8-sinf Jahon tarixi testlar. Tarixiy davlatlar haqida test savollari

8-sinf Jahon tarixi testlar. Tarixiy davlatlar haqida test savollari. Abituriyentlar va o’qituvchilar uchun test savollari. Milliy sertifikat namunasidagi test.Online test.

 

Mundarija

Natija

#1. Tarixiy davlatni aniqlang. XVI—X V III asrlar muhim davr bo‘ldi. Bu davrda imperiya sifatida shakllandi, uning hududi ikki barobardan ziyod kengayib, Yevropaning eng katta va harbiy jihatdan qudratli davlatiga aylandi. Ammo qoloq ijtimoiy munosabatlar tufayli iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda Yevropadan ortda qolib ketdi.

#2. Tarixiy davlatni aniqlang. XVII asrda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot ziddiyaili xarakterga ega edi. Kapitalistik munosabatlarning kirib kelishi natijasida yuz bergan iqtisodiy o‘sish, absolutizmning mustahkamlanishi, soliqlarning oshishi, xalq ommasi ahvolining yomonlashuvi va doimiy xalq qo‘zg‘olonlari bilan qo’shilib ketdi. Yangi iqtisodiy munosabatlar, ayniqsa, qishloqda juda qiyinchilik bilan o’ziga yo‘l ochib bordi.

#3. Tarixiy davlatni aniqlang. Ichki siyosiy tarqoqlik XVII asrning ikkinchi yarmida Yevropaning kuchli davlatlari qo’lida qo’girchoqqa aylantirib qo‘ydi. Fransiya oxiroqibatda Strasburg shahri va Reyn daryosining chap qirg‘oq yerlarini egallab oldi

#4. Tarixiy davlatni aniqlang Shunday qilib, o‘z taraqqiyotining yangi bosqichini boshidan kechirgan bu davlat ХVIII asrdan e ’tiboran, inglizlar mustamlakasiga aylana boshladi. Mamlakatdagi iqtisodiy tushkunlik, siyosiy parokandalik va о’zaro urushlar inglizlarning bosib olishi uchun imkoniyat yaratdi.

#5. Tarixiy davlatni aniqlang XIX asr Bu yerda birinchi bo‘lib huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi. Fan va texnika taraqqiyoti sanoat to’ntarilishiga olib keldi va «dunyo ustaxonasiga» aylandi. To’xtovsiz urushlar olib borganligi sababli Yer yuzi aholisining chorak qismini birlashtirgan ulkan imperiyani yaratildi.

#6. Tarixiy davlatni aniqlang XIX asrda hech bir xalq bu davlat kabi ko‘p urushlarda qatnashmadi, boshqa birorta yevropalik millat bu xalqdek ko‘p inqilobni amalga oshirmadi. Natijada, XIX asr oxiriga kelib,dunyoning eng qudratli davlatlar, qatoriga kirsa-da inqiloblar va urushlardagi juda katta yo’qotishlar tufayl, rivojlanish sur’atlari tobora pasayib borayotgan edi.

#7. Tarixiy davlatni aniqlang. Ushbu davlatda Burjua inqilobi XVIII asrning so’nggi choragida boshlandi. Bu inqilob butun dunyo tarixi uchun ham ma’lum ma’noda burilish nuqtasi bo‘ldi. U olg‘a surgan «Ozodlik, Tenglik, Birodarlik!» g‘oyalari butun dunyo xalqlarining keyingi rivojiga arzigulik ta’sir ko‘rsatdi.

#8. Tarixiy davlatni aniqlang XVI—XVIII asrlarda yevropaliklarning kirib kelishi qit’a tabiiy boyliklarining jadal o’zlashtirilishiga, qulchilik va qul savdosining rivojlanishiga olib keldi. Qul savdosi afrikaliklar tarixida o’ta fojiali iz, qoldirdi.

#9. Tarixiy davlatni aniqlang XVIII asrdan boshlab davlatda iqtisodiy inqiroz boshlandi. Bunga yer egaligining tiyul shakli miqdorining ko’payib borganligi oqibatida davlatga qarashli yer hajmining va davlat xazinasiga tushadigan daromadning kamayishi sabab bo’ldi.

#10. Tarixiy davlatni aniqlang XIX asrning 70-yillarigacha iqtisodiy va siyosiy hayotda muhim o’zgarishlar yuz berdi. Sekinlik bilan bo’lsa-da, kapitalizm rivojlandi. Milliyozodlik harakati paydo bo’lib, ingliz mustamlaka hukumronligiga qarshi kurash kuchaydi.

