Kundalik.com ga ish reja yuklash yo’riqnomasi

Sahifamizdan Kundalik.com ga ish reja yuklash yo’riqnomasi, Barcha fanlardan yillik ish reja 2025-2026 to’plamini topishingi mumkin.

Kundalik.com ga ish reja joylash yo’riqnomasi.

Hurmatli O’qituvchilar bu yo‘riqnomamiz orqali kundalik.com saytida ish rejalarni import qilish jarayonini ko‘rib chiqamiz.
ESLATMA: Ish reja joylash jarayoni faqatgina kundalik.comga dars jadvali joylangandan so‘ng amalga oshiriladi.
Jurnallar bo‘limi berilgan, unga kirsangiz maktabdagi barcha sinf jurnallari chiqadi. Qaysi sinf jurnali kerak bo‘lsa tanlab kirsangiz, fanni tanlashingiz kerak bo‘ladi. Fanni tanlasangiz, jurnal ochiladi, baho qo‘yishingiz mumkin, keyingi fanga o‘sha joyni o‘zida fanni tanlab o‘tishingiz mumkin.

Ish rejasi bo‘limiga kirish usuli ko‘rsatilgan. Bunda sinf, fan tanlanadi va mavzu, vazifa yoziladi va “Ko‘rsatish” tugmasi bosiladi. Agar ish rejani excel variantda yuklamoqchi bo‘lsangiz “Import” tugmasi bosish orqali kirasiz.

Import orqali excel da ish rejasini joylamoqchi bo‘lsangiz, importga kiriladi,yuklash tugmasi bosiladi. Shundan so‘ng, avval excelda tayyorlab qo‘yilgan ish reja  kompyuter fayllaridan topib tanlanadi. Excel dagi rejani tayyorlashda unda boshqa ma’lumotlar o‘chirib yuboriladi. Faqat 3 ta qator qoldiriladi 1-Tr, 2-mavzu, 3-vazifa. Boshqa listlarini ham o‘chirib yuboriladi. Tr qatoriga faqat raqam yoziladi, dars va boshqa so‘zlar yozilmaydi. Agar mavzuni tig‘izlatmoqchi bo‘lsangiz “/” belgisi bilan bir qatorga ikki mavzu yoziladi, o‘rtasiga “/” belgisi qo‘yiladi. Agar shu kungacha mavzu yozib qo‘ygan bo‘lsangiz, nechanchi
mavzuga kelgan bo‘lsangiz, o‘sha mavzudan yozib borasiz va tartib raqami ham
kelgan joyidan boshlab qo‘yasiz.

Yuklash tugmasi orqali exceldagi reja tanlanadi va “Otkrit” tugmasi bosiladi va keyingi qadam bosiladi.Shundan so‘ng exceldagi ma’lumotni tartibi tanlanadi.”Import qilishga tayyor” degan yashil yozuvda ma’lumot chiqadi va keyingi qadam bosiladi va ish reja yuklanadi.

Kundalik.com ga ish reja yuklash yo’riqnomasi PDF <<Yuklab olish>>

Ish reja yuklash yo’riqnomasi.

Barcha fanlardan yillik ish reja 2025 2026