Yuksak o’simliklar test 2

Yuksak o’simliklar test 2. 5-sinf biologiya fanidan mavzular bo’yicha testlar to’plami.

O‘simliklarning ko‘payishi va tarqalishi sporali o‘simliklarda spora orqali, urug‘li o ‘simliklarda esa urug‘ orqali amalga oshadi.Urug‘li o ‘simliklar ochiq urug‘li va yopiq urug‘li o ‘simliklar bo‘limini
o ‘z ichiga oladi.

 

Mundarija

Natija

#1. Fitonsid ajratadigan yopiq urug’li (a) va ochiq urug’li (b) o’simliklarni belgilang ?

#2. Rasmdagi gullagan daraxtga xos sususiyatni aniqlang ?

#3. Urug’li o’simliklar nima uchun suv kam sharoitda ham yashay oladi ?

#4. Qaysi o’simliklar oddiy tuxumsimon bargli (a), ninabargli (b) va tangacha bargli (s) bo’ladi ?

#5. Rasmda qaysi o’simliklar faoliyati natijasi aks etgan ?

#6. Ushbu ta’rif qaysi o’simlikka tegishli ? Yorug’sevar daraxt, barglari ninasimon, uzunligi 5–7 sm. Qubbamevasi qattiq, yog’ochsimon. Namlik yuqori bo’lganda qubbameva tangachalari yopilib, urug’ni himoya qiladi. Poyasida smola bo’lganligi sababli undan yasalgan qutilar mustahkam va pishiq bo’ladi.

#7. Bo’yi 20 (a), 45 (b) va 40 (s) metrgacha yetadigan o’simliklarga xos xususiyat qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan ? 1.ninabargli, 2.avval gullaydi, keyin barg yoziladi, 3.tog’ni yemirilishdan asraydi, 4.bargining uzunligi 5-7 sm, 5.bargi oddiy tuxumsimon, 6.ko’pincha yo’l chetlariga ekiladi, 7.undan yasalgan qutilar mustahkam bo’ladi

#8. Qarag’aydan tayyorlangan qutilar nima uchun mustahkam bo’ladi ?

#9. Ochiq urug’li o’simliklarda changchi qubbada (a) va urug’chi qubbada (b) nima yetiladi ?

#10. Ushbu ta’rif qaysi o’simlikka xos ?Juda sekin o’sadi, ming yil yashaydi. Kam suv bug’latish uchun tashqi tomondan mum bilan qoplangan.

#11. Ushbu ta’rif qaysi o’simlikka tegishli ? Dastlab gul kurtaklari, keyin barg kurtaklarini yozadi. Bargi oddiy, tuxumsimon shaklda. Mag’zi B guruh vitaminlariga boy, aqliy faoliyatni yaxshilaydi.

#12. Hasharotlarni o’zgarmasdan saqlanishiga sabab bo’luvchi suyuqlik ajratuvchi o’simlik bo’limiga xos xususiyat to’g’ri berilgan qatorni aniqlang ?

#13. Nafas yo’li kasalliklarini davolashda (a), gijjalarga qarshi dori sifatida (b), asab kasalliklarida (s), asabni tinchlantirishda (d), davolashda ishlatiladigan passiv harakatga ega organizmlarni aniqlang ?

#14. Zargarlikda ishlatiladigan toshni hosil bo’lish ketma-ketligi to’g’ri berilgan qatorni aniqlang ? 1.o’zini himoyalash uchun smola ajratadi, 2.Ochiq urug’li o’simliklar poyasi shikastlanadi, 3.suyuqlik ichiga tushib qolgan hasharot o’zgarmasdan saqlanadi, 4.kahrabo toshiga aylanadi 5.smola yillar davomida qotadi

#15. Toshko’mir qatlamlarini hosil qilgan o’simliklarga xos ma’lumotlar to’g’ri berilgan qatorni aniqlang

#16. Ochiq urug’li o’simliklar vakillari noto’g’ri berilgan qatorni aniqlang ? 1.o’rik, 2.sarv, 3.qarag’ay, 4.terak, 5.yo’sin, 6.qirqquloq, 7.qoraqarag’ay

#17. Manzarali o’simliklarni belgilang ?

#18. Qarag’ayning qanotchali mevasi qanday sharoitda shamolda tarqaladi ?

#19. Nima uchun shifoxonalar va dam olish maskanlariga ochiq urug’li o’simliklar ekiladi ?

#20. Qirqquloq va ochiq urug’li o’simliklar bo’limi vakillariga tegishli umumiy xususiyatlarni aniqlang ? 1.avtotrof oziqlanish, 2.daraxtlarining bo’yi 20 metr, 3.manzarali o’simlik, 4.zargarlikda ishlatiladi, 5.insonga zararli organizmlarga qarshi foydali, 6.ildizi tog’lardagi tuproqlarni mustahkamlaydi.

#21. Urug’lanish jarayoni suvda bo’lmaydigan o’simliklarni belgilang ?

#22. Gapdagi tushirib qoldirilgan mos so’zlarni qo’ying. Namlik yuqori bo’lganida qubbameva tangachalari …… , havo quruq bo’lganida …..

#23. Ushbu ta’rif qaysi o’simlikka xos ? Avval gullab, keyin barg yozadi. May oyida ularning urug’chili tuplarida momiqqa o’xshash uchma meva hosil bo’ladi. U yog’ochbop o’simlik, asosan, uy-joy qurilishida va boshqa sohalarda ishlatiladi.

#24. Archa suvni tejash uchun qanday moslanishga ega

#25. Archa (a) va qarag’ayga tegishli ma’lumotlarni juftlang ? 1.nisbatan tez o’sadi, 2.bo’yi 30-40 metr, 3.bargi tangacha shaklda, 4.juda sekin o’sadi, 5.bo’yi 20 metr, 6.qog’oz tayyorlanadi, 7.tabiiy holda tog’larda o’rmon hosil qiladi, 8.ninabargli, 9.to’glardagi tuproqni yemirilishdan saqlaydi, 10.revmatizimni davolashda ishlatiladi, 11.mevasi qanotchali, 12.bargi mumbilan qoplangan, 13.1000 yil yashaydi, 14.bargi 5-7sm uzunlikda, 15.yog’och poyasidan qurilishda foydalaniladi

#26. Ushbu ta’rif qaysi o’simlikka xos ? Uzunligi 30-45 m, bargi oddiy tuxumsimon, poyasi tik va tez o’suvchi daraxt. Chang va shovqinni yaxshi yutadi. Ko’pincha yo’l chetlariga ekiladi.

#27. Qog’oz tayyorlashda ishlatiladigan o’simlikka xos xususiyat to’g’ri berilgan qatorni aniqlang ?

#28. Smolaning vazifasi nimadan iborat ?

#29. Hozirgi kunda keng tarqalgan o’simliklar bo’limi vakillariga xos ma’lumotlarni aniqlang ?

#30. Qaysi o’simiklarning ildizi bo’lmaydi ?

Oldingisi
Tugatish
Yuksak o’simliklar test 1