6-sinf adabiyot test. G’afur G’ulom asarlari testlar

6-sinf adabiyot test. G’afur G’ulom asarlari mavzusida testlar. Adabiyot fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami.

G‘afur G‘ulom (1903– 1966) – XX asr o‘zbek adabiyotida munosib o‘ringa ega iste’dodli ijodkorlardan biri. Uning hajviy hikoyalari, yumorga boy qissalari kitobxonlar qalbidan chuqur joy olgan.

 

Mundarija

Natija

#1. «Shum bola» qissasida shum bola Sariboyning yoniga borgan birinchi kuni qayerda tunaydi?

#2. G‘afur G‘ulomning «Shum bola» qissasini «birinchi satrlaridan boshlab stenografiya usulida yozib olgan» kim?

#3. «Shum bola» qissasida shum bola qayerlarga o‘t ketganini aytadi? Ketma-ketlikda ko‘rsating.

#4. «Shum bola» qissasida, Sariboyning shiyponida, shum bolaning qaysi gapidan keyin boyning chaynab turgan yaxna tilni yutishga ham darmoni qolmaydi?

#5. «Shum bola» qissasida shum bola olmalarni qayerda sotadi?

#6. «Shum bola» qissasida, Sariboyning shiyponida, shum bolaning qaysi gapidan keyin boy unga «innaykeyin»ni yog‘dira boshlaydi?

#7. «Shum bola» qissasi qahramoni shum bola necha yoshda?

#8. «Shum bola» qissasida «katta yer egasi» kim?

#9. «Shum bola» qissasida Sariboy kim bilan qimor o‘ynab yutadi?

#10. «Shum bola» qissasida shum bola ko‘chmanchilar ovulida qanday ish qiladi?

#11. «Shum bola» qissasida shum bolaning qaysi gapidan keyin Sariboy choy ichib turgan piyolasini boshiga urib, chakkasini yoradi-yu, soqolini yulib, dodlab yig‘lamoqqa boshlaydi?

#12. «Shum bola» qissasida Sariboy qaysi millatdagi do‘ndiqqina bir xotinga uylanib olgan edi?

#13. G‘afur G‘ulomning «Sog‘inish» she’ri kimga bag‘ishlab yozilgan?

#14. «Shum bola» qissasida Sariboy shum bolaga xizmat haqi uchun oyiga «xom-pishiq aralash, ona sutidan halol» qancha olma beradigan bo‘ldi?

#15. G‘afur G‘ulom «Shum bola» qissasiga keyinchalik yangi boblar kiritgan holda qaysi obrazga juda ko‘p detallar qo‘shadi?

#16. «Shum bola» qissasida shum bola Sariboyning yoniga qachon borganligini aytadi?

#17. «Shum bola» qissasida shum bolaning qaysi gapidan keyin Sariboy hushidan ketib yiqiladi?

#18. «Shum bola» qissasida shum bola Sariboynikida qanday yumushlarni bajaradi?1) Olmalarga tirgovich qo‘yadi. 2) To‘kilgan olmalarni terib, qoqi qiladi. 3) Bog‘ qo‘riydi. 4) Ba’zida xo‘jayinga pul zarur bo‘lib qolsa, xom-xatala olmalarni aravaga ortib, Darvoza, Sariog‘och atroflardagi bug‘doykor qishloqlarga olib borib sotib keladi

#19. Said Ahmad xotiralar kitobida G‘afur G‘ulomning «Shum bola» qissasi ustida salkam necha yil ishlaganligini yozadi?

#20. «Shum bola» qissasida shum bola Sariboyning eshigida qancha ishlagan edi?

#21. «Shum bola» qissasida Sariboy qimor o‘ynab nimalarni yutib oladi?

#22. «Shum bola» qissasida shum bola kimning avaylab boqayotgan qimmatbaho qushlariga qatiq, suzma ichirib, harom o‘ldirib qo‘yadi?

#23. «Shum bola» qissasida, Sariboyning shiyponida, shum bolaning qaysi gapidan keyin boy alanglab qoladi?

#24. «Shum bola» qissasida shum bolaning Sariboydan olgan ish haqi qanday bo‘ladi?

#25. Quyidagi fikrlar muallifi kim? «G‘afur aka meni ishga buyurib, qochib qolishini bilib turibman. Muharram opa: «Hushyor bo‘ling, akangiz Mirza Abdulla aka bilan allaqayoqqa ketishmoqchi», – deb aytib qo‘ygan edi. Nima qilishimni bilmay qoldim. Hovliga chiqsam, Jo‘raxon shimini cho‘tkalayotgan ekan. Jon uka, bitta papiros opkelib bering, – deb yalindim. Jo‘raxon pulni olib zing‘illagancha ketdi. U Mirza Abdulla akaning o‘g‘li Fatxullaning velosipedida ketgan ekan, birpasda papirosni olib keldi. G‘afur aka endi hech qanday bahona topolmay qoldi».

#26. «Shum bola» qissasidan olingan quyidagi parchada kim haqida gap ketmoqda? «Chang bosgan kipriklar tagidagi qo‘y ko‘zlar menga juda tanish. Yo‘lning gard-g‘ubori qoqilmagan namatdek qilib yuborgan bu bashara ko‘zimga issiq-issiq ko‘rinadi. Lekin egnidagi qozoqi chakmon bilan boshidagi teskari ag‘darilgan telpak, qo‘lidagi boshi cho‘qmor kaltagi menga tanish emas».

#27. «Shum bola» qissasida shum bola do‘sti Omonga qo‘shilib qaysi o‘g‘ri boshchiligidagi kissavurlar bilan tunni o‘tkazadi?

#28. Quyidagi fikrlar qaysi kitobdan olingan? «Ana shundan keyin G‘afur aka og‘zi yon tarafdan qo‘yilgan siyohdonga ruchkani tiqib o‘ylab ketdi. Ruchkani siyohdondan chiqarmay turiboq hiringlab kula boshladi. – Qizig‘i keldi. Antiqasi keldi. Agar ertaga yozsam bu gap yo kelardi, yo kelmasdi. G‘afur aka ruchkani qitirlatib yoza boshladi. Hoji bobo Shum bolaga issiq nonni orqalatib ezmalanib gapirib ketayotgan joyi edi. Qog‘ozga shunday so‘zlar yozildi. «Ha, shunaqa, bolam. Ota-ona dunyoga mo‘rt keladi. Endi bitta ona topsang bo‘ldi. Ota o‘z oyog‘i bilan keladi…»

#29. G‘afur G‘ulomning «Shum bola» qissasi yozib bitirilmasdanoq, bobma-bob qaysi jurnalda e’lon qilinib turilgan?

#30. Quyidagi fikrlar kimning xotiralar kitobidan olingan? «Shum bola»ning uchinchi qismi yozilayotganda men G‘afur akaning yonida edim. Qissani tezroq yozdirish uchun «Mushtum»dan meni G‘afur akaning uyiga «komandirovka» qilishgan edi. Uyiga borganimda G‘afur aka yo‘q, qo‘lyozma stol ustida taxlangancha turardi. G‘afur aka menga qo‘lyozmasini ishonardi. Chunki arab alifbosini bilganim uchun uning bir nechta she’r va hikoyalarini mashinistkalarga diktovka qilganman…»

Oldingisi
Tugatish
Fanlardan mavzulashtirilgan testlar to’plami