9- fevral Alisher Navoiy tavallud topgan kuni munosabati bilan Alisher Navoiy haqida sherlar bolalar uchun.
Alisher Navoiy haqida sherlar.
Men Alisher Navoiyni shunday xayol eturman,
Munojotim navosidan jannat sori keturman.
Quddus borib Buroqida jannatga ko‘tarilgan,
Rasulimga ajib ummat ekanligin biturman.
Ijtimoiy va ijodiy xarakterning elchisi,
Navo bo‘lgan, Foniy bo‘lgan, ikki tilning kuychisi.
To Xitodin, Xurosonga chekintirib bid’atni,
Qalam bilan zabt etdi ul, adolatni, hayratni.
Padaridan, ustozlardan olib nuri quvvatni,
Ali Yazdiy, Lutfiylardan oldi aqlu siyratni.
Xamsa ila Nizomiyga lutf aylab panjasin,
Turkiy tilin yoruttirdi, boyligini qanchasin.
Ixlosiya, Xolosiya, Dorush shifo, Xuffozni,
Qurib injil yoqasig‘a xalq etdi sarafrozni.
U me’mordir Nizomiddin she’riyatning gultoji,
So‘z naqqoshi, tarixshunos, xalq vatan ehtiyoji.
Mir Alisher Navoiyni sig‘dirolmam she’rlarga,
Ustoz ilmi ildiz otgan, biz yetmagan yerlarga.
Navoiyga maktub...
Ushbu maktub shoirlar shohi,
Nazm maydonida bahodir
Navoiyga yetsin, ilohim,
Yaratgandan o‘tinchim shuldir.
Assalomu alaykum hazrat,
Omonmisiz firdavs bog‘ida?
Jur’at qilib, bitayapman xat,
Dilni dardlar ezgan chog‘ida.
Pirim, Yerda bisyor to‘polon,
Tersga do‘ndi osuda hayot.
Siz kashf etgan “oynai jahon”
Tafakkurni etmoqda g‘orat.
Bugun ishqning qiymati bir pul,
Layli-Majnun sevgisi – ertak.
Bani odam endi pulga qul,
Qismat go‘yo o‘yinchoq, ermak.
Shirinlar shim kiyadi bugun,
“Ferrari”da yuradi Farhod.
Nurab bitdi ko‘hi Besutun,
Topilmaydi Shopurday ustod.
Sizdan keyin milyonta shoir –
O‘tdi, o‘zni sanab misli sher.
Ko‘plari she’r yasashga mohir,
Tug‘ilmadi bitta Alisher.
Pirim, hamon adolat qahat,
Hamon ig‘vo, kek yo‘qolmadi.
Bulardan ham yomoni, hazrat:
Bugun SO‘Zning qadri qolmadi.
Mutloq tenglik – hali ham ro‘yo,
Komil bo‘lolmadi inson ham.
Yaqinlashib bormoqda dunyo
Qiyomatga qadamba-qadam.
Ruhingiz shod bo‘lsin, bobojon,
Gina qilmang bizlar kabidan.
Ushbu maktub – shoiri nodon
Nabirangiz Abdunabidan...
Alisher Navoiy asarlari asosida testlar
Oybek va...
Javoblar
11sinf imtxon javoblari keregid
Javoblaridan menga ham tashlab bering
Ogʻayni dxa niki bormi
Javob
11-sinf matematika imtihon javoblari
Assalomu aleykum menga matematika imtihon javoblari kk edida pdf shaklida
Javoblari bormi
Javob
Imtihon javoblari matematika
Matematika 9 sinf imtihon javoblari toʻliq yechimi
11-sinf kimyo fanidan imthon javoblari chiqdimikan biroz qiyin ekan savollari
Javoblari qani???
Topdiyzmi
ishlanishi yoqmi
Matematika imtihon.javoblari
Математика Жавоблари Борми Ташабералсаим
Zur
Javoblar qani
Menga javoblar kerak
11- sinf javoblari
Zoʻr
Makahshbd