2025-2026-o’quv yili uchun maksimal ball – 189 bo’ladi

2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari. 2025-2026-o’quv yili uchun maksimal ball – 189 bo’ladi.

2025-2026-o’quv yili uchun maksimal ball – 189.

OTMlarga test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

Unga ko‘ra:

 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
Matematika x 10 ta;
O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
60 ta savoldan jami 156,0 ball.

2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Titul varaqasi namunasi>>>

Fanlar majmuasi>>>

Fanlardan online testlar