Pedagogik yo’nalishlariga sirtqi ta’limga qabul amalga oshirilmaydi.
Sirtqi ta’limga qabul.
2025-2026- o‘quv yilidan boshlab pedagog yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.
Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra: 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab:
pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakli bo‘yicha tashkil etilib, sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;
oliy pedagogik ta’lim yo‘nalishida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Sirtqi ta’lim shakli tugatilgan ta’lim yo’nalishlar ro’yxati.
Ushbu ro’yxatda ko’rsatilgan pedagogik ta’lim yo’nalishlari sirtqi ta’lim shakli tugatildi. Endilikda faqatgina kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida qabul jarayonlari amalga oshiriladi.





















