Mundarija
Esse.
Esse – fransuz tilida «essai» – «tajriba», ingliz tilida «essay», «assay» – intilish, ijodiy sinov, ocherk; lotincha «exagium» – «o‘ylash» degan ma’noni bildiradi
Esse – o‘quvchining aniq mavzu yuzasidan shaxsiy fikr-mulohazalari asosida yoziladigan ixcham ijodiy ish hisoblanadi. Uning o‘zgachaligi mavzuda ko‘tarilayotgan muammoga fakt va dalillarni o‘rinli keltirish orqali o‘z munosabatini bildirish.
Esse mavzulari.
Milliy sertifikat uchun eng bahsli esse mavzulari.
1.Bugungi kunda ba’zi insonlar davlat byudjetidagi mablag’lar sportga ko’proq sarflanishi kerakligini aytmoqda, ayrimlar esa ta’limga pul ajratish manfaatliroq deb hisoblashmoqda.
2.Bugungi kunda yonilg’i narxining oshirilshiga ko’pchilik qarshi fikr bildirayotgan bo’lsa, ayrimlar bu ekologik mumammolarga yechim deb qaramoqda.
3.Bugungi kunda elektromobillarga bo’lgan talab ortib bormoqda, shunga qaramasdan yonilg’i bilan harakatlanuvchi avtomobillarga bo’lgan qiziqish ham kamaygani yo’q.
4.Hozirgi kunda ko’pchilik insonlar o’smirlar jinoyatini oldini olishda davlat mas’ul bo’lishi kerak deb hisoblashsa, ba’zilar ota-onalar javobgar bo’lishi kerakligini ta’kidlashmoqda.
5.Bugungi kunda ba’zi yoshlar an’anaviy sport turlari bilan shug’ullanishni ma’qul ko’rmoqda, ba’zilar kibersportni afzal deb bilmoqda.
6.Bugungi kunda ko’pchilik insonlar zamonaviy kasblarni o’zlari uchun ma’qul ko’rishmoqda, ayrimlar esa an’anaviy kasblarni ustun hisoblashmoqda.
7.Bugungi kunda ba’zi insonlar ixtiyoriy xarajatlar miqdorining o’sishi insonlarning yashash tarzini o’zgartiryotganini ta’kidlashmoqda, ba’zilar bunday xarajatlarni kamaytirish insonlar uchun manfaatli ekanligini aytishmoqda.
8.Ba’zi insonlar ortiqcha mablag’larini banklarda saqlashni ma’qul ko’radi, ba’zilar qimmatbaho buyum va ko’chmas mulk tarzida jamg’arib borishni afzal hisoblaydi.
Esse yozish namunalari.
Mavzu: Hozirgi kunda koʻpchilik insonlar oʻsmirlar jinoyatining oldini olishda davlat ma’sul boʻlishi kerak deb hisoblashsa, ba’zilar ota-onalar javobgar boʻlishi kerakligini ta’kidlashmoqda.
Jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanish intensiv ravishda sodir boʻladigan oʻsmirlik davrida farzandlarimizdagi jinoyatchilikka, buzgʻunchi gʻoyalarga moyillik barchani xavotirga soladi. Ba’zi insonlar bu davrdagi jinoyatchilikni oldini olishda davlat ma’sul ekanligini taʼkidlashsa, ayrimlar bu masalaga ota-onalar javobgar boʻlishlari kerakligini aytishadi. Xoʻsh, yuqoridagi fikrlarning qay biri yetarlicha asoslarga ega?
«Bolalarimizni ertangi kun uchun tarbiyalaylik, chunki ular bizning bugunimizda yashashmaydi»,- deydi amerikalik faylasuf Jon Dyui. Kelajagimiz egalari boʻlgan farzandlarimizda oʻzgarishlar ayni oʻsmirlik davridan boshlanadi. Yoshlarniaynan shu vaqtda jinoyatchilik koʻchasiga kirishdan saqlashda davlatning oʻrni muh qat’iy chorlar qonun va farmonlar bilan belgilanishi lozim. ChatGPT platformasidagi ma’lumotlarga koʻra, eng qat’iy qonunlarga ega boʻlgan Singapurda yoshlar oʻrtasidagi mayda huquqbuzarliklar (gum chaynash, jamoat joyida tartibsizlik) uchun ham keskin jazolanishi belgilab qoʻyilgan.
