6-11-sinf tarix fanidan test topshiriqlari

6-11-sinf tarix fanidan test topshiriqlari. Abituriyentlar uchun test savollari. Online test savollari. Tarix darsliklaridan testlar to’plami.

 

Mundarija

Natija

#1. Quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, Eyler Venn diagrammasiga mos keladigan javobni toping. a) 1933-yilda Sovet Ittifoqini tan oldi; b) 1924-yil yanvarda mamlakat tarixida birinchi marta hukumatni leyboristlar boshqardi; c) 1982-yili Folklend orollari uchun Argentina bilan urush olib bordi; d) 1980-yillar – 1990-yillarning boshlari neokonservatizm g‘oyasi tantanasi davri bo‘ldi; e) 1965 – 1973-yillari Vyetnamda faol urush harakatlarini olib bordi; f) mamlakat raxbari Lotin Amerikasi davlatlari «yaxshi qo‘shnichilik» munosabatlari o‘rnatishini e’lon qildi; n) «Sovuq urush» yillarida Turkiyaga moliyaviy va iqtisodiy yordam ko‘rsatdi; j) 1941-yil avgustda urush payti va undan keyingi hamkorlik tamoyillari to‘g‘risida deklaratsiyani – Atlantik xartiyani imzoladi.

#2. 1990-yil 15-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekistonSSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq, … 1) O‘zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi; 2) Prezident Vazirlar Mahkamasining Raisi bo‘ldi; 3) Respublikada vitse-prezident lavozimi ta’sis etildi; 4) Prezident zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi; 5) vitse-prezident lavozimi tugatildi; 6) O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi; 7) Bosh vazir zimmasiga vitse-prezident vakolatlari berildi; 7) O‘zbekiston hukumati – Vazirlar Mahkamasiga Bosh vazir rahbarlik qiladigan bo’ldi.

#3. Quyidagilarni tahlil qilib, nuqtalar o‘rniga mantiqan mos keluvchi javobni toping. O‘rta asrlarda Rim papalari: 1) Bonifatsiy VIII 2) Innokentiy III 3) Urban II 4) …

#4. Kserks qo’shini shimoliy Yunonistonni ishg’ol qiladi (1), Plateya shahri yaqinida fors qo’shinlarini yunonlar tor-mor etdi (2), Bobilning forslar tomonidan bosib olinishi (3), sak qabilalariga qarshi Doro I ning bosqinchilik yurishlari (4) yillar to‘g‘ri berilgan javobni toping. a) mil. avv. 480-yil; b) mil. avv. 539-yil; c) mil. avv. 522-yil; d) mil. avv. 525-yil; e) mil. avv.519-yil; f) mil. avv. 479-yil.

#5. Mustaqil O‘zbekiston tarixi bilan bog‘liq qaysi ma’lumotlar to‘g‘ri? I. Prezidentning 2017-yil 27-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofq Samarqandda ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. II. 2010-yil iyunda O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Xalq demokratik partiyasi”ning birlashuv qurultoyi bo‘lib. III. 1992-yil 10-dekabrida bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. IV. 1991-yil 1-noyabrdan O‘zbekistonda so‘m – kupon muomalaga kiritildi.

#6. (a) … o‘ziga … (b) «Haqiqat va adolat yo‘liga olib chiquvchi eshik» taxallusini qabul qilgan edi. Qo‘zg‘olon ishtirokchilari, asosan, hunarmandlar, mayda savdogarlar, shahar kambag‘allari va shahar atrofida yashovchi dehqonlar edi. Nuqtalar o’rniga berilgan javoblarni qaysi biri to’g’ri?

#7. Berilgan javoblarning qaysi biri XIX asrda Qo’qon xonligiga tegishli?

#8. XIII asr boshida Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylanganda uning chegarasi qayergacha borar(qayerlardan o’tar) edi? 1) shimoli g‘arbiy va g‘arbiy Orol va Kaspiy dengiz sohillari; 2) janubiy sharq Sind(Hind) daryosigacha; 3) janubi g‘arbda Iroqqa qadar; 4) shimoliy sharqda Oltoyga qadar; 5) Janubi sharqiy hududlari G‘azna viloyati; 6) shimoli sharqiy chegarasi Yettisuv va Dashti Qipchoq; 7) g’arbiy chegarasi Murg’ob va Xerirud vodiysigacha.

#9. Quyidagi grafikda berilgan hukmdorlar taxtga kelishi to’g’ri mufiqlashtirilgan javoblarni toping.

#10. Quyida tarixiy voqealar keltirilgan. 1) Angliyada Yuz yillik urushdan so`ng Bosvort yaqinidagi jang sodir bo`ladi;2) Hindistonning shimoliy hududlariga turk va afg`on qabilalarining hujumlari va joylashuvlari kuchaygan; 3) Xubilay davrida Xitoyning markaziy va janubiy hududlariga ham ta`sir o`tkaziladi; 4) Novgorodliklar vechesi Monomaxning nabirasi Vsevolod Mstislavichni knyazlik taxtidan chetlatdi Ular orasidan ENG KEYIN sodir bo‘lgan voqeaning natijasi keltirilgan javobni toping.

#11. Quyidagilarni tahlil qilib, nuqtalar o‘rniga mantiqan mos keluvchi javobni toping. 1) Saljuqiylar sultoni- Alp Arslon; 2) Usmonlilar sulolasi− O’rxon; 3) Shtaufenlar sulolasi−…; 4) Piastlar sulolasi−… .

#12. Quyida berilgan mamlakat mustamlakalarini toping.

