Sarviqomat dilbarim asaridan testlar

Chingiz Aytmatovning «Sarviqomat dilbarim» asaridan testlar. Abituriyentlar uchun online testlar badiiy asarlar bo’yicha. Sarviqomat dilbarim asaridan testlar.

 

Mundarija

Natija

#1. Yigit jur’at eta olmay, otilib chiqayotgan suv oqimini yuqorilatib-pastlatib o‘ynardi. Uning o‘rnida men bo‘lganimdami, boshidan oyog‘igacha suvga cho‘miltirardim, shunda ham u menga hech narsa demagan bo‘lardi, kulardi-qo‘yardi, xolos. Ilyosning nima sababdan Xadichaning bunday munosabatidan ko’ngli to’q edi?

#2. “Sarviqomat dilbarim” qissasida ishtirok etgan Ilyos haqidagi mos javoblarni belgilang. 1) Armiyadan qaytganidan so’ng umrida birinchi marta haydovchilik bilan shug’illangan edi. 2) Dovonda mashina ketiga yana bir mashinani bog’lab tortganini hech kim ko’rmagan edi, shu sababli uning gapiga hech kim ishonmaydi. 3) Uning uchun oilasi birinchi darajali edi, ammo xatolari tufayli oilasi yonida qolishga vijdoni qiynalgan obraz;

#3. “Sarviqomat dilbarim” asari qahramoni Asal haqida ko’rsatilgan xato hukm(lar)ni belgilang. 1) O’z muhabbati deb butun qarindoshlaridan va oilasidan kecha olgan oddiy ovul qizi; 2) O’z nafsi yo’lida oilali erkakni yo’ldan og’dirgan qahramon; 3) O’zining oilasi, farzandi uchun hamma narsaga tayyor, hatto, xiyonatni bilsa ham, unga e’tibor bermagan qahramon;

#4. Ilyos: Jahlim chiqib ketdi. Nimani tomosha qiladi-ya, sirk bormi bu yerda!.. — Qani, tepamda turma, yo‘lingga ravona bo‘l! — deb qichqirdim mashina ostidan. Eskirib, go‘ng tegib iflos bo‘lib ketgan ko‘ylak etagiga ko‘zim tushib qoldi. Nazarimda, allaqanday kampirga o‘xshadi, ovulga olib borib qo‘yar, deb kutib turgan bo‘lsa kerak. Ushbu parchada ajratib ko’rsatilgan gapda qanday uslubiy ma’no ifoda etilgan?

#5. “Sarviqomat dilbarim” asari qahramoni Jontoy haqida ko’rsatilgan to’g’ri hukmlarni belgilang. 1) Bir ayolga uy-joyi tufayli uylanishni va’da qilgan ayyor qahramon; 2) Ilyos bilan Asalning mashinadagi holatiga achinib ularga o’z uyidan joy bergan qahramon; 3) Ilyos va Xadicha o’rtasidagi barcha xabarni Asalga yetkazgan ayyor, hasadgo’y qahramon;

#6. U bo‘lsa: — Men kampir emasman! — dedi. U bu so‘zlarni qandaydir ishonchsizlik bilan uyalinqirab aytgan edi. — Kimsan bo‘lmasa? — dedim achchig‘im chiqib. — Qiz bolaman. — Qiz bolaman? — deb etiklariga yana ko‘z qirimni tashladim. Jerkib berganligim uchun xijolat tortib, buyog‘ini hazilga burdim: — Chiroylimisan? — deb so‘radim. Ushbu parchada ajratib ko’rsatilgan gapda qanday uslubiy ma’no ifoda etilgan?

#7. Ilyos: — Yana kolxozgami? Yana go‘ng-u g‘isht tashishgami? Bormayman! — deb yo‘llanmani stolga uloqtirdim. — Bas, shuncha loy kechganim yetar. Boshqalarni ham yuborishsin! — Baqirma! Naryading bir haftalik! Lozim bo‘lsa tag‘in yuborishadi! — dedi Xadicha menga. Ushbu parchada ajratib ko’rsatilgan gapda qanday uslubiy ma’no ifoda etilgan?

#8. “Sarviqomat dilbarim” asari qahramoni Xadicha haqida ko’rsatilgan to’g’ri hukm(lar)ni belgilang. 1) U o‘zini qanday tutishni yaxshi bilar, unchamuncha odamni o‘ziga osonlikcha yaqin yo‘latmasdi. 2) Ilyosni bir ko’rishdayoq yoqtirib qoladi va u bilan o’z oilasini tashlab qochib ketishga rozi bo’ladi. 3) U Ilyosning oilali ekanligini biladi, shu sababli u bilan oldingidek aloqa qilmasdan uzoqlashib ketadi.