Bundan tashqari, maktab va kollejlarda huquqiy savodxonlik boʻyicha inspektorlar tomonidan tashkiletilayotgan maxsus darslarni koʻpaytirish mumkin. UNICEF xalqaro tashkilotining ma’lumotlarida qonundan qoʻrqmaslik, huquqiy savodxonlikning yoʻqligi aynanoʻsmirlarda koʻp kuzatilishi aytib oʻtilgan. Ruhiy holati og‘ir yoshlarni aniqlab, ularga individual yordam koʻrsatish tizimini yaratish, ya’ni psixologik markazlar tashkil etish
ham yaxshi samara beradi.
Haqiqat bahs-munozaralar orqali oydinlashishini hisobga olgan holda masalaning ikkinchi tomoniga ham e’tibor qaratishimiz zarur. Oʻsmirlar jinoyatining oldini olishda oilaning roli muhim ekanligini asoslari turlicha.
Birinchidan, ilk davrdanoq farzand tarbiyasiga jiddiy e’tibor berish muhim. Chunki Mark Avreliy aytganidek, «Ota-onaning bolaga bergan eng katta boyligi bu – yaxshi tarbiya va sevgidir».
Ikkinchidan, ota-onalarning oʻzlari farzandlari uchun ijobiy oʻrnak boʻlishi lozim. Donolarimiz: » Olmaning tagiga olma tushadi»,- deb bejiz aytishmagan.
Uchinchidan, bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini sezgan holda ularni qoʻllabquvvatlash ota-onalarning muhim burchi hisoblanadi.
Psixologlar uyushmasining ma’lumotlariga koʻra, stress yoki oilaviy muammolar tufayli jinoyatchilik yoʻliga kirishga moyillik boshqa yoshga nisbatan oʻsmirlarda 70,08 foizga koʻproq kuzatilishi ta’kidlangan. Oʻz subyektiv qarashlarimdan kelib chiqadigan boʻlsam, oʻtish davridagi yoshlarnimizni jinoyatchilik koʻchasiga kirishini himoya qilish koʻproq ota-onalarning na- onagina nazorat qila oladi. Buyuk Britaniyaning «First news» gazetasidagi maqolada yozilishicha, Yomon muhit va salbiy doʻstlar jinoyatning boshlangʻich manbasi boʻlishi mumkin.
Muxtasar qilib aytadigan boʻlsak, ota-onalarning oʻz farzandlariga boʻlgan e’tibori, qoʻllab-quvvatlashi oʻtish davridagi yoshlarni jinoyat sodir etishdan toʻxtatibqoladigan va jamiyat uchun kerakli boʻlgan komil shaxs boʻlib ulgʻayishida eng samarli omil hisoblanadi. Zero yunon faylasufi Suqrot aytganidek, «Yomon tarbiya bolani emas, jamiyatini yoʻq qiladi».
Mullif: Eshnazarova Nafisa.
Mavzu: Ajdodlarga munosib avlodmizmi?
Hayotda har bir insonning o‘z vazifasi bor: yaxshilik qilish, yaxshi nomqoldirish va ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lish. Tarixga nazar solsak, biz yashayotgan tinch zamonlar, dorilomon kunlar ajdodlarimizning mehnati, jasorati,
joni evaziga qurilganligini anglashimiz mumkin. Sinf xonasida oddiygina kichik guruhni shakllantirish gohida juda murakkab tuyiladi. Chunki turli xarakterdagi insonlarni yagona maqsad yo‘lida birlashtirish, hamjihatliligini ta’minlash, ularga har tomonlama bosh-qosh bo‘lish oson emas.Bu uchun ulkan sabr va mehnat darkor.
DAVLAT tuzish, JAMIYATni birlashtirish esa yuqoridagi jarayondan ming karra og‘irroq. Qadimda To‘maris-u Shiroqdan tortib o‘z hayotini Vatani ozodligi yo‘liga tikkan buyuk ajdodlarimiz, ma’naviy jasorat sohiblari talaygina. Yurt sog‘inchida ko‘z yosh to‘kkan Bobur, qalami bilam xalqini birlashtirgan Hazrat Navoiy, adolat-u siyosati bilan necha asrlardan buyon boshqa xalqlarga namuna bo‘layotgan Amir Temur… Bu qatorni yetarlicha davom ettirish mumkin.
Xo‘sh, biz ajdodlarimizga munosib bo‘lish uchun nimalar qilyapmiz? Oramizda Bobur-u Navoiylar bormi? Biz ularning ishonchlarini oqlay olyapmizmi? Shu kabi savollar boshqalarga emas, avval o‘zimizga berilishi lozim. Hayotimizning ko‘pgina qismi non topish, yaxshi yashash va boshqalarga yaxshi ko‘rinish uchundir. Shunday emasmi?! Gohida esa moddiyatga shu qadarberilamizki, bobolarimizning kim ekanliklarini, qanday jasoratlar ko‘rsatganliklarini unutib qo‘yamiz.