#11. Tarixiy davlatni aniqlang XV asr oxirida markaziy hokimiyatga Bo’ysunmaydigan bir qancha mustaqil hududlarga bo’linib ketgan edi. Buning oqibatida o‘zaro ichki urushlar tobora avj oldi. Bu esa mamlakat taraqqiyotiga katta salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Oqibatda, mamlakat zaiflashdi. Bu esa Turkiya bosqini xavfini tobora kuchaytira bordi. Natijada, yagona davlatga birlashtirish hayotiy zaruratga aylanib qoldi. Oxir oqibat 1502-yili yagona davlat tashkil topdi

#12. Tarixiy davlatni aniqlang. Jamiyatdagi umumiy norozihk sharoitida G’arbiy Yevropada xristianlik cherkovini isloh qilish uchun harakat boshlanib, bu jarayon reformmtsiya deb ataldi. Yangi davr boshlarida tarqoq knyazliklardan iborat bo’Igan bu davlat ichki ishlarida hal qiluvchi rolga katolik cherkov da’vo qilardi. bu davlatda juda katta yerlar, hatto butun boshli shaharlar ham katolik cherkoviga qarashli edi

#13. Tarixiy davlatni aniqlang XIX asr, ayniqsa, uning ikkinchi yarmi kapitalizmning shiddatli rivojlanish davri bo’ldi. U inqilobdan so’ng an’anaviy sivilizatsiya mamlakatlar ichida birinchi bo’lib industrial taraqqiyot yo’liga kirdi. Kapitalistik taraqqiyot uchun sharoit yaratildi, haqiqiy davlatning belgilari namoyon bo’ldi.

#14. Tarixiy davlatni aniqlang XIX asrda kuchli milliy armiyaga, markaziy davlat apparatiga va yagona soliq tizimiga ega emasdi. Rossiya va Buyuk Britaniyaning mintaqadagi bosqinchilik intilishlariga qarshilik qila olmadi. Mamlakat ichkarisidagi islohotlarga diniy mutaassiblik va unga asoslangan davlat tuzumi, ijtimoiy institutlarning kam taraqqiy etganligi xalaqit berayotgan edi. Natijada, kuchli davlatlarning yarimmustamlakasiga aylantirildi.

#15. Tarixiy davlatni aniqlang XIX asrning boshlarida hali buyuk davlat sanalgan asr o‘rtalariga kelib, G’arb davlatlari, so’ngra esa AQSH, Rossiya va Yaponiyaning ham mustamlakachilik manfaatlari kesishgan eng dolzarb hududga aylandi. Uning iqtisodiy va harbiy qoloqligi uning o’z-o’zicha saqlanib qolayotgan buyuk davlat maqomiga qaramasdan,uni G’arb davlatlarining yarim mustamlakasiga aylantirdi.

#16. Tarixiy davlatni aniqlang. XVIII asr oxirida maydoni jihatidan Yevropada uchinchi, qo‘shini soni jihatidan esa to’rtinchi o’rinni egalladi.Bu davrida mutlaq monarxiyaga aylandi.

#17. Tarixiy davlatni aniqlang Iqtisodiy tanazzul natijasida dehqonlarning tirikchilik ilinjida boshqa joylarga ketishdan o’zga ilojlari yo‘q edi. Biroq hukumdor bunga yo’l qo’ymaslik uchun 1710-yili dehqonlarning yerni tashlab ketishlarini taqiqlovchi farmon chiqaidi.

#18. Tarixiy davlatni aniqlang Ko’plab mayda davlatlarga bo‘linib kelgan bu davlat XIX asrda bu millatining katta qismini birlashtirgan zamonaviy davlatga aylandi. Asr oxiriga kelib, eng rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin egalladi.

#19. Tarixiy davlatni aniqlang. XVI–XVIII asrlar davomida birlashib, yagona markazlashgan davlatga aylandi, umummilliy bozor shakllandi. Ichki islohotlar hamda oqilona tashqi siyosat tufayli, ko‘pchilik Osiyo davlatlaridan farqli o‘laroq, o‘z mustaqilligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi, 1614-yili xristian dinini taqiqlovchi qonun chiqarildi.

#20. Tarixiy davlatni aniqlang Inqilob natijasida mustaqil davlatga aylandi, respublika tuzumi o’rnatildi, savdo va sanoatni rivojlasitirish yo’lidagi barcha to’siqtar olib tushlandi, erkin raqobutga, shaxsiy tashabbus va faollikka, ishbilarmonlikka keng yo’l ochildi.

#21. Tarixiy davlatni aniqlang XVI—XVIII asrlarda Usmoniylar imperiyasi tarkibiga qo‘shib olindi. Bu ushbu hududga yevropaliklar ta’sirini kamaytirib, mahalliy arab xalqlarining islom svilizatsiyasi doirasida o‘ziga xos mustaqil rivojlanishi uchun imkomyat yaratdi.

#22. Tarixiy davlatni aniqlang Tinimsiz o ‘zaro urushlar, qo‘zg‘olonlar natijasida XVIII asrga kelib ham iqtisodiy, ham siyosiy inqirozga yuz tutdi. Bu esa mamlakatga Yevropa mustamlakachilarining kirib kelishi uchun imkoniyat yaratdi. Kuchsizlanib qolgan davlat Yevropa davlatlari birinchi o’rinda Angliya va Fransiya hamda chor Rossiyasining mustamlakachilik obektiga aylandi

#23. Tarixiy davlatni aniqlang. Iqtisodiy taraqqiyotda ko’plab davlatlardan orqada edi. Hatto, XVI asrning ikkinchi yarmidan iqtisodiy tushkunlik ham boshlandi. Bu, avvalo, 300 dan ortiq mayda-mayda knyazlik (davlat) larga bo’linib ketganligi oqibati edi. Siyosiy tarqoqlik yagona ichki bozorning vujudga kelishiga imkon bermadi.

