Bakalavriat turdosh yo’nalishlar ro’yxati.
2025-2026-o’quv yili uchun oliy taʼlim yo‘nalishlari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bunda yo‘nalishlar jami 33 ta turdosh guruhlarga ajratildi.
Turdosh bakalavr 2025 PDF <<Yuklab olish >>
Ma’lumot uchun:
Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari soha (tarmoq, yo‘nalish, faoliyat turi) bo‘yicha mos ta’lim yo‘nalishlari guruhiga turdosh hisoblanadi:
Turdosh bakalavr 2025 PDF <<Yuklab olish >>
“Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
“Professional ta’lim (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”;
“Xizmat ko‘rsatish texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)”;
“Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”.
Turdosh yo’nalishlar guruhlari haqida bilish, nima uchun afzal?
Asosan, o’qishni ko‘chirish yoki qayta tiklashga ariza topshirganlarning avvalgi ta’lim olgan yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) amaldagi Klassifikatorga muvofiqlashtirib, inobatga olinadi. Ya’ni, xorijdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo’lgan talabgor mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. Xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.
Shuningdek, O’zbekistondagi nodavlat yoki xorijiy OTMdan davlat oliygohiga, yoki bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o’qishni ko’chirmoqchi bo’lgan holatlarda ham mos va turdosh yo’nalishlarga imtihon topshiradi yoki faqat shu turdagi ta’lim yo’nalishlariga ko’chirishga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, o’qishdan yiqilgan yoki turli sabablar bilan haydalgan talabalalar ham, o’qishni qayta tiklash jarayonida faqat mos va turdosh yo’nalishlar doirasida qayta tiklashi mumkin bo’ladi.
Blok fan diagnostik testlar to’plami




