Har yili 14-fevral arafasida oyinayi jahonning ko‘pgina dasturlarida kichkina so‘rovnoma o‘tkaziladi: “14-fevral qanday kun?” mazmunida. Afsuski, ko‘pgina insonlar Z.M.Bobur tavalludidan xabardor emasligi ayonlashadi, yoshlar esa
Yevropadan kirib kelgan, milliyligimizga zid bo‘lgan “Sevishganlar kuni”ni ko‘p bora ta’kidlashadi va har yili shu holat takrorlanadi. Bu bizning savodsizligimizmi yoki loqaydlik orqasidan orttirgan nonko‘rligimizmi? Nahotki, Zahiriddin
Muhammad Boburdek buyuk insonni unutib qo‘yish yoki tanimaslik shu qadar oson bo‘lsa?!
O‘z farzandlariga buyuk ajdodlarini eslatish, ularning axloqiy va ma’naviy jasoratlarini namuna qilib ko‘rstish har bir ota-onaning vazifasidir. Bu jarayonlarga e’tiborsiz qaragan, kichik bir holat deb qabul qilgan har bir inson farzandini manqurtlik tomon yetaklashga mahkumdir. Shu sababdan ham ajdodlarga munosib bo‘lish ruhini, mas’uliyatini singdirish bugungi kundagi eng dolzarb muammolardan biridir.
Muallif: Sharipova M.
Mavzu: Tabiatning insoniyatga ta’siri esse.
Oramizda kim ham tabiat qo‘ynida bo‘lishni yoqtirmaydi deysiz? Erta bahorda o‘t-o‘lanlarning, nafis gullarning xushbo‘y hididan nafas olish, dengizning yengil shabadasidan zavqlanish, kuzgi sayrgohlarda sayr qilish, qorli o‘rmon yo‘li bo‘ylab chang‘ida yurish naqadar farahbaxsh. Bularning barchasi, shubhasiz, juda yoqimli va har doim qalblarni ko‘taruvchidir. Qolaversa, kuchning oshishiga va hayotiy energiyaning tiklanishiga yordam beradi.
Ona tabiatning nafaqat aqliy, balki jismoniy holatimizga ham foydali ta’sir ko‘rsatishi qadim zamonlardan beri ma’lum. Axir, ilgari sog‘ligida muammo bo‘lgan odamlar an’anaviy ravishda davolanish, hordiqlarini yozish uchun janubga, dengz bo‘ylariga borishlari bejiz emas edi.
Bugungi kunda ko‘pchiligimiz geyzerlar yoki shifobaxsh loy bilan davolanish uchun dam olishmaskanlariga tashrif buyurish uchun birinchi imkoniyatda intilamiz. Rassomlar, ijodkorlar, shoir-u yozuvchilar uchun tabiat ko‘pincha ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘plab go‘zal she’rlar, ijodkorlar ta’biri bilan aytganda, ochiq havoda yaratiladi.
Menimcha, biz faqat tabiat qo‘ynida bo‘lsak, o‘zimizni chinakam baxtiyor, yengil, quvnoq his qilishimiz mumkin. Bunday paytlarda har birimiz doimo xotirjamlikni his qilamiz, barcha o‘ylar va salbiy fikrlar uzoqda qolib, ular o‘rnini
yoqimli va quvonchli erkinlik hissi egallaydi.
Shuningdek, tabiatning insonga bunday sehrli ta’siri bizning u bilan birlikda yashashimiz uchun yaratilganligimiz bilan bog‘liqdir. Zamonaviy shahar hayoti atmosferasiga kirishimiz bilan bu muvozanat buziladi va noqulaylik hissi paydo
bo‘ladi. Uyg‘unlikni faqat qisqa vaqtga shahardan tashqarida tabiat qo‘yniga borgan paytlardagina tiklash mumkin.
Shunday ekan, hozir tobora fan-texnika rivojlanib, ona tabiatimizda jiddiy xavf tug‘dirayotgan omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish taraddudidni ko‘rishimiz kerak.
Muallif: Murodqosim Abdiyev
Tavsiya etamiz: Adabiyot mavzulashtirilgan online testlar





















kjjijk;;l’