8-sinf biologiya Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi testlar

8-sinf biologiya Bosh miyaning tuzilishi va funksiyasi testlar. Abituriyentlar uchun online testlar

Bosh miya nerv sistemasining markaziy boiimi organizmning barcha funk- siyalarini boshqarib turadi. Odam organizmining oliy nerv faoliyati ham bosh miyaning funksiyasi bilan bogiiq. Bosh miyaning vazni katta yoshda 1020­1970 g, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 450 g keladi. Keksalikda miya vazni biroz kamayadi. 20 yoshgacha odam miyasi hajmi 3,5-4 marta, tana vazni esa 20 marta ortadi.

 

Mundarija

Natija

#1. Miyacha shikastlansa … 1)tana muskullari bo’shashadi, turli harakatlarni bajarish qiyinlashadi, mast odamga o’xshab gandiraklab harakat qiladi 2)tana muskullarining tarangligi pasayib,ixtiyorsiz harakatlar paydo bo’ladi 3)yuz muskullarining tarangligi ortib, go’yo yuziga niqob kiygandek bo’ladi, har xil emotsi onal holatlarini aniqlab bo’lmaydi 4)nafas olishning va yurak ishining to’xtab qolishiga sabab bo’ladi

#2. …… uzunchoq miya bilan o’rta miya oralig‘ida joylashgan.

#3. Unda ko‘z soqqasi va yuz muskullar ini harakatlantiruvchi markazlar bo‘ladi.

#4. ….. skelet muskullari tonusi (tarangligi) qo‘l barmoqlarining nozik harakatlari, ko‘rish, eshitish va chamalash reflekslarini boshqaradi.

#5. Qaysi modda bosh miya katta yarimsharlari va miyachani sirtdan qoplab turadigan po‘stlog‘ini hosil qiladi.

#6. Bosh miya ikki qismdan borat, bular…

#7. U orqali uzunchoq miyadan bosh miyaning boshqa bo‘limlariga nerv impulslari o’tkaziladi.

#8. Nima tufayli nerv sistemasining hamma qismi bir butun sistema sifatida muvofiqlashgan holda ishlaydi.

#9. Qaysi reflekslari tufayli odam boshi va tanasini tovush kelayotgan yoki yorug‘lik tushayotgan tomonga buradi .

#10. ….. modda bosh miyani orqa miya bilan va miya bo‘limlarini o‘zaro tutashtiruvchi nerv yollarini hosil qiladi.

#11. Bosh miyaning uzunchoq miya, o‘rta miya, oraliq miya bo‘limlanda (a) modda ayrim donachalar shaklida (b) modda ichida joylashgan.

#12. Bosh miya ….. dan ortiq neyronlardan iborat.

#13. ….. , ko‘prikcha va o‘rta miya miya sopini hosil qiladi.

#14. Qaysi qismmiya oyoqchalari, to‘rt tepalik va tepaliklar orasida joylashgan suv yo‘lidan iborat.

#15. Bosh miya qismlari va ularga xos xususiyatlarni juftlab ko’rsating. a)uzunchoq miya b)miya ko’prigi d)o’rta miya e)oraliq miya f)miyacha 1)tarkibiy qismlariga ko’rish do’mboqlari (talamus), do’mboqosti sohasi (gipotalamus) kiradi 2)tanadagi barcha muskullarning harakatlarini muvozanatda bo’lishini ta’minlaydi 3)nafas olish va yurak ishini boshqaruvchi nervlarning markazlar joylashgan 4)uchlik, ko’z soqqasini va yuz muskullarini harakatlantiruvchi nervlarning markazlari joylashgan 5)to’rt tepalik bo’lib, oldingi 2 tasida po’stloqosti ko’rish markazlari, orqadagi 2 ta tepalikda esa po’stloqosti eshitish markazlari joylashgan

#16. Miyacha, miya ko‘prigi va miya katta yarimsharl arida (a) modda (b) moddani o‘rab turadigan po‘stloq hosil qiladi.

#17. Odamning aqliy faoliyati bosh miya katta yarimsharlarining … bog’liq. 1)massasiga 2)po’stloq qismida joylashgan nerv hujayralarining murakkab fiziologik, biokimyoviy va biofizik xususiyatlariga 3)katta-kichikligiga 4)po’stloq qismida joylashgan hujayralarning rangiga, katta-kichikligiga va yoshiga

#18. Uzunchoq miya shikastlansa … 1)tana muskullari bo’shashadi, turli harakatlarni bajarish qiyinlashadi, mast odamga o’xshab gandiraklab harakat qiladi 2)tana muskullarining tarangligi pasayib, ixtiyorsiz harakatlar paydo bo’ladi 3)yuz muskullarini ng tarangligi ortib, go’yo yuziga niqob kiygandek bo’ladi, har xil emotsional holatlarini aniqlab bo’lmaydi 4)nafas olishning va yurak ishining to’xtab qolishiga sabab bo’ladi

#19. Miyaning og‘irligi nervlarning (a) qobiq bilan qoplanishi, qobiqning qalinlashuvi va nerv hujayralarining (b) hisobidan ortadi.

#20. Bosh miya (a) moddasi (b) moddasi ichida to‘p-to‘p bo‘lib, alohida donachalar (yadrolar) shaklida joylashgan.

#21. Bosh miyaning stvol qismiga … kiradi 1)uzunchoq miya 2)Varoliyev ko’prigi 3)o’rta miya 4)oraliq miya 5)miyacha 6)katta yarimsharlar

#22. Ularning kulrang moddasida nafas olish, yurak ishini boshqarish, hazm qilish, himoya (ko’zni ochib- yumish, aksa urish, yo‘talish) markazlari joylashgan.

#23. Bosh miyaning stvol qismi qanday qismlardan iborat

#24. Bosh miyaning qaysi moddasi reflektorlik funksiyasini bajaradi.

#25. Bosh miyaning vazni katta yoshda (a) , yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda (b) keladi. 20 yoshgacha odam miyasi hajmi (c) marta, tana vazni esa (d) marta ortadi.

#26. Quyi qismi orqa miyaga, yuqori qismi esa miya ko’prigiga tutashgan, uzunligi 3-3,5 sm, massasi o’rtacha 7 g bo’ladi. Yuqoridagi ma’lumotlar bosh miyaning qaysi qismiga tegishli?

#27. Bosh miya – … 1)odamning aql idroki, fikrlash qobilyati, ongi kabi muhim ruhiy xususiyatlarni fiziologik asosi 2)tashqi va ichki muhit ta’sirini analiz-sintez qilib, ularga javob qaytaradi 3)tananing barcha to’qima va organlari ish faoliyatini bir-biriga bog’lab boshqaradi 4)organizm bilan tashqi muhitning aloqasini ta’minlab, uni muhit sharoitiga moslashtiradi

Oldingisi
Tugatish
Abituriyentlar uchun testlar