Mundarija
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (sobiq Toshkent elektrotexnika aloqa instituti) 1955 yilda tashkil topgan. 2002 yil 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PF-3080 Farmoniga binoan Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga aylantirildi. 2005-yil 2-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PQ-91 sonli Qaroriga TATUning Qarshi, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida mintaqaviy filiallar tashkil etilgan.
Universitet va uning mintaqaviy filiallari tarkibida 13ta fakultet, 62 ta kafedra mavjud bo‘lib, ta’limning 23 yo‘nalishi bo‘yicha, jumladan bakalavriatning 8 yangi yo‘nalishi va magistraturaning 9 yangi mutaxassisligi bo‘yicha kadrlarni tayyorlanadi.
TATU – bu zamonaviy tipdagi, yuqori ilmiy-pedagogik salohiyat, ta’lim kommunikatsiyalarining keng turlari, xalqaro aloqalarning rivojlangan tarmog`i, jamiyatda mutaxassislar tayyorlash darajasi bo`yicha yuqori mavqega ega bo`lgan universitetdir. Keyingi yillarda universitetda yaxshi an’analar soni ko`payib bormoqda, bakalavriatura ta’limining yangi yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ochilmoqda, dissertatsiyalar himoya qilinmoqda, moddiy-texnik baza yaxshilanmoqda, yangi korpuslar qurilmoqda.
Tatu fakultetlari.
- AKT sohasida kasb ta’limi fakulteti
- AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti
- Televizion texnologiyalar fakulteti
- Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti
- Kiberxavfsizli fakulteti
- Dasturiy injiniring fakulteti
- Kompyuter injiniringi fakulteti
- Radio va mobil aloqa fakulteti
- TATU-BGUIR qo’shma axborot texnologiyalari fakulteti












Very good