Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27.07.2025 kuni bo’lib o’tadi

Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi.

Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Imtihonlarning ikkinchi bosqichi test shaklida bo‘lib, jami 130 daqiqa vaqt beriladi:

➖ matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
➖ ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa.

⏳ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), javoblar varag‘iga belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📄 Talabgorlar imtihonga ruxsatnoma va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak. Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

‼️Eslatma: imtihonni qayta topshirish va boshqa kunga ko‘chirish mumkin emas va bu borada qo‘shimcha imkon berilmaydi.

Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotni shaxsiy kabinet orqali yuklab olish mumkin.

📍Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Prezident maktabi natijalari 06.07.2025