9-sinf Ona tili mavzulashtirilgan test 3

9-sinf Ona tili mavzulashtirilgan test 3. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar, Deb so‘zi yordamida ergashgan qo‘shma gaplar, Nisbiy so‘zli ergashgan qo‘shma gaplar, Ergashgan qo‘shma gaplarning sodda gap bilan ma’nodoshligi mavzusi yuzasidan test savollari.

 

Mundarija

Natija

#1. Deb so‘zi yordamida ergashgan qo‘shma gaplarda ergash gapning kesimi qanday shaklda bo‘ladi?

#2. Tarkibida ko‘rsatish olmoshi bo‘lgan ergashgan qo‘shma gaplar sodda gapga aylantirilganda gapda qanday o‘zgarish yuz beradi?

#3. Shart bog‘lovchilarining qo‘shma gaplarda ishlatilish o‘rnini aniqlang.

#4. Bu masalani sinfda keng muhokama qilamiz, … boshqa qaytarilmasin. Nuqtalar o‘rniga kerakli bog‘lovchini qo‘ying.

#5. Ko‘makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo‘shma gap qismlari orasida qanday munosabat mavjud bo‘ladi?

#6. Yuklamaning qaysi turi ergashgan qo‘shma gap qismlarini bog‘lashda ishtirok etadi?

#7. Ergashgan qo’shma gapning qaysi turlarida ergash gap kesimi shart mayli shaklida bo’lishi mumkin? 1) ega ergash gapli qo‘shma gap; 2) hol ergash gapli qo‘shma gap; 3) kesim ergash gapli qo‘shma gap; 4) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap; 5) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap;

#8. Bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish shartini bildirgan ergash gap berilgan qatorni toping.

#9. Nisbiy so‘zlar ishtirok etmagan ergash gapli qo‘shma gapni toping.

#10. Nisbiy so‘zlarning qo‘shma gap tarkibidagi joylashish o‘rnini aniqlang.

#11. Ilm martabasi martabalarning zo‘ridir, …. yoshlikdan ilm olish payida bo‘l. Nuqtalar o‘rniga ergashtiruvchi bog‘lovchilardan mosini qo‘ying.

#12. Qo‘shma gap qismlari qaysi bog‘lovchilar orqali bog’langanda ergash gap bosh gapdan so‘ng keladi?

#13. Qaysi qatorda ergashgan qo‘shma gapning sodda gap bilan ma’nodoshligi noto‘g‘ri berilgan?

#14. -ki yuklamasi vositasida birikkan ergashgan qo‘shma gap qismlari o‘zaro qanday joylashadi?

#15. Qaysi vosita orqali bog‘langan ergash gap bosh gapda ifodalangan mazmunning paytini bildirishi mumkin?

#16. … ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, … rivojlanish bo‘ladi. Nuqtalar o‘rniga nisbiy so‘zlarning mosini qo‘ying.

#17. Quyidagi bog‘lovchilardan qaysilari bosh gap tarkibida keladi?

#18. Qaysi vositalar orqali bog‘langanda ergash gap bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadi yoki sababini bildiradi?

#19. Quyidagi bog‘lovchilardan qaysilari ergash gap oldidan keladi?

#20. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalardan qaysilari bosh gap tarkibida keladi?

#21. Shart mayli vositasida ergashgan qo‘shma gaplarda qanday mazmun ifodalanishi mumkin?

#22. Ergashgan qo‘shma gaplarning qaysi turida -ki yuklamasi qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vosita sifatida ishtirok etadi? 1) ega ergash gapli qo‘shma gap; 2) hol ergash gapli qo‘shma gap; 3) kesim ergash gapli qo‘shma gap; 4) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap; 5) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap;

#23. Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga ko‘pincha qaysi vosita orqali bog‘lanadi?

#24. Qo‘shma gap qismlarini bog‘lashda ishtirok etuvchi -ki yuklamasi odatda qaysi gap tarkibida bo‘ladi?

#25. Bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo‘llangan ergash gaplar bosh gapga qaysi vositalar orqali bog‘lanadi?

#26. Nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan ergash gapli qo‘shma gapni toping.

#27. Nisbiy so‘zlar orqali bog’langan qo‘shma gaplarda ergash gapning kesimi qanday shaklda bo‘ladi?

#28. Ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi qaysi vositalar ikkala qismda ham mavjud bo‘ladi?

#29. 1) ergashtiruvchi bog‘lovchilar; 2) ko‘makchili qurilmalar; 3) ayiruv bog‘lovchilari; 4) yuklama (-ki); 5) bo‘lsa, esa so‘zlari; 6) zidlov bog‘lovchilari; 7) nisbiy so‘zlar; 8) deb so‘zi. Yuqorida berilgan bog‘lovchi vositalardan qaysilari faqat ergashgan qo‘shma gap qismlarini bog‘lashda ishtirok etadi?

#30. Ukalarim bezovta bo‘lmasin deb, To‘ng‘ich botir to‘qayning bir chekkasiga qochdi. Ushbu gapdagi deb so‘zi o‘rnida qaysi ko‘makchini qo‘llash mumkin?

Oldingisi
Tugatish
Mavzulashtirilgan testlar