Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun 4 yillik davlat granti.
2025-2026 va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari:
2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 761 ta.
Quyidagi faylda qaysi ta’lim yo’nalishiga nechta davlat granti ajratilganini bilib olishingiz mumkin:
Bakalavr grant 4 yillik – Faylni yuklash
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi quyidagilar bo’yicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:
– respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;
– davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o’qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta’lim yo’nalishlari kesimidagi taqsimoti bo’yicha;
– Oila va xotin-qizlar qo’mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan.
@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.
Bakalavriat turdosh yo’nalishlar




















