9-sinf Ona tili mavzulashtirilgan test 5

9-sinf Ona tili mavzulashtirilgan test 5. Ona tili fanidan online test. Murakkab qo‘shma gap mavzusida online test savollari.Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarda tinish belgilarining qo‘llanishi testlar.

 

Mundarija

Natija

#1. Muallif gapining kesimi qaysi fe’llar bilan ifodalanadi?

#2. Xalqimiz shuni istaydiki, yurtimiz tinch bo‘lsin, turmushimiz farovon bo‘lsin, mustaqilligimiz barqaror bo‘lsin. Berilgan gap turini aniqlang.

#3. Butun dunyoga ma’lumki, siz ham shuni unutmangki, Orolni saqlab qolish hammamizning burchimiz. Ushbu gap murakkab qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?

#4. Tol ekdik suv bo‘yiga, soya-salqin bo‘lsin deb, G‘ayrat qilgan botirlar yotib damin olsin deb. Gapning turini aniqlang.

#5. Yurt tinch – sen tinch. Ushbu bog‘lovchisiz qo‘shma gapni qaysi vosita orqali ergash gapli qo‘shma gapga aylantirish mumkin?

#6. 1) Reja bajarilsa, dasturxon mo‘l bo‘lsa, yor-u do‘st, birodarlar qalin bo‘lsa, tantanalar qishgacha davom etaveradi; 2) Boshimda tegirmon toshi yurgizsinlar, etimni nishtar bilan tilsinlar, men sizdan ajralmayman; 3) Boshimda o‘ynar qamchilar, qon ko‘zlarimdan tomchilar, Bir benavo gul yanchilar, ozodkorim kelmasa; 4) Shuni unutmangki, siz kelajagimizsiz va butun umidimiz sizlardan. Berilgan gaplardan qaysilari bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap hisoblanadi?

#7. Ko‘chirma gap orasida kelgan muallif gapi qanday tinish belgilar bilan ajratiladi?

#8. Agar kishi o’z hirslaridan ustun tura olsa, u o‘zidagi bor nuqsonlarni yo‘q qiladi va ular yaxshi sifatlarga aylanadi. Berilgan gap murakkab qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?

#9. Uni tanib olish qiyin edi, chunki yelkalari kengaygandi, qiyofasi ancha keskinlashgandi va ko‘zlari dumaloq shakl olgan edi. Ushbu gap turi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan.

#10. Shuni unutmangki, siz kelajagimizsiz va butun umidimiz sizlardan. Murakkab qo‘shma gap turini aniqlang.

#11. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplardagi ko‘chirma gap…

#12. Qaysi qatordagi bog‘lovchisiz qo‘shma gapni sabab bog‘lovchilari (chunki, negaki) orqali ergash gapli qo‘shma gapga aylantirish mumkin?

#13. Boshimda o‘ynar qamchilar, qon ko‘zlarimdan tomchilar, Bir benavo gul yanchilar, ozodkorim kelmasa. Murakkab qo‘shma gap turini aniqlang.

#14. Turli bog‘lovchi vositalar bilan o‘zaro bog‘langan uch va undan ortiq gaplarning bir butunligidan qanday gap hosil bo‘ladi?

#15. Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap berilgan qatorni toping.

#16. Muallif gapi va ko‘chirma gapdan tashkil topgan gap…

#17. Bolalik inson hayotining shunday poydevoridirki, umr binosining keyingi bo‘y-basti, salobati unga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu gap turini aniqlang.

#18. Kimki umid bilan daraxt o‘tqazsa, bir kun kelib u daraxt shig‘il meva beradi, uni ekkan egasiga olqish-u rahmatlar yog‘diradi. Ushbu gap turini aniqlang.

#19. Qanday holatda ko‘chirma gapdan so‘ng qo‘shtirnoq yopilgach, vergul hamda tire qo‘yiladi?

#20. Aralash murakkab qo‘shma gap qaysi qatorda berilgan?

#21. Murakkab qo‘shma gap necha turga bo‘linadi?

#22. Ko‘chirma gap muallif gapining orasida kelgan qatorni aniqlang.

#23. Aralash murakkab qo‘shma gap keltirilgan javobni toping.

#24. Ko‘chirma gap muallif gapidan oldin kelgan qatorni aniqlang.

#25. G‘anim kelsa, xonumoni kul bo‘lur, o‘z yurtida pachaqlash ma’qul bo‘lur. Qo‘shma gap turini aniqlang.

#26. Bir turdagi uch va undan ortiq gaplardan tashkil topgan gaplar…

#27. Bag‘rim yoniq yuzim qora ko‘nglim siniq bo‘yim bukik sening ziyoratingga keldim sultonim. Gapda qanday tinish belgilari ifodalanmay qolgan?

#28. Muallif gapi ko‘chirma gapning ichida kelgan qatorni aniqlang.

#29. Avliyolar alqagan el emish a’lo, So‘zi butun, tizzasi tik, ko‘ksi samo, Muzaffarlik ko‘rib o‘tgan bir avliyo – O‘zingizsiz, Sohibqiron Temur bobo. Ushbu she’riy parchada murakkab qo‘shma gapning qaysi turi qo‘llangan?

#30. Qaysi qatordagi ko‘chirma gapli qo‘shma gap tarkibida tinish belgisi noto‘g‘ri qo‘llangan?

Oldingisi
Tugatish
9-sinf Mavzulashtirilgan testlar