O’g’il bolalar uchun ismlar ro’yxati. Kamyob, arabcha, zamonaviy ismlar o’g’il bolalar uchun.
Mundarija
Ismlar ro’yxati o’g’il bolalar.
Har bir ism o’ziga xos ma’no va tarixga ega bo’lib, odamlarning madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlarini aks ettiradi. Inson ismlari nafaqat shaxsni tanitadi, balki uning kelib chiqishi, diniy yoki tarixiy o’rni, va ba’zida faqatgina oilaviy an’analar bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
Ism tanlash odatda oilaviy va ijtimoiy an’analarga asoslanadi. Ba’zida ismlar o’zgarishi mumkin, masalan, biror kishi yangi hayot boshlash yoki yangi bir shaxs sifatida tanilish uchun ismini o’zgartirishi mumkin.
Inson ismlari nafaqat bizni ajratib turuvchi, balki bizning madaniy va tarixiy bog’liqligimizni aks ettiruvchi muhim omillardir. Har bir ism, o’z vaqtida va o’z joyida, o’ziga xos bir hikoya, bir ma’no va bir dunyoqarashni o’zida mujassam etadi.
A harfidan boshlanuvchi ismlar.
- Abdulqodir — mislsiz kuch-qudrat egasining, ya’ni Allohning quli. Arabcha
- Abdulloh — Allohning quli, suyukli bandasi. Muhammad (s.a.v.)ning otalarining ismi. Arabcha
- Abdulmalik — molikning, podshohning, ya’ni Allohning quli, itoatkor bandasi. Arabcha
- Abdulfattoh — hukm etuvchining yoki rahmat xazinalarini ochuvchi va unga yo‘l ko‘rsatuvchining, ya’ni Allohning quli; doimo g‘olib va muzaffarning quli. Arabcha
- Abdulhakim — tengsiz aql va hikmat sohibining, ya’ni Allohning quli. Arabcha
- Abdulhafiz — o‘z panohida saqlaguvchining, ya’ni Allohning quli. Arabcha
- Abbos — qovog‘i soliq, xo‘mraygan, jiddiy. Ba’zi bolalar shu holatda tug‘iladi. Arabcha.
- Azamat — ulug‘, mard, jasur, qudratli. Arabcha.
- Aziz — qadrli, qimmatli, tabarruk, hurmatli yoki qudratli, qimmatli, noyob. Arabcha.
- Akmal — yetuk, barkamol, mukammal va benuqson ma’nosida. Arabcha.
- Alisher — sherdek jasur, dovyurak bo‘lsin va to‘rtinchi halifa Alidek kuch-qudrat, iymon va zakovat egasi bo‘lsin. Arabcha, Fors-tojikcha.
- Asilbek — beklar avlodiga mansub aslzoda bola. Arabcha, o‘zbekcha.
- Anvar — yorug‘, nurli, charog‘on yoki iqboli porloq, tolei baland, hayotda omadli bola. Arabcha.
- Amir — hokim, hukmron, yo‘lboshchi yoki Amr — hayot, tiriklik. Arabcha.
- Ali — yuksak, ulug‘, oliy, yuqori martabali. Bu nom Muhammad(s.a.v.) payg‘ambarimizning kuyovi, to‘rtinchi xalifaning ismidir. Arabcha.
- Afif — pokiza, sahovatli. Arabcha.
- Ahmad — Allohga ko‘p hamdu-sanolar aytuvchi kishi, maqtovga, olqishga sazovor. Bu nom Muhammmad (s.a.v.) sifatlaridan biridir. Arabcha.
- Afzal — ustun turuvchi, munosib, loyiq; qadrli, hurmatli. Arabcha.
- Ahbor — xabarlar, ma’lumotlar, bilimlar egasi. Arabcha.
B harfidan boshlanuvchi o’g’il bolalar ismlari.
- Bahodir — botir, dovyurak, mard, jasur. O‘zbekcha, fors-tojikcha.
