Orqa miyaning tuzilishi va funksiyasi testlar. 8-sinf biologiya fanidan online test savol javoblar. Mavzulashtirilgan test savollari.
Orqa miyadan 31 juft orqa miya aralash nervlari chiqadi. Har qaysi nerv oldingi va orqa ildizchadan boshlanadi. Orqa ildizchalar sezuvchi nervlarning teri, muskullar va ichki organlardagi retseptorlaridan keladigan nervlardan iborat. Sezuvchi neyronlar tanasi to’planib, orqa miya yonida orqa miya tugunlarini hosil qiladi. Orqa miyaning oldingi ildizchalari harakatlantiruvchi neyronlarning aksonlaridan iborat. Nerv impulslari orqa ildizchalar orqali retseptorlardan oraliq neyronlarga, ulardan oldingi ildizchalar orqali ishchi organlarga uzatiladi.
Mundarija
Natija
#1. ….. moddadagi nervlar orqa miya bo’ylab yuqoriga va pastga yo‘nalgan nerv yo’llarini hosil qiladi.
#2. Orqa miyaning nayini o‘rab turgan markaziy qismi ….. moddadan iborat.
#3. Orqa miya … funksiyasini bajaradi. 1)reflektor 2)himoya 3)o’tkazuvchanlik 4)transport
#4. Qaysi ildizchalar sezuvchi nervlarning teri, muskullar va ichki organlardagi retseptorlaridan keladigan nervlardan iborat.
#5. Orqa miyaning qaysi ildizchalari harakatlantiruvchi neyronlarning aksonlaridan iborat.
#6. Odam organizmida reflekslar orqali amalga oshadigan faoliyatlarni aniqlang. 1)og’riqni sezish 2)qo’l va oyoqlarning harakati 3)nafas olish va chiqarish 4)ko’zni yumish va ochish
#7. Orqa miya (a) qismida tizza refleksi, (b) bo‘limining yuqorisida ko‘z qorachig‘ini kengaytiruvchi, (c) qismida siydik ajratuvchi reflekslar markazlari joylashgan.
#8. Umurtqa pog‘onasi nayi ichida joylashgan qanday moddadan iborat.
#9. Kulrang modda nechtadanoldingi va orqa ildizlarni hosil qiladi.
#10. Orqa miya nayi nima bilan to’lgan.
#11. Orqa miya reflektor va o‘tkazish funksiyalarini bajaradi. Uning reflektorlik funksiyasi qanday modda bilan bog‘liq.
#12. Yurak, oshqozon, siydik pufagi, jinsiy bezlar va boshqa organlar ishini orqa miya ….. bilan birgalikda boshqaradi.
#13. Ko‘ndalang kesmasida miyaning kulrang modda joylashgan qismining shaklini aniqlang.
#14. Kulrang moddada skelet muskullarining qisqarishini, yurak, oshqozon, qovuq, qon tomirlari, jinsiy bezlar va boshqa ichki organlar ishini boshqaradigan nerv markazlari bo’ladi.
#15. Orqa miyadan qancha orqa miya aralash nervlari chiqadi.
#16. Chap qo’l funksiyasini … boshqaradi.
#17. …. neyronlar tanasi to‘planib, orqa miya yonida orqa miya tugunlarini hosil qiladi.
#18. Nima orqa miyani chap va o‘ng qismga bo‘lib turadi.
#19. ……oldingi va orqa tomoni bo‘ylab oldingi va orqa egatchalari, uning markazidan orqa miya nayi o‘tadi.
#20. Orqa miyaning pastki qismi 1-2-bel umurtqalari sohasida … shaklida tugaydi.
#21. (a) modda oraliq va harakatlantiruvchi neyronlar tanasi hamda kalta o‘simtalaridan, (b)neyronlarning uzun o’simtalaridan iborat.
#22. Orqa miya uzunligi katta odamda (a) massasi (b) bo‘lib, diametri (c) ga yaqin oqish ip shaklida bo‘ladi.
#23. Qaysi ildizchalarning sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlari orqa miyadan chiqqach, umurtqa pog‘onasi ikki yonida qo‘shilib, aralash orqa miya nervlarini hosil qiladi.
#24. Nerv impulslari orqa ildizchalar qaysi retseptorlardan oraliq neyronlarga, ulardan oldingi ildizchalar orqali ishchi organlarga uzatiladi.
#25. Yuqoriga ko’tariluvchi va pastga tushuvchi, o’tkazuvchi nerv yo’llari … kesishadi.
#26. Orqa miyaning pastki qismi … umurtqalari sohasida tugaydi .
#27. (a) modda atrofini (b) modda o‘rab turadi.
#28. Orqa miyaning o’tkazish funksiyasi uning…… moddasi bilan bog’liq.
#29. Orqa miyaning oldingi va orqa yuzasi bo’ylab o’tgan chuqur egatchalar uni qanday qismlarga bo‘ladi.























