Yer sayyorasi kuniga atab maqol, topishmoqlar

Yer sayyorasi kuniga atab maqol, topishmoqlar to’plami. Sayyoralar haqida she’rlarni bu yerdan topishiingiz mumkin>>.

Yer sayyorasi kuniga atab maqol.

«Yer sayyorasi kuni» (Earth Day) har yili 22-aprel kuni nishonlanadi. Bu kunning maqsadi – atrof-muhitni muhofaza qilish va yerning sog’lig’ini saqlash uchun harakat qilishning ahamiyatini e’tirof etishdir. Dunyoda ekologik muammolarni hal qilish, resurslarni tejash va yashil energiyaga o’tish kabi masalalarga e’tibor qaratiladi.

Shu munosabat bilan biz sizlarga Yer sayyorasi kuniga atab suv haqida maqollar, suv haqida topishmoqlarni taqdim etamiz.

Toqqa qalin qor tushgani
Yerning qonib suv ichgani.

Daryo suvini bahor toshirar,
Odam qadrini mehnat oshirar.

Ariqni suv bezar,
Odamni — so’z.

Suv bilan ekin o’sar,
Tarbiya bilan — odam.

Yer — xazina, suv — gavhar.

Suv keldi — nur keldi

El hayoti yer bilan,

Yer hayoti suv bilan.

Suv haqida topishmoqlar.

Ketaveradi, ketaveradi,
Orqasiga qaramaydi.
(Suv)
O‘yib oldim,
Izi yo‘q.
(Suv)
Qilich urdim,
O‘rni yo‘q.
(Suv)
Uzun terak,
Soyasi yo‘q.
(Suv)
Uzun-uzun iz kelar,
Uzun bo‘yli qiz kelar,
Qoshginasi qaltirab,
Ko‘zginasi yaltirab.
(Suv, ariq)
Tog‘dan kelar toshday,
Arillagan otday.
(Suv)
Internet ma’lumotlaridan olindi.