#13. Tarixiy voqealar to‘g‘ri xronologik ketmaketlikda berilgan javobni toping. 1) To’rt hokimlik tugatildi va yagona Toshkent bekligi tashkil etildi; 2) M. Chernyayev qo‘mondonligidagi rus qo’shinlari Chimkent shahri egalladi; 3) Sulton Murodbek madrasasi qurib bitkazilgan; 4) Orenburg general-gubernatorligi tarkibiga kiruvchi Turkiston viloyati tashkil etildi.

#14. Quyida keltirilgan XIX asr oxirlaridagi ma’lumotlar (voqealar) . . . ga aloqador. − Afrikadagi Chad ko‘li atrofi bo‘ysundirildi; − Gambiya uning mustamlakasi edi; − Guamchjuvan ko‘rfazini egalladi

#15. Quyidagi bandlar mazmuniga oid yakuniy hukmni aniqlang. I. 1910-yilda Abdulla Qodiriy ilk nasriy asarlarini e’lon qildi. II. Chor Rossiga qarshi Toshkent mudofaasi uchun ayovsiz janglarda Aliqulining yaralanib vafot etishi shahar himoyachilarini sarosimaga solib qo‘ydi. III. 1867-yilgi Turkikiston general gubernatorligi «Nizom» loyihasiga ko’ra volost boshliqlari, qishloq oqsoqollari, ovul boshliqlari va ularning yordamchilari aholi tomonidan besh yil muddatga saylangan.

#16. Tarixiy voqealar to‘g‘ri xronologik ketma ketlikda ko‘rsatilgan javobni toping. 1) «J.Neru kursi» shakllandi; 2) «Lolalar inqilobi»; 3) «X nurlar» kashf qilindi; 4) ingliz — afg‘on do‘stlik shartnomasi imzolandi.

#17. “Konferensiya» atamasining izohi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

#18. Quyidagilarni tahlil qilib, nuqtalar o‘rniga mantiqan mos keluvchi javobni toping. O‘rta asrlarda Rim papalari: 1) Bonifatsiy VIII 2) Innokentiy III 3) Urban II 4) …

#19. Quyidagi qaysi davlat 1990-yillarga kelib iqtisodiy rivojlangan industrial davlat sifatida shakllandi va postindustrial taraqqiyot elementlariga ega bo‘lib, jahon iqtisodiyotida muhim o‘rin egalladi?

#20. Quyida keltirilganlardan qaysilarida davlatshaxs-voqea mos ravishda berilgan? 1) Hindiston-Benazir Bxutto- boshchiligidagi partiya 1988-yilgi saylovda hukumatga keldi; 2) Turkiya− Mexmed VI − 1922-yil mamlakatni tark etdi; 3) Xitoy−Chan Kayshi− Gomindan haqida dekretni imzoladi; 4) Afg’oniston− M.Dovud− armiya ustidan o‘z hukmronligini o‘rnata olmadi; 5) Fransiya− M.Tetcher − Yevropada eng ko‘p ish o‘rinlari yaratdi.

#21. 1904-yilda tuzilgan Britaniya –Fransiya shartnomasiga muvofiq bo’lmagan javobni toping?

#22. Quyidagi O’rta Osiyo xonliklariga tashrif buyurgan elchilar va ularga tegishli mos ravishda ko‘rsatilgan javobni toping. 1) N. I. Muravyov; 2) M. Murkroft; 3) Aleksandr Byorns; 4) Florio Beneveni; a) Angliya bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun yuboriladi; b) o‘zini arman savdogari deb tanitdi va Buxoro amirligi qo‘shbegisi bilan aloqa bog‘lay oldi; c) yozib qoldirgan esdaliklari eng qimmatli manbalar qatorida turadi. Shuning uchun ham bu kitob fransuz va nemis tillariga tarjima qilingan edi; d) o‘z esdaligida, jumladan, quyidagilarni qayd etgan: «Agar Xiva xoni Sherg’oziyxon yo’qotilsa, bu yerda tinchlik o’rnatiladi va hamma yo’llar ochiq bo’ladi. Rossiya Sherg’oziyxonga qarshi kuchlarni qo‘llab-quvvatlashi foydali bo’ladi»; e) Xiva Rossiya o‘rtasida «Majburiyatlar akti» deb ataluvchi shartnomani Rossiya nomidan imzoladi.

#23. Xaritadagi xarflarga raqamlarni muofiqlashtiring. Mamlakat imperatori Menelik (1), Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasidagi raqobatdan ustalik bilan foydalanib, o‘z mustaqilligini saqlab qola oldi (2), XIX asr oxirida 300 mingdan ortiq fransuz yashardi (3), 1912-yilda Fransiya mamlakat ustidan o‘z protektoratini o‘rnatdi

#24. Quyida berilgan muallifning asarlarini toping.

#25. Quyidagi jadvalda voqea va uning natijasi o‘zaro mos berilgan qatorlarni aniqlang.

#26. Lotin Amerikasi davlatlarida energetika inqirozi boshlangan yili ….?

#27. 1917-yil 5-aprelda Xiva xoni Asfandiyorxon Yosh xivaliklar partiyasining islohot to’g’risidagi manifestiga imzo chekdi. Javoblarni manifest mohiyati to‘g‘ri keltirilgan javobni belgilang.

#28. Quyidagi jadvalning qaysi qatordagi javoblar mos ravishda berilgan?

#29. To‘g‘ri moslashtirilgan javobni toping.

#30. Quyidagi so’zlar muallifini toping. «Siz muallimlarga tayinlangki, ular zaruriy umumiy ta’limni barcha tobe xalq puxta egallamog’ini ta’minlasinlar… Barcha kishilar umumiy zaruriy ta’limni puxta egallasinlar».

Oldingisi
Tugatish
Blok testlar