirdim. Ambarsumyanga berib qoʻysin. Ushbu parchada ajratib ko’rsatilgan gap orqali qanday mazmun yuzaga chiqqan?

#29. “Tushda kechgan umrlar” romani qahramoni Shahnoza haqidagi xato ifodalangan javobni belgilang. 1) Shaharda katta bo’lgan, qishloq hayot uning uchun notanish bo’lgan qahramon; 2) O’zining to’yi haqida o’ylarkan, Rustam bilan to’yi biroz kayfiyatsiz, insonlar urush tashvishlaridan charchagan holda o’tirganini o’ylar edi. 3) Rustamning Stepanovichga tashlanishiga e’tibor bermagan, chunki u qilgan qilmishi uchun jazo olishi kerak deb hisoblagan qahramon;

#30. “Tushda kechgan umrlar” romani qahramoni Soat G’aniyev haqidagi noto’g’ri javoblarni aniqlang. 1) O’z qishloqdoshi Husanni yoshligidagi qasdi sababli har safargi qotilliklari kabi otib o’ldiradi. 2) Uning urush payti asosiy ishi Vatan xoin va qo’rqoqlarini aniqlash, urushdan qochganlarni jazoga tortish edi. 3) Eshonning qizi Fotimaga oshiqligi sababli To’laganni yo’ldan olmoqchi bo’ladi va maqsadiga erishadi.

#31. — Familiyangiz? — dedi Jingalaksoch men tomonga qaramay. Aytdim. — Odamlarga nima boʻlgan oʻzi, Soat Gʻaniyevich! — Jingalaksoch qoʻlidagi “delo”ni Yovuz Ruh oldiga tashladi. — Shuncha egoizmni kimdan oʻrgangan bu yoshlar! — dedi. Ushbu parchada ajratib ko’rsatilgan gap mazmunida qanday uslubiy ma’no yuzaga chiqqan?

#32. “Tushda kechgan umrlar” romani qahramoni Qurbonoy xola haqidagi to’g’ri bo’lmagan javobni belgilang. 1) Keksalik davrida hayoti tashvishdan chiqmasdan, turmushi bo’lmagan yolg’iz qizi bilan hayot kechirayotgan qahramon; 2) Bobosi va dadasi nohaq qamoqqa olinib surgun qilingan, dadasining gaplarini o’ziga shior qilib, a’lo o’qishga harakat qilgan obraz; 3) Otasining qamalgani uning hayotiga, o’qishiga ta’sir qildi, ammo u barchasiga chidab ta’lim olishga harakat qilar edi, shuning uchun turli gaplar bo’lsa ham, maktabdan ketmas, o’qishni davom ettirar edi.

#33. “Tushda kechgan umrlar” romani mazmuniga mos bo’lmagan javobni belgilang.

#34. “Tushda kechgan umrlar” romani haqida berilgan TO’G’RI ma’lumotni aniqlang.

#35. Soqol-moʻylovi tikanak boʻlib ketgan tagʻin bir mujik murosaomuz nasihat qildi: — Yaxshiyamas, Marya Sergeyevna, yaxshiyamas! Yosh avlodni xususiy mulkchilik ruhida tarbiyalayapsan. Onasi, rangi quv oʻchib, tagʻin toʻxtadi. Yetovda kelayotgan sigir tumshugʻi bilan uning yelkasiga urilgudek boʻlib pishqirdi. — Sen ham odam boʻlding-u! — dedi onasi alam bilan. Yana nimadir demoqchi boʻldi-yu, shashtidan qaytdi. Ushbu parchada ajratib ko’rsatilgan gapda qanday uslubiy ma’no yuzaga chiqqan?

Oldingisi
Tugatish
Badiiy asarlardan test savollari