Qizlar uchun eng chiroyli ismlar

Qizlar uchun eng chiroyli ismlar.

Farzandga ism tanlash – ota-onaning eng muhim va mas’uliyatli qarorlaridan biridir. Ayniqsa qiz farzandga chiroyli, ma’noli va esda qoladigan ism qo‘yish uning kelajakdagi hayotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Qisqa, zamonaviy va mazmunli ismlar qizaloqlarga yanada mehr, nazokat va joziba bag‘ishlaydi.

  • Sa’diya – Baxtli, taxtli, saodatli, iqboli porloq, to’lei baland. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ni emizgan onalari Halimayi Sa’diya sad qabilasidan. Shakllari: Sa’diyabonu, Sa’diyaxon, Sa’dia
  • Asma – Juda yuksak, o‘ta buyuk, purviqor Shakllari: Asmo
  • Xadicha – Chala tug‘ilgan. Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ning birinchi xotini Xadicha (taxm. 555 – 556 – 620 – 621) ning ismi, Fotimaning onasi.

  • Maryam – Aynan: juda achchiq, zahar-zaqqum yoki Alloh qadrlagan, sevgan qiz yohud nomusli, pokdomon, qiz. Iso payg‘ambarning onasining ismi. Shakllari: Maryamxon, Maryambonu, Maryamoy.

  • Safiya – Aql, donishmandlik yoki arabcha Sofiya – sof, pokiza, pokdomon, ma’suma, iffatli. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning o‘n uchinchi ayollarining – ismi bo‘lgan. Shakllari: Sofiya, Safiyaxon, Safiyabonu.
  • Aylin – Oyning yorugligi.
  • Mubina- Jozibali, istarasi issiq, lobar, ochiq chehrali, rostgo‘y latofatli, zebo qiz.Shakllari: Mubinabonu, Mubinaxon.

  • Ifora– Hushbo‘y, yoqimli iforli, nafis hid taratuvchi. Shakllari: Iforaxon, Iforaoy, Iforabonu.
  • Farzona – Aqilli, dono, olima, ziyoli, o‘qimishli, donishmand, oqila yoki yagona, tengsiz yohud mehribon, muruvvatli, saxovatli, saxiy. Shakllari: Farzonaxon, Farzonabonu, Farzonaoy.

  • Sadia – Jannatiy ayol, go’zal sofdil, mehribon, sodiq.

  • Mehrimoh – Oy va quyosh uchrashgan paytda dunyoga kelgan qizga qo‘yiladigan ism. Turk podshosi Sulton Sulaymonning qizining ismi. Mihr – Quyosh, Moh – Oy. Shakllari: Mehrimohbonu, Mehrimohxon.

  • Afruza – Oydek ravshan, quyosh nuridek porloq, shul’ador, yondiruvchi, otashin. Ro‘za oyida tug‘ilgan chiroyli, oydek qiz. Shakllari: Afruzaxon, Afruzabonu, Afruzaoy.

  • Osiyo – Aynan: Tegirmon yoki Osiyo qizi. Osiyo farzandi. Shakllari: Osiyobibi, Osiyoxon, Osiyobonu.

  • Sakina – Asli: Sokina. Tinch, osoyishta, sokin, osuda, turg‘un, sobit, mahkam turuvchi, mustahkam. Shakllari: Sokinaxon, Sokinabonu, Sokinaoy.

  • Diyora –  O‘lka, zamin, ona yurtning vafodor, fidokor, elim, yurtim deb yashovchi farzand. Shakllari: Diyoraxon, Diyorabonu, Diyoraniso, Guldiyora. Shodiyora, Diyoraoy.

  • Fariza – O‘z burchini ado etuvchi, intizomli, sarishta yoki farisa – chiroyli, parilardek. Go‘zal yohud o‘lja, g‘animat. Bu so‘z ko‘k yo‘talga qarshi dori bo‘luvchi qush go‘shti nomi hamdir. Shakllari: Farizaxon, Farizabonu. Farizaoy

  • Sevinch – Shodlik, quvonch, baxtiyorlik, mehribon, xursandchilik ramzi hisoblanadi. G‘am-g‘ussasiz, armonsiz, dardlardan forig‘ holda hayot kechirsin degan niyatda qo‘yiladi. Shakllari: Sevinchoy, Sevinchxon, Sevinchbonu.

  • Saida – Baxtli, omadli, to’lei baland, iqboli porloq, saodatmand qiz. Shakllari: Saidabibi, Saidaxon, Saidabonu.

  • Jasmina – Jannatning guli, jannatda o‘suvchi gulning nomi. Shakllari: Yasmina, Jasminaxon, Jasminabonu, Jasminaoy.

  • Fotima –  Aynan: fatiat – ko‘krakdan ajratilgan. Bu nom Muhammmad (sallolohu alayhi vassalam)ning kenja qizlarining ismi bo‘lgan. Egizak qizlar tug‘ilganda kattasini Fotima deb nomlash millatimizda urfga aylangan. Shakllari: Fotimabibi, Fotimabonu, Fotimaoy, Fotimaxon.

  • E’zoza – Hurmatga, izzat-ikromga, e’zozlanishga sazovor qiz. Shakllari: E’zoz, E’zozaxon, E’zozabonu, E’zozaoy

  • Amira –Hukmron, yo‘lboshchi, sardor, yetakchi, muzaffar, peshqadam bo‘lgan qiz. Amirlar avlodidan. Shakllari: Amiraxon, Amiraoy, Amirabonu.

  • Asila – Aslzoda, nasli toza qiz, sof, pokiza, qalbi g‘uborsiz, benuqson qiz. Shakllari: Asilabonu, Asilaxon, Asilaoy.

  • Mumtoz – Tanlangan, saralangan, sarbaland, mashhur, e’tiborli, odamlar nazari tushgan, zo‘r. Shakllari: Mumtozbegim, Mumtozxon, Mumtozoy

  • Mushtariy – Yupiter sayyorasining nomi yoki biror nima sotib oluvchi, xaridoShakllari: Mushtariybonu, Mushtariyxon.

Qiz, o’g’il bola ismlar ma’nosi