Hasharotlar haqida sherlar to’pami. Hasharotlar haqida topishmoqlar>>
Mundarija
Hasharotlar haqida qiziqarli ma’lumotlar.
Hasharotlar va Ularning Hayotimizdagi O‘rni
Hasharotlar – tabiatda eng ko‘p tarqalgan va hayotning ajralmas qismi bo‘lgan organizmlar. Ular yer yuzida 10 milliondan ortiq turga ega va ular har bir ekotizimda o‘z o‘rnini topgan. Hasharotlarning ba’zilari foydali, boshqalari esa zararli bo‘lishi mumkin. Ular faqat tabiiy muvozanatni saqlashda emas, balki ko‘plab o‘simliklar va hayvonlarning hayoti uchun zarur.
Hasharotlarning foydalari:
- Polinatsiya (changlatish): Ko‘plab o‘simliklar va mevalarning rivojlanishi uchun hasharotlar yordam beradi. Aytish joizki, polinatsiya jarayoni tabiatdagi ko‘plab o‘simliklar uchun hayotiy ahamiyatga ega.
- Suvni tozalash: Ba’zi hasharotlar, masalan, suv hayvonlari va mo‘ynali chumolilar, suv manbalarida ekologik tozalashni ta’minlaydi.
- Boshqa hayvonlarning oziqlanishi: Hasarotlar o‘zidan katta turdagi hayvonlar uchun oziq-ovqat manbai hisoblanadi.
Hasharotlarning zararli ta’siri:
- Zararkunandalar: Ba’zi hasharotlar qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni yemiradi, bu esa hosilga zarar yetkazadi. Masalan, tırtıllar va ko‘chmanchilar.
- Kasalliklar tarqatish: Ba’zi hasharotlar, masalan, komarlar va xirpalar, infektsiyalarni tarqatishi mumkin. Bunga malyariya, deng va boshqa kasalliklar misol bo‘lishi mumkin.
Har bir turdagi hasharotning o‘ziga xos roli va hayotdagi o‘rni mavjud. Tabiatning ideal muvozanatini saqlash uchun, hasharotlarning hamma turlari muhimdir.
Hasharotlar haqida sherlar.
Аsalari gullarga,
Qoʼnib sharbat yigʼadi.
Zaxmat chekib kuniga,
Shirin asal qiladi.
Shuning uchun bol ari,
Bizga juda foydadir.
Shu bois doim ular,
Gullar chaman joydadir.
Kapalak haqida she’rlar.
Hoy kapalak, kapalak,
Qanotlaring ipakdek.
Muncha shoshib uchasan,
To’xta, so’zlayin andak.
Uchrataman har kuni,
Seni har kun bog’chamda.
So’rib gullar sharbatin,
O’tirasan olchamda.
Borib ushlay deganda,
Shoshib darhol uchasan.
Sira tutqich bermasdan,
Guldan gulga qo’nasan.
Mendan aslo qochmagin,
Do’st bilaman o’zimga.
Pildir-pildir uchishing,
Oh, yoqadi ko’zimga.
Uch, uchaver, uchaver,
Go’zal bog’cham gulshanda.
Sira ozor bermayman,
Sevgim, fikrium bor senda.
Kapalakjon, kapalak,
Qanotlaring ipakdek.
Do’st bo’laylik ikkimiz,
To’xta, so’zlayin andak
Kapalaklar– Muhammad Yusuf.
Tug’ilgandan men sho’rlikning bag’rim qon,
Bir jismda talashadi ikki jon
Jon talashsam, tepada charx urgan ul,
Kapalaklar odamlardan mehribon….
Oqqushlarim, oq yomg’irda ucharlar,
Saharlardan shudring-sharob icharlar,
Tanlamayin qabrlarni qucharlar,
Kapalaklar odamlardan mehribon….
Gulga qo’nsa, qanotlari botmaydi,
Ojizlarim birovga tosh otmaydi,
Bir kun yashar, bir-birini sotmaydi,
Kapalaklar odamlardan mehribon….
Bir qarasang, na kulbasi, uyi yo’q,
Na tovushi, na qo’shig’i, na kuyi yo’q,
Kapalakning kambag’ali, biyi yo’q,
Kapalaklar odamlardan mehribon….
Kapalakning Ka’basidir hur dala,
Dalasida mehr to’la, nur to’la,
Baxtsiz bo’lsa, bari baxtsiz bir yo’la,
Kapalaklar odamlardan mehribon….
Oydin oqshom yodga tushding, o malak,
Seni o’ylab bo’ldi yana qon yurak,
Sevaman deb aldamaydi kapalak!..
Kapalaklar odamlardan mehribon!..
Muhammadga ishongan ey, mo’minlar,
O’lsam so’zim eslab, o’yga cho’minglar,
Kapalakning qanotiga ko’minglar,
Kapalaklar odamlardan mehribon…_
Tekinxo’r pashsha.
Pashsha uchib, gʼoʼngʼillab,
Shirani koʼrib qoldi.
Аxir u xam non talab,
Tez borib, qoʼnib oldi.
Yemoq boʼlib, shirani,
Pashshavoy shoshib qoldi.
Keyin esa badani,
Maxkam yopishib qoldi.
Shunday axvolga tushar,
Qaramagan uzoqqa.
Tanbal pashshaga oʼxshar,
Tushib qolsa tuzoqqa!
Kapalak.
Kapalagim, kapalak.
Uchgin osmon-u falakka.