#9. “Sarviqomat dilbarim” qissasi haqida XATO shakllantirilgan mazmun berilgan javobni toping.

#10. Ilyos: G‘azabim qaynab, qizishib ketdim. — Yana kolxozgami? Yana go‘ng-u g‘isht tashishgami? Bormayman! — deb yo‘llanmani stolga uloqtirdim. — Bas, shuncha loy kechganim yetar. Boshqalarni ham yuborishsin! — Baqirma! Naryading bir haftalik! Lozim bo‘lsa tag‘in yuborishadi! — dedi Xadicha menga. Ushbu parchada Ilyos dastlab kolxozga borishdan bosh tortadi, ammo keyinchalik nima sababdan bu fikridan qaytadi va yana kolxozga borishga qaror qiladi?

#11. “Sarviqomat dilbarim” asari qahramoni Ilyos haqida to’g’ri bo’lmagan javobni toping. 1) Ota-onasiz bolalar uyida tarbiyalangan, shuning uchun o’z oilasini saqlab qola olmagan qahramon; 2) Turmush o’rtog’ining uyidagilari majburlab boshqaga uzatmoqchi bo’lganda urf-odatlarini buzib uni olib qochib ketgan qahramon; 3) Asalni ko’rib yoqtirib qolgandan so’ng, Alibek yordamida unga uylangan qahramon;

#12. — E, hali shunaqa de? — deb Jontoy ko‘zlarini battarroq olaytirdi. U xursand bo‘lishini ham, xafa bo‘lishini ham bilmasdi. — E-e, tabriklayman, chin qalbimdan tabriklayman… — Rahmat! Jontoy razilona tirjayib: — Juda uchar ekansan! Qalinsiz qo‘lga tushirgandirsan-a? — dedi. Ushbu parchada ajratib ko’rsatilgan gapda qanday uslubiy ma’no ifoda etilgan?

#13. “Sarviqomat dilbarim” qissasi haqida to’g’ri shakllantirilgan mazmun berilgan javobni toping.

#14. “Sarviqomat dilbarim” qissasi haqida berilgan xato hukmni aniqlang.

#15. Qissada Asalning onasi: — Asal! — deb qichqirdi u nimadandir ogohlantirmoqchi bo‘lgandek, qo‘li bilan og‘zini berkitib. — Qayoqlarda daydib yuribsan, xudo ko‘tarsin seni! Bor, tezroq kiyimlaringni almashtir, – deya Asalni shoshirishidan sabab nima edi?

#16. “Sarviqomat dilbarim” qissasi haqida to’g’ri ma’lumot berilgan javobni belgilang.

#17. Chingiz Aytmatovning “Sarviqomat dilbarim” asaridan olingan quyidagi jurnalist va Ilyos o’rtasidagi suhbatda ajratib ko’rsatilgan gap orqali nima nazarda tutilgan? U to‘satdan boshini ko‘tardi-da, qiyiq qo‘yko‘zlarini menga tikib: — Siz o‘shanda mendan qattiq xafa bo‘lgandirsiz-a, og‘a? — deb so‘radi ma’yus jilmayib. — Qachon? Negadir eslolmayapman, men uning noqulay ahvolga tushib qolishini istamas edim.

#18. Ertasi yo‘lda ketayotib chor tarafga nazar tashlab, ko‘zlarim to‘rt bo‘ldi. Qani u? Qani endi, uning sarvnoz qomati ko‘rina qolsa. Qizil durrachali sarvqomatim! Ushbu parchada ajratib ko’rsatilgan qism orqali kim nazarda tutilgan?

#19. — Men bo‘lsam kolxozga bormayman deb yuribman-a, — dedim kulgi aralash. — Agar yo‘lda sizga o‘xshagan yordamchi uchrashini bilganimda edi, dispetcher bilan adi-badi aytishib o‘tirmagan bo‘lardim… Eh, Ilyos, Ilyos! — deya o‘zimni o‘zim koyidim. Ushbu parchada ajratib ko’rsatilgan gapda qanday mazmun ifodalangan bo’lishi mumkin?

#20. Ilyos: Asal ikkimiz g‘oyatda baxtiyor edik, men do‘stlarimning bu iltifotidan qalbdan faxrlanardim. Do‘st kulfat-da sinaladi, deydilar. Menimcha, ular baxtli damlarda ham sinaladilar. Ushbu parchada ajratib ko’rsatilgan bu iltifot deya nima nazarda tutilgan?

Oldingisi
Tugatish
Blok testlar