9-sinf Ona tili mavzulashtirilgan test 4

9-sinf Ona tili mavzulashtirilgan test 4. Ona tili fanidan test savollari. Abituriyentlar uchun blok test. Online test.

Kesim ergash gapli qo‘shma gaplar, Ega ergash gapli qo‘shma gaplar, Hol ergash gapli qo‘shma gaplar, Bog‘lovchisiz qo‘shma gap haqida ma’lumot,  Bog‘lovchisiz qo‘shma gap haqida ma’lumot mavzulari bo’yicha online test.

 

Mundarija

Natija

#1. Masalaning mohiyati shu ekanki, bosh vrach qabulxonasiga kichkina telefonogramma tushibdi. Ushbu gap turini aniqlang.

#2. Zidlik, sabab, shart, payt munosabatlari qo‘shma gapning qaysi turida ifodalanishi mumkin?

#3. Qumri qarasa, onasining qolgan qora sochlari ham bir kechada oqarib, ajinlari ko‘payib ketibdi. Hol ergash gap turini aniqlang.

#4. Qanday hollarda to‘ldiruvchi ergash gap bosh gapdan oldin keladi?

#5. Ega ergash gapli qo‘shma gap berilgan qatorni ko‘rsating.

#6. Qo‘shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket sodir bo‘lgan voqea-hodisani ifodalasa ular orasida qanday tinish belgisi ishlatiladi?

#7. To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap berilgan qatorni toping.

#8. “Xalqning xulosasi shuki, xudbin odam hech qachon elga qo‘shilmaydi”. Yuqorida berilgan gap qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?

#9. Hol ergash gapli qo‘shma gap berilgan javobni toping.

#10. Gafur G’ulom etagini silkitsa, kulgi to’kilardi. Ushbu hol ergash gapli qo‘shma gap turini belgilang.

#11. 1) Bir kishi ariq ochadi, ming kishi suv ichadi. 2) Bir kishi ariq ochadi va ming kishi suv ichadi.3) Bir kishi ariq ochsa, ming kishi suv ichadi.Ushbu gaplar o‘zaro qaysi xususiyatiga ko‘ra farqlanadi?

#12. Muhammad Yusuf ijodining o‘ziga xos xusisiyati shundaki, u juda oson o‘qiladi, sodda, xalqchil. Berilgan gap ergashgan qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?

#13. Shuni unutmangki, do‘stlar bilan suhbat qurmoq gullar orasida sayr qilmoqdan xushdir. Ushbu qo‘shma gap turini aniqlang.

#14. Ega ergash gapli qo‘shma gapda gap qismlari -ki yuklamasi yordamida bog‘lansa…

#15. Ko‘p o‘qigan ko‘p biladi. Ushbu sodda gapdan nisbiy so‘zli ergash gapning qaysi turini hosil qilish mumkin?

#16. Kesim ergash gapli qo‘shma gap berilgan qatorni toping.

#17. Kim izlansa, u albatta maqsadga erishadi. Berilgan gap ergash gapning qaysi turiga mansub?

#18. “Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam”. Berilgan gap qo‘shma gapning qaysi turiga tegishli?

#19. Qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish, zidlash, shart kabi munosabatlar ifodalansa, ular orasiga qanday tinish belgisi qo‘yiladi?

#20. Quyidagi fikrlardan qaysi biri noto‘g‘ri?

#21. Bizning qarorimiz shu // hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz. Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasiga qanday tinish belgisi qo‘yilishi kerak?

#22. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap berilmagan qatorni ko‘rsating.

#23. Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap berilgan qatorni toping.

#24. Kimning quroli bilim bo‘lsa, uning kelajagi porloq. Ergash gap turini aniqlang.

#25. Sabab ma’nosi ifodalangan hol ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.

#26. “Buning natijasi shu bo‘ldiki, To’laganning qanshariga musht tushdi”. Berilgan qo‘shma gap turini aniqlang.

#27. “Katta arava qaysi yo‘ldan yursa, kichik arava ham shu yo‘ldan yuradi”. Berilgan gap qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?

#28. Akmaljon faqat shuni biladiki, dushman bu tepalikni haddan tashqari qattiq o‘qqa tutdi. Ushbu qo’shma gap tarkibidagi ergash gap bosh gapning qaysi bo’lagini izohlab kelgan?

#29. G‘animlar duch kelar // jang bo‘lar puxta. Berilgan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasida qanday tinish belgisi qo‘yiladi?

#30. Shu narsa qiziqki, uyquda ham miya o‘z faoliyatini to‘xtatmaydi. Qo‘shma gap turini aniqlang.

Oldingisi
Tugatish
Mavzulashtirilgan testlar