- Bobur — yo‘lbars, arslon; Ulug‘, ulkan, buyuk; Tez gapiradigan odam ma’nolarida talqin qilingan. O‘zbekcha.
- Botir — mard, jasur, qo‘rqmas. O‘zbekcha.
- Bahriddin — dinning nuri, yog‘dusi, shu’lasi, dinning viqori, shukuhi yoki dinning nurli, e’tiqodli, iymonli, saodatmand kishisi. Arabcha.
- Bahrom — Mirrih (Mars) sayyorasining nomidan. U baxt-saodat timsoli hisoblanadi yoki bahromdek (qadimgi Eron shohlaridan biri) mard, jasur bo‘lsin. Fors-tojikcha.
- Behruz — baxtli saodatli kunda, shodiyonada tug‘ilgan bola yoki bu bola tug‘ilgan kun oilaga, yaqinlariga quvonch, shodlik olib kelgan. Fors-tojikcha.
- Bekzod — bek farzandi, beklar avlodiga, zotiga mansub bola. Viqorli, kuchli, mard bo‘lsin. O‘zbekcha, fors-tojikcha.
- Bahtbek — beklar avlodiga mansub baxtli, saodatli bola ma’nosida. Forscha, qozog‘cha.
D harfiga ismlar ro’yxati.
- Davron — davr sursin, umri shodon, baxtiyor o‘tsin, davrining, zamonasining baxtiyor farzandi bo‘lsin ma’nosida. Arabcha.
- Dilmurod — dildagi murodga, orzuga yetkazgan bola. Arabcha, fors-tojikcha.
- Diyor — o‘lka, ona yurt, vatan farzandi, diyoriga, eliga vafodor. Vatani uchun jonini fido qilishga tayyor bo‘lsin. Arabcha.
- Doniyor — yaqin inson, bilimli inson, do‘st, Allohning ehsoni, sovg‘asi, marxamati. Arabcha, fors-tojikcha.
E harfidan boshlanuvchi ismlar.
- Erkin — hur, ozod, erkin, mustaqil, hech kimga qaram yoki to’be bo‘lmagan bola. O‘zbekcha.
- Elbek — elning boshlig‘i, sardori, yo‘lboshchisi. O‘zbekcha.
- Eldor — ulg‘ayib yuqori martabalar egasi, elning yo‘lboshchisi, rahnamosi, hukmdori, yetakchisi bo‘lsin. O‘zbekcha, fors-tojikcha.
- Elmurod — o‘z elining orzusi, umidi bo‘lgan bola, elini orzu-murodiga erishtirsin. Arabcha, o‘zbekcha.
- Elnur — elga nur sochuvchi, foyda keltiruvchi, vatani rivojiga katta hissa qo‘shuvchi, elparvar. Arabcha, o‘zbekcha.
- Elyor — elning do’sti, hamdami, vatanparvar. O‘zbekcha, fors-tojikcha.
F harfidan boshlanuvchi ismlar ro’yxati.
- Fazliddin — dinning yuksakligi, yoki dinning marhamati, in’omi, tuhfasi, fazliga yetishganligi. Arabcha.
- Fahriddin — dinning faxri, iftixori, shavkati, shoniu-sharafi, g‘ururi. Arabcha.
- Farruh — baxtiyor, yuzidan nur yog‘iluvchi, ochiq chehrali, chiroyli ko‘rkam. Fors-tojikcha.
- Fayzbek — beklar avlodiga mansub fayz-barakali, omadli, saxovatli bola ma’nosida. O‘zbekcha.
- Fozil — bilimdon, dono, zukko, donishmand. Fozil — «fazlu-karomat sohibi» ma’nosida. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning sifatlaridan biridir. Arabcha.
- Fayziddin — dinga foyda, yaxshilik, fayz keltiruvchi bola yoki dinning muruvvati, shafqati. Arabcha.
- Farhod — aqlli, zukko, fahm-farosatli, dono yigit. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” asari qahramoni Farhoddek tog‘ni talqon qiluvchi bo‘lsin. Fors-tojikcha.
- Firdavs — jannat bog‘i, jannat, sakkizinchi jannat nomi. Fors-tojikcha.
- Fitrat — tabiiy, tug‘ma; aqlu farosatli, aqlli, dono. Arabcha.
- Fotih — g‘olib, muzaffar; jasur, mard. Arabcha.
G’ harfiga ismlar.
- G‘afur — rahmdil, marhamatli, mag‘firatli. Bu nom Allohning sifatlaridan birdir. Asli: Abdulg‘afur. Arabcha.
- G‘affor — rahmdil, mehribon, shafqatli. Bu nom Allohning sifatlaridan biridir. Asli: Abdulg‘affor. Arabcha.
- G‘iyos — yordam, ko‘mak, suyanch; yordamchi, suyanchiq, ishongan tog‘, qo‘llovchi, ko‘maklashuvchi. Arabcha.
- G‘ulom — o‘tmishda hukmronlar saroyidagi yosh xizmatkor; «G‘ulom» so‘zi bilan boshlangan qator qo‘shma ismlarning (G‘ulomali, G‘ulomiddin) qisqargan shakli. Arabcha.
H harfiga eng chiroyli va zamonaviy ismlar.
- Halil — suyukli, aziz, qadrdon, sodiq do‘st; vafodor, sirdosh. Shakllari: Xalilbek, Xalilboy, Xaliljon. Arabcha.
- Habib — suyukli, qadrdon, g‘amxo‘r do‘st. Asli Habibulloh. Allohning suyuklisi va do‘sti. Bu nom Muhammad (s.a.v.) ning sifatlaridan biridir. Arabcha.
- Hayrulloh — Allohning xayru saxovati, muruvvati, tuhfasi. Arabcha.
- Hamza — o‘tkir, achchiq, kuydiruvchi, yondiruvchi, chirog‘ yoki dorivor o‘simlik nomi. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ning tog‘alarining ismi bo‘lgan. Arabcha.
- Hamid — maqtovchi, madh qiluvchi, Allohga hamd-sano aytuvchi, shukr qiluvchi yoki hamid — issiq, qaynoq. Bu nom Muhammad (s.a.v.) ning sifatlaridan birdir. Asli: Hamidulloh. Arabcha.
- Hikmat — donolik, donishmandlik; mo‘jiza. Badanida qandaydir g‘ayritabiiy, ortiq belgi bilan tug‘ilgan bola. Arabcha.
- Hoji — ziyoratchi, sig‘inuvchi, Hajga borgan, Ka’bani (Makkada) ziyorat qilgan shaxs. Arabcha.
I harfiga ismlar maʼnosi.
- Ibodulloh — Allohning qullari, bandalari, mo‘minlari. Arabcha
- Iskandar — mard, qo‘rqmas, dovyurak, azamat, pahlavon, jasurlarning sardori yoki himoya qiluvchi, asrovchi, muhofazakor. Buyuk sarakarda Iskandardek bo‘lsin ma’nosida qo‘yiladi. Yunoncha, o‘zbekcha.
- Islom — o‘zini Allohning ixtiyoriga topshirish, itoatkor. Islomga bo‘ysungan. Mo‘min. musulmon. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) olib kelgan din nomi. Arabcha.
- Isroil — Alloh yo‘lida kurashuvchi, Allohga itoat qiluvchi. Islomda Azroil o‘lim farishtasi bo‘lib, to‘rtta asosiy farishtalardan biridir Ular: Jabroil, Mikoil, Isrofil, Azroil. Yahudiycha.
- Ibrohim — xalqlarning otasi. Yahudiycha.
- Izzat — hurmat, e’tibor, ikrom, e’tirof, ehtirom, qadr-qimmat, mehru muruvvat sohibi. Arabcha.
- Imron — tiriklik, barhayotlik, boqiylik, uzoq umr ko‘ruvchi, ko‘p yashovchi. Qur’onda Maryamning otasining ismi hamda Isoning bobosining nomi bo‘lgan. Arabcha.
- Ilyos — Allohning kuchi, qudrati yoki xalqlarning sevimligi, kishilarni qadrlovchi, e’zozlovchi odam. Obihayot ichib, Hizr kabi mangu tirik deb faraz qilinadigan payg‘ambarning nomi. Quruqda Hizr bo‘lsa, suvda Ilyos kishilarning madadkori, hamrohi deb hisoblangan. Arabcha.
J harfiga kamyob ismlar.
- Jalol — ulug‘, buyuk, ko‘rkam. Arabcha.
- Jamol — chiroyli, nafosatli, hushro‘y, ko‘rkam bola. Eht: Jamol- tuyakash, tuyalarni yetaklovchi. Arabcha.
- Jasur — dovyurak, qurqmas, jasoratli. Arabcha.
- Jahongir — olamni bo‘ysundiruvchi, fath etuvchi, g‘olib, muzaffar. Fors-tojikcha.
- Jo‘rabek — dustlikni qadrlovchi, ulfat, juralarni beki, do‘stlari, jo‘ralari ko‘p bo‘lsin. O‘zbekcha.
K harfiga islomiy ismlar o’g’il bolalar.
- Kamol — yetuk, mukammal, nuqsonsiz, bekamu-ko‘st. Arabcha.
- Kamoliddin — dinning ravnaqi, kamoloti, yetukligi yoki dinning kamolga yetgan, yetuk bo‘lgan farzandi. Arabcha.
- Komil — yetuk, barkamol, kam-ko‘stsiz, benuqson, mukammal; aqilli, donishmand. Bu nom Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning sifatlaridan biri bo‘lgan. Arabcha.
- Komron — baxtli, saodatli; maqsadiga erushuvchi; kuchli, qudratli, omadli, tolei porloq. Fors-tojikcha.
- Kozim — sabrli, toqatli, vazmin, og‘ir-bosiq; g‘azabdan o‘zini tutib tura oluvchi, jahlini boshqara oluvchi. Bu nom shiitlar imomi Musoning laqabi ham bo‘lgan. Arabcha.
- Kubad — hukmron, podshoh. Fors-tojikcha.
L harfiga ismlar.
- Laziz — yoqimtoy, shirin, aqlli, xushchaqchaq, ko‘pchilikka hush keladigan bola. Arabcha.
- Lochin — lochindek ziyrak, dovyurak, chaqqon, tezkor bola yoki lochin urug‘iga mansub bola. O‘zbekcha.
M harfiga o’g’il bolalar ismi.
- Mabruk — ko‘ngilga yaqin, xayrixoh. Arabcha.
- Mavdud — qadrli, suyukli. Arabcha.
- Madid — uzoq yashovchi, umri uzoq. Arabcha.
- Mansur — g‘olib, peshqadam, sarkarda, yo‘lboshchi, yengilmas. Arabcha.
- Mardon — botir, dovyurak, mard, azamat. Fors-tojikcha.
- Maqsud — hohlangan, istalgan, orzu qilingan, umid qilib kutilgan bola. Arabcha.
- Ma’mur — boshqaruvchi, yetkachi, yo‘l ko‘rsatuvchi, (ma’muriyat — boshqarma); farovon hayot kechiruvchi. Arabcha.
- Mirziyo — ulug‘ martabali o‘g‘ilning umri nurga (baxtga) to‘la bo‘lsin, ziyo tarqatuvchi. Arabcha.
- Miron, Miran — amirlarning sardori, rahbari, yetakchi, yuqori turuvchi, oliy nasab. Arabcha.
- Mohir — ustamon, bilag‘on, qobiliyatli, har ishga mohir, o‘z ishining ustasi. Arabcha.
- Murod — murod-maqsadli yoki orzu qilingan, qo‘msalgan bola. Ulg‘ayib murod-maqsadiga yetsin. Arabcha.
- Muzaffar — yenguvchi, g‘olib, zafar qozonuvchi: shuhratli, xushbaxt, omadli. Arabcha.
- Mo‘min — dinga sodiqligini til va iqror bilan hamda qalban tasdiqlovchi, imonli, xudojo‘y, mo‘min nomi Allohning sifatlaridan biri bo‘lib, bandalarini asrovchi; ular xavfsizligini ta’minlovchi ma’nolarini anglatadi. Arabcha.
N harfiga ismlar.
- Nazrulloh — Allohga nazr qilingan, bag‘ishlangan bola. Arabcha.
- Nazif — pokiza, ozoda; beg‘ubor, begunoh. Arabcha.
- Narimon — qo‘rqmas, botir, dovyurak, jasur, mard, bukilmas irodali, kuch-qudratli, azamat. Arabcha, fors-tojikcha.
- Nasriddin — dinning g‘olibi, dinning zafari yoki dinning ko‘magi, yordami tufayli erishilgan bola. Arabcha.
- Nurbek — beklar naslidan bo‘lgan tolei baland, iqboli porloq, yuksaklarga intiluvchi, hayot yo‘li yorug‘ bo‘lgan bola. Arabcha, o‘zbekcha.
- Nizom — tartibli, intizomli, odobli o‘g‘il bo‘lsin yoki marvarid shodasidek qimmatli, nodir. Arabcha.
- Nizomiddin — dinning tartib-qoidalari; dinning bebaho va muqaddasligi yoki dinni tartibga soluvchi. Arabcha.
- Nurlan — nurga, baxt-iqbolga to‘la bo‘lsin degan ma’noda. Arabcha.
O harfiga o’g’il bolalar ismi.
- Oybek — beklar naslidan bo‘lgan omadli, baxtli, oydek porloq bola yoki oybek urug‘i (o‘zbek urug‘laridan biri)ga mansub bola. O‘zbekcha..
- Ozodbek — beklar naslidan bo‘lgan hur, baxtiyor, erkin, ozod, saodatmand bola. Fors-tojikcha, o‘zbekcha.
- Otabek — shahzoda, xonzoda, beklar boshlig‘i, yetkachisi, sardori; ilg‘or, obro‘-e’tiborli, nasl-nasabli bola. O‘zbekcha.
- Olim — bilimli, aqlli, donishmand, ziyoli, farosatli, dono, bilguvchi, xabardor, ilm sohibi. Arabcha.
- Oqil — aqlli, fahm-farosatli, zukko, dono bola. Shakllari: Oqiljon, Oqilxon, Oqilbek. Arabcha.
- O‘ktam — g‘amxo‘r, mehr-muruvvatli, oqibatli yoki mag‘rur, viqorli, mustaqil, erkin. O‘zbekcha.
Q harfiga ismlar.
- Qobil — iste’dodli, qobiliyatli, kuchli, yoki yuvosh, tarbiya ko‘rgan yohud orzu-tilaklarimiz bajo bo‘lib berilgan bola. Arabcha.
- Qosim — taqsimlovchi. Bu nom Muhammad (s.a.v.) ning o‘g‘illarining ismi bo‘lgan. Arabcha.
- Qudrat — quvvatli, kuchli, qodir. Asli: Qudratulloh. Arabcha.
R harfiga o’g’il bolalar ismi.
- Ramziddin — dinning timsoli, ramzi, nishoni; dinga itoatkor, dinni o‘zida gavdalantiruvchi. Arabcha.
- Rafid — yordamchi, ko‘makdosh. Arabcha.
- Raxmatulloh — Allohning muruvvati, shavkati tufayli erishilgan bola, Allohning rahmati, marhamati va iltifotiga sazovor banda. Arabcha.
- Rashid — to‘g‘ri yo‘ldan yuruvchi, to‘g‘ri yo‘l topgan, kamolga yetgan, aqlli, dono yoki qo‘rqmas, mard; boshliq, sardor. Sol: Abdurashid. Arabcha.
- Rustam — «Avesto»dagi Raodastan so‘zidan yasalgan bo‘lib, ulkan gavdali, qudratli, botir, yengilmas, dovyurak, jasur, matonatli, bahodir. Pahlaviycha.
S harfiga zamonaviy ismlar.
- Sadriddin — dinning baland martabali, yuqori mavqega ega rahnamosi, dinning ulug‘ namoyondasi. Arabcha.
- Saloh — ezgulik, yaxshilik, haqqoniylik ma’nosida. Arabcha.
- Saadi, Sa’di — baxtiyor, omadli. Arabcha.
- Sadar — to‘g‘rilik, adolat; munosabat, maqsad. Arabcha.
- Samandar — «Salamandra: o‘tdan paydo bo‘lib, o‘t ichida yashovchi, kalamushsimon, afsonaviy, hayvon (qush) nomi». Samandar o‘sha nomning arabcha shakli. Ism sifatida chidamli, kuchli, irodali, mustahkam, toblangan ya’ni o‘lmaydigan, yashaydigan, umri uzoq bo‘ladigan ma’nolarini bildiradi. Arabcha, yunoncha.
- Samir — suhbatdosh, hamsuhbat, dilkash inson yoki suvsardek qimmatli, qadrli, e’zozli. Arabcha.
- Safir — elchi, vakil yoki ko‘kish rangli yoqut; qimmatli, bebaho yohud yoqimli, maqbul. Arabcha.
- Sa’dulloh — Alloh bergan baxt, saodat. Allohning baxtli, to’lei baland bandasi. Bu nom Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning sifati bo‘lgan. Arabcha.
- Sarvar — yo‘lboshchi, boshliq, rahnamo, yetakchi, ilg‘or, peshqadam, sardor. Fors-tojikcha.
- Sardor — yetakchi, rahnamo, yo‘lboshchi, boshliq; urug‘ yoki qabila boshlig‘i; lashkar boshlig‘i; qo‘mondon. Fors-tojikcha.
- Sodiq — sadoqatli, vafodor, rostgo‘y, ishonchli, chin do‘st. Arabcha.
- Sobit — mustahkam, mahkam yoki kelishgan, xushbichim, chiroyli. Shakllari: Sobitboy, Sobitjon, Sobitbek, Sobitboy. Arabcha.
- Sohib — ega, ho‘jayin, do‘st, hamdam, ilmu-fanda yo‘lboshchi, yo‘ldosh. Asli: Sohibiddin. Arabcha.
- Sulton — shoh, hukmdor ya’ni umri uzoq bo‘lib, baland martabalar egasi bo‘lsin. Arabcha.
T harfiga o’g’il bola ismlari.
- Tabris — me’ros, boylik, iftihor, ulug‘vorlik. Arabcha, fors-tojikcha, tatarcha.
- To‘lqin — hayotda yayrab, yashnab, dengiz to‘lqinidek jo‘shqin bo‘lib, to‘lib toshib yursin degan ma’noda. O‘zbekcha.
- Tohir — pokiza, dog‘siz, nuqsonsiz, begunoh. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning o‘g‘illarining ismi bo‘lgan. Arabcha.
U harfiga arabcha o’g’il bolalar ismlari.
- Ulug‘bek — buyuk hukmron, buyuk sulton yoki beklarning beki. Amir Temur nabirasi, davlat arbobi va olim Ulug‘bekdek yuqori martabali bo‘lsin degan niyatda ham qo‘yiladi. O‘zbekcha.
- Umid — orzu qilingan, umid bilan kutilgan yoki yashab ketishiga umid qilingan bola. Arabcha.
- Umidulloh — Alloh erishtirgan orzu-umid, armon. Arabcha.
- Umar — mangu barhayot, yashaydigan. Bu nom Umar ibn Hattobning ismi bo‘lib, “choryorlar“ deb ataluvchi 4 halifaning ikkinchisidir. Bu ism ba’zi manbalarda “ziyoratchi, hoji“ deb ham talqin etiladi. Arabcha.
- Uzayr — kuchli, qudratli, “ko‘makchi“. Qadimda Isroilda o‘tgan payg‘ambarlardan birining ismi. Arabcha.
- Urfon — bilimli, ma’rifatli. Arabcha.
V harfiga kamyob ismlar.
- Vafo — vafoli, sadoqatli, sodiq, ishonchli; ota-onasini qadrlaydigan, hurmat-izzatini o‘rniga qo‘yadigan solih farzand. Arabcha.
- Vosil — ayrilmas, ajralmas, subutli do‘st yoki orzu qilib erishilgan farzand, visolga yetishgan. Arabcha.
Y harfiga o’g’il bola ismi.
- Yahyo — sahiy, muruvvatli, ochiq qo‘l, bag‘ri keng; yashovchi, barhayot, hayotiy yoki hushxulq, insonga do‘st. Payg‘ambarlardan birining ismi. Yahudiycha.
- Yusuf — qadimiy yahudiycha nom Iosifning (Yaqub payg‘ambar o‘g‘li) arabcha shakli. Ma’nosi: o‘sgan, ko‘paygan. Yusuf nomi sharqda go‘zallik, hushro‘ylik timsolidir. Yusuf payg‘ambarning ismlari. Arabcha, yahudiycha.
- Yoqub — izidan boruvchi, sabr-toqatli, dovyurak, jasur. Yahudiycha.
- Yorqin — hayoti (kelajagi) porloq, nurga to‘la bo‘lsin yoki mehrli, shavkatli, muruvvatli, samimiy, ko‘ngli ochiq bola. O‘zbekcha.
Z harfiga o’g’il bola ismi.
- Zafar — g‘olib, zafar quchuvchi, g‘alabaga erishuvchi, baxtli, saodatli, iqboli porloq, tolei baland. Arabcha.
- Zayniddin — dinning ko‘rki, go‘zal husni bo‘luvchi bola. Arabcha.
- Zoyir — ziyoratchi. Arabcha.
- Zokir — Allohni zikr qiluvchi, Allohga itoat qiluvchi solih banda. Arabcha.
- Ziyo — nurli, yorqin yoki baxtli, tolei baland. Shakillari (Ziyovuddin, Ziyoali, Ziyodulloh). Arabcha.
- Zohir — nurli, ravshan, porloq, yoki ko‘makchi, yordamchi, dastyor, suyanchiq, madadkor. Arabcha.
- Zubayr — qudratli, aqlli, dono, idrokli, zehnli, baquvvat, bilagida kuchi bor.
SH harfiga chiroyli o’g’il bolalar ismi.
- Shahobiddin — yorug‘, porloq, chaqnoq yulduz, dinning nurli, zulmatni yorituvchi yorug‘ yulduzi. Arabcha.
- Shahboz — shunqor, lochin, ya’ni dovyurak, mard; chaqqon, sezgir, shiddatkor, qudratli bo‘lsin. Fors-tojikcha.
- Shahzod — shohlar nasliga mansub bola, podshoh o‘g‘li, boy. Zodagon, sardor, hukmron va qirollardek savlatli, viqorli, obro‘-e’tiborli. Fors-tojikcha.
- Shahriyor — buyuk podshoh, shohlar shohi, shohanshoh. Fors-tojikcha.
- Shodiyor — doimo quvnoqlik, shodlik, baxtiyorlik hamrohi bo‘lsin ma’nosida. Fors-tojikcha, o‘zbekcha.
- Shukrulloh — Allohga shukr aytuvchi. Yoki, bizga farzand ato qilganligi uchun Allohga cheksiz hamdu sanolar, shukronalar bo‘lsin ma’nosida. Arabcha.
Ma’lumotlar myfarzand.uz saytidan foydalanildi.











