Chingiz Aytmatov «Sarviqomat dilbarim” qissasi testlar

Chingiz Aytmatov «Sarviqomat dilbarim” qissasi testlar. Asar bo’yicha online testni yeching va bilimingizni sinab ko’ring.

 

Mundarija

Natija

#1. — Sekinroq, Ilyos, nafasi qaytib ketadi! — deb Asal quchog‘imdan Samadni tortib oldi. — Xo‘sh, endi nima deysiz? Qani, endi yechining. U tez kunda kattakon bo‘lib qoladi, shunda oyisi ham ishga boradi. Hammasi o‘rniga tushadi, hammasi yaxshi bo‘lib ketadi, shundaymasmi, o‘g‘ilcham? Qissadan olingan ushbu parcha orqali qanday mazmun yuzaga chiqqan?

#2. Qaysi javobda “Sarviqomat dilbarim” asaridagi Boytemir obraziga tegishli ma’lumot berilgan?

#3. “Sarviqomat dilbarim” asari haqida to’g’ri shakllantirilgan javobni belgilang.

#4. “Sarviqomat dilbarim” qissasi mazmuniga oid quyidagi qaysi javob to’g’ri emas?

#5. “Sarviqomat dilbarim” qissasida mehmonni ulug’ ko’radigan, “Mehmondan qochmaymiz, xursand bo‘lamiz”,- deya uni o’z uyiga taklif etgan qahramon kim edi?

#6. “Sarviqomat dilbarim” qissasiga mazmuniga mos bo’lmagan javobni belgilang

#7. — Samad! — deb chaqirdim men toychog‘imni. Ko‘rgim kelib ketdi. Bolalar menga qarab chopqillab kelishdi. — Amaki, bizni mashinada o‘ynatgani keldingizmi? — deb oldimga chopib keldi Samad. — Ha, ozgina sayr qildirmoqchiman sizlarni! — dedim men. Bolalar chuvillashib, hammasi birdaniga kabinaga chiqishdi. — Bu bizning tanish amakimiz, — deb maqtanardi Samad o‘rtoqlariga. Ushbu parchaga mos javobni belgilang.

#8. “Sarviqomat dilbarim” qissasidagi Boytemir obraziga mos bo’lmagan javobni belgilang. 1) Urush qiyinchiliklarini boshidan o’tkazgan qahramon yigit; 2) O’z do’sti uchun, hatto, yashab turgan uyini bo’shatib berishgacha borgan obraz; 3) O’z qo’shnisiga qiyin vaziyatda yordam qo’lini cho’za olgan oliyjanob obraz;

#9. “Sarviqomat dilbarim” qissasi mazmuniga oid to’g’ri shakllantirilgan javobni belgilang.

#10. “Sarviqomat dilbarim” qissasidagi Gulbara obraziga mos bo’lmagan javobni belgilang. 1) Ovuldagi urf-odatlarini buzib, yo’l qurilishida qahramonlik ko’rsatgan qiz edi; 2) Urush davrida bolalari bilan yolg’iz qolgan, shunday bo’lsa-da, erining o’rniga yo’l masteri bo’lib ishlagan ayol; 3) Ota-onasining roziligisiz begona yigit bilan qochib ketgan obraz;

#11. “Sarviqomat dilbarim” qissasida qaysi holatni Ilyos va Asalning oilasi buzilib ketishiga sabab sifatida ko’rsata olmaymiz?

#12. “Sarviqomat dilbarim” qissasi mazmuniga ko’ra to’g’ri shakllantirilgan hukmni ko’rsating. 1) Ilyos Asal barcha voqeani bilib ketib qolganidan so’ng, uni izlab ovulga borishga yuragi chidamaydi va Xadicha bilan oila qurib ketadi; 2) Jontoy Xadichani yoqtirib qolgan edi, shu sababli Ilyosning barcha qilib yurgan ishlarini Asalga aytib beradi; 3) Ilyos sinab ko’rgan, ammo amalga oshira olmagan ishni u bilan yoshlikdan o’sgan eng yaqinlaridan biri amalga oshiradi;

#13. U taajjublanib, menga ma’yusgina boqdida, indamay uyga qaytib kirib: — Siz menga achinyapsizmi? — dedi. — Yo‘q, uning uchun emas. Bilasizmi… Siz uchun tashvishlanyapman. Qiynalib qolasiz. Qanday qilib kun kechirmoqchisiz? — Ishlayman. Suyagim mehnatda qotgan. — Qaerda ishlaysiz? — Biror yerga joylasharman. Ammo uyga qaytmayman, ovulga ham bormayman. Mehnat qilib kun kechiraman. Ushbu parchda Asalning kayfiyatida qanday holat kuzatilmoqda edi?

#14. — Xo‘p, mayli, bake, kechirasiz, endi men ketay. Hozir biror yo‘lovchi mashina kelib qolar. Boytemir menga osoyishta va sergak ko‘zlarini qadab, diqqat bilan tikildi-da, miyig‘ida kulib qo‘ydi. — Shaharlik qirg‘izlar urf-odatlarimizni unutib qo‘yyaptilar-da. Jurnalist va Boytemir o’rtasidagi ushbu suhbatda ajratib ko’rsatilgan gap orqali nima ifoda etilgan?

#15. Ilyos Xadicha suhbati: — Tezroq olsang-chi! — dedim men. — Biron nima bo‘ldimi? — Asal… uyda yo‘q, ketib qolibdi! — Rostdanmi? — dedi ranglari oppoq oqarib ketgan Xadicha va o‘rnidan turdi-da, lablarini tishlab: — Kechir, kechir meni, Ilyos! Hammasiga men, men… — deya boshladi. Ushbu parchada ajratib ko’rsatilgan so’z orqali qanday uslubiy ma’no yuzaga chiqqan?

#16. “Sarviqomat dilbarim” qissasi mazmuniga oid bo’lmagan javob variantini belgilang.

#17. So‘nggi marta uchrashuvimizda Asal meni quvonch bilan, shavq-zavq bilan kutib oldi. Yuzlari gulgun ochilib, ko‘zlari tabassumdan porlar edi. U kalta po‘stinim va etigimni yechirmasdanoq to‘g‘ri ichkariga sudradi. Ushbu parchada nima sababdan Asal bunday kayfiyatda edi?

#18. Ilyos va Ermak o’rtasida bo’lib o’tgan quyidagi suhbatga diqqat qiling. — Bilmadim. Men kelsam, u ketib qolgan ekan. Aytishlaricha, Pomirning allaqaeridagi avtobazada bosh mexanik bo‘lib ishlayotgan emish. «Qoyilman, Alibek! Qoyilman senga, do‘stim! Puxta yigitsan!». Ushbu parchada ajratib ko’rsatilgan gap orqali qanday uslubiy ma’no yuzaga chiqqan?

#19. “Sarviqomat dilbarim” qissasidagi Xadicha obrazi haqidagi XATO fikrni aniqlang. 1) Hayoti bir tekis davom etayotganda Ilyos uni yo’ldan uradi va oilasi buzilib ketadi. 2) Asalga Ilyos bilan bo’lib o’tgan barcha voqealarni aytib beradi, ammo keyin bu uchun afsuslanadi. 3) Yengiltak ayol edi, keyinchalik Ilyos bilan oilasi yaxshilanishi mumkin edi, ammo bu sabab ular ajralib ketadi.

#20. “Sarviqomat dilbarim” qissasi mazmuni to’g’ri shakllantirilgan javobni belgilang.

Oldingisi
Tugatish
Ona tili mavzulashtirilgan testlar