#24. Tarixiy davlatni aniqlang Zamindorlar va amaldorlar hukmronligini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilgan o’zgarishlar mamlakatda feodal tizimning chuqur inqirozini to’xtata olmadi. Yevropaning ilg’or g’oyalarini qabul qilgan ziyolilarning bir qismi xristian missionerlarining ta’siriga tushib qoldi. Mamlakat Xitoy, Yaponiya, Rossiya va Yevropa davlatlarining mustamlakachilik obyektiga aylanib bordi.

#25. Tarixiy davlatni aniqlang XVIII asrda Rossiya bilan bir necha bor urushlar olib bordi, biroq yengildi. Mag‘lubiyat hukm surayotgan o’rta asr munosabatlarining inqiroziga sabab bo’ldi. Yangi davrga kelib, keng miqyosli inqirozni boshidan kechirdi Bir qator islohotlarni amalga oshirish uchun bo’lgan urinishlarga qaramasdan, mamlakat G ‘arb davlatlarining yarimmustamlakasiga aylanib bordi.

#26. Tarixiy davlatni aniqlang. XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida jadal iqtisodiy o‘sish davrini boshdan kechiradi. Bunga qirolning soliqlarni kamaytirishi, manufakturalar uchun qulay moliyaviy sharoit yaratishi, ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi boj soliqlarinl joriy qilishi, texnik yangiliklarni qo’llab-quvvatlashi orqali erishildi.

#27. Tarixiy davlatni aniqlang. Mamlakatda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati tarkib topa boshladi. Burjua inqilob va uning g’oyalari boshqa Yevropa mamlakatlari rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Inqilob e’lon qilgan siyosiy tamoyillar va o‘rnatgan iqtisodiy tartib yangi industrial sivilizatsiyaga asos soldi.

#28. Tarixiy davlatni aniqlang. Absolutizmning qulashi bilan hokimiyat yirik burjuaziya qo‘liga o’tdi, ammo mamlakatda tinchlik o’rnatilmadi. Butun mamlakatni inqilob va dehqonlar qo‘zg‘olonlari qamrab oldi. Ta’sis majlisi “Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi”ni qabul qildi.

#29. Tarixiy davlatni aniqlang Yangi davrda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishganiga qaramasdan, XIX asrning 70- yillarida ham u Yevropaning eng qoloq davlatlaridan biri bo’lib qolayotgan edi. Qoloqlikning sabablari 1861-yilgacha saqlanib qolgan krepostnoy huquq hamda kishilarda tashabbuskorlik va tadbirkorlikka to‘siq bo’layotgan qoloq siyosiy tizimning mavjudligi edi

#30. Tarixiy davlatni aniqlang. Savdo va sanoatning rivojianishi soliqlar tushumini keskin oshirdi. Endi davlatdan maosh oladigan amaldorlar va muntazam armiya qirolning har qanday buyrug‘ini bajarishga tayyor edi. Bu qirolni boy zodagonlar ta’siridan xalos qildi. Natijada, qirolning cheklanmagan hokimiyati to’g‘risidagi g‘oya shakllandi. Shu g‘oya asosida G ‘arbiy Yevropa mamlakatlarida shakllangan hokimiyat mutlaq monarxiya yoki absolutizm deb ataldi.

#31. Tarixiy davlatni aniqlang Buyuk Britaniyaning bir necha bor urinishlariga qaramasdan, o’z mustaqilligini saqlab qoldi. Ammo, ajablanarlisi shundaki, o’z mustaqilligini saqlab qolgan, kuchli davlatlarning ta’siri o’ta cheklangan taraqqiyotning eng ortida qolib ketdi. U XIX asr oxirida ham qabila-urug’chilik munosabatlari va natural xo’jalik saqlanib qolgan mamlakatlardan biri edi

#32. Tarixiy davlatni aniqlang XVIII asr oxiriga kelib, suqilib kirishi va uni mustamlakaga aylantirish rejasini amalga oshira boshlagan bo’lsa-da, Osiyoning eng kata va qudratli davlati bo’lib qolaverdi. Ammo iqtisodiy va siyosiy qoloqlik oqibatida. Garb davlatlarining yarim mustamlakasiga aylandi.

#33. Tarixiy davlatni aniqlang XIX asr jadal rivojlanish asri bo’ldi. Hali asr boshlarida davlatning bir butunligini saqlab qolish uchun fuqarolar urushi olib borgan xalq asr oxiriga kelib dunyoning eng rivojlangan va kuchli davlatlaridan biriga aylandi. Keng demokratik erkinliklar, huquq va majburiyatlar tengligi, odamlarning tadbirkorligi va tashabbuskorligi uchun yaratilgan imkoniyatlar dunyoning eng qudratli mamlakatiga aylantirdi.

Oldingisi
Tugatish
Adabiyot fanidan online testlar