Sahifamiz orqali Qiz farzand uchun qisqa ismlar.
Qiz farzand uchun qisqa ismlar.
Qiz farzand — oilaning quyoshi.
Qiz bola mehr, nazokat va or-nomus timsolidir. U oila uchun baxt, ota-ona uchun suyanchiq, kelajak uchun esa orzu-umidning davomchisidir. Qiz farzandning kulgusi uyga fayz olib kiradi, mehribon qo‘llari esa har doim mehr va g‘amxo‘rlik manbai bo‘lib qoladi.
Qisqa va chiroyli ism nafaqat esda qoladi, balki aytishga ham oson bo‘ladi. Quyida siz uchun eng mashhur va yoqimli qisqa qiz ismlarini to‘pladik.
Asal — asaldek shirin, totli, ya’ni yoqimtoy, suyukli, sevimli qiz. Arabcha.
Zebo — chiroyli, go‘zal, suluv, husni jamoli nafis qiz. Fors-tojikcha.
Lola — loladek yashnagan, nafosatli, chiroyli. ko‘rkam, go‘zal qiz yoki lolalar ochilgan payitda tug‘ilgan qiz. Fors-tojikcha.
Oysha — yashovchi, barhayot, umri uzoq, hayoti nurli qiz. Bu ism Muhammad (s.a.v.)ning ayollari Oysha (r.a.) ismlari bo‘lgan. Arabcha.
Oliya — yuksak, oliy, ulug‘; e’zozli, izzatli, ulug‘vor, martabali, e’tiborli. Arabcha.
Orzu — ota-onasini orzusiga erishtirgan, maqsadiga yetkazg‘an yoki orziqib kutilgan qiz. Fors-tojikcha.
Osiyo — tegirmon yoki Osiyo qizi, Osiyo farzandi. Fors-tojikcha.
Qiz, o’g’il bola ismlar ma’nosimanba.











