Tuban o’simliklar mavzusida test

Tuban o’simliklar mavzusida test. o’simliklar dunyosi, ularning xillari haqida testlar.

Suvo‘tlar tuban o‘simlik bo‘lib, tanasi organlarga bo‘linmaganligi sababli, qattana yoki tallom (organlarga bo‘linmagan tana) deb ataladi.

 

Mundarija

Natija

#1. Gerbariy tayyorlab bo’linganidan so’ng qanday ma’lumotlar barg tagiga yozib qo’yiladi ?

#2. Rasmda qaysi raqamda sitoplazmatik membrana berilgan ?

#3. Rasmlarda yadro mos ravishda qaysi raqamlarda ifoda etilgan ?

#4. Suvo’tlar tarkibida uchraydigan pigmentlarni aniqlang

#5. Qaysi suvo’tlarda xromatofor kosachasimon (a), spiralsimon (b),belbog’simon (s) ko’rinishda bo’ladi ? 1.xlamidamonada, 2.ulotriks, 3.xlorella, 4.spirogira

#6. Bir hujayrali (I), ko’p hujayrali (II) suvo’tlari to’g’ri berilgan qatorni aniqlang ?

#7. Quyidagi tarifga mos o’simlikni berilgan rasmlardan aniqlang ? Sharsimon yashil suvo’t. Kosachasimon xromatofori da yashil xlorofill pigmenti joylashgan. Yorug’lik ta’sirida xromatoforda organik moddalarni sintezlab avtotrof oziqlanadi. Suvni kislorodga boyitadi. Oqsilga boy bo’lganligi sababli chorva mollari uchun ozuqa sifatida ishlatiladi.

#8. Qaysi suvo’ti bir hujayrali, qizil ko’zga ega emas

#9. Rizoid so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni bildiradi ?

#10. Bu ta’rif qaysi o’simlikka tegishli ? Chuchuk suv havzalari yuzasida boshqa suvo’tlar bilan birga «baqa to’nlarni» hosil qiladi. Tallomi och yashil rangda, shilimshiq bilan o’ralgan.

#11. Ulotriks qanday sharoitda jinsiy (a) va jinssiz (b) usulda ko’payadi ?

#12. Bu ta’rifa mos o’simlikni belgilang ? Ortiqcha ozuqani hujayrasida to’playdi. Uni akvarium devorida ham uchratish mumkin.

#13. Ushbu ta’rifga mos o’simlikni belgilang ? Tallomi bir qavat hujayralardan iborat. Keng, chetlari kungurador qattananing uzunligi bir metrdan oshadi. Rizoidi yordamida suv ostiga birikib o’sadi. Dengizda uchraydi.

#14. Izogametalar orqali ko’payadigan suvo’ti uchun to’g’ri ma’lumotlar keltirilgan qatorni aniqlang ? 1.xromatofori belbog’simon, 2.hujayrasi sharsimon, 3.uni akvariumda ham uchratish mumkin, 4.xromatofori spiralsimon, 5.zoospora hosil qiladi, 6.jinsiy ko’payishida yangi 4 ta hujayra hosil bo’ladi 7.tallomi shilimshiq bilan o’ralgan, 8.uni dengiz salati deb ataladi, 9.jinssiz ko’payishida yangi 4 ta hujayra hosil bo’ladi

#15. Zoospora (a), zigota (b) qanday ko’payishda hosil bo’ladi ?

#16. Izogameta va zoospora nechtadan xivchinga ega?

#17. Qaysi suvo’ti ko’payishida tallomi bo’lakarga bo’linadi ?

#18. Ushbu ta’rifga mos rasmdagi o’simlikni belgilang Ko’p hujayrali qo’ng’ir suvo’ti bo’lib, asosan dengizda o’sadi, tarkibida yod moddasi ko’p uchraydi.

#19. Qaysi raqamda qisqaruvchi vakuola berilgan ?

#20. Quyidagi o’simliklardan yorug’likka harakatlana oladigan (a), xromatofori spiralsimon (b), ortiqcha ozuqani hujayrasida to’playdigan (s), zoospora hosil qiladigan (d), tanasi tasmasimon, rizoidli (e) bo’lganlarini belgilang ? 1.xlamidamonada, 2.ulotriks, 3.lamnariya, 4.spirogira, 5.xlorella, 6.porfira

#21. Rasmdagi qaysi o’simlikni dengiz karami (a) va dengiz salati (b) deb ataladi ?

#22. Qaysi suvo’tlaridan suvni tozalashda foydalaniladi

#23. Qaysi ko’p hujayrali suvo’ti yashil (I), antotsian pigmentli (II), och yashil (III) va qo’ng’ir rangli (IV) bo’ladi ? a.laminariya, b.ulotriks, s.porfira, d.spirogira, e.xlorella, h.xlamidamonada

#24. Rasmda avtotrof oziqlanishga xizmat qiluvchi qism qaysi raqamda belgilangan ?

#25. Ulotriksning qanday ko’payishida zigota (a), zoospora (b) hosil bo’ladi. Ulardan nechta ulotriks iplari hosil bo’ladi ?

#26. Ulotriksning jinsiy ko’payishida 512 ta gameta hosil bo’lgan bo’lsa, shu gametaning 25% dan zigota hosil bo’lgan zigotaning 50% dan ulotriks iplari hosil bo’ldi. Qancha ulotriks iplari hosil bo’lgan?

#27. Ulotriksning jinsiy ko’payishida 64 ta gameta hosil bo’lgan bo’lsa, shu gametaning 50% dan zigota hosil bo’lgan zigotaning 50% dan ulotriks iplari hosil bo’ldi. Qancha ulotriks iplari hosil bo’lgan?

#28. Ulotriksning jinsiy ko’payishida 32 ta gameta hosil bo’lgan bo’lsa, shu gametaning 50% dan zigota hosil bo’lgan zigotaning 25% dan ulotriks iplari hosil bo’ldi. Qancha ulotriks iplari hosil bo’lgan?

#29. Agar ulotriksning jinsiy ko’payishi natijasida 128 ulotriks ipi hosil bo’lgan bo’lsa, ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotaning 25% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarning 50% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang?

#30. Agar ulotriksning jinsiy ko’payishi natijasida 32 ta ulotriks ipi hosil bo’lgan bo’lsa, ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotaning 25% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarning 50% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang?

Oldingisi
Tugatish
Tirik organizmlarning xilma xilligi mavzusida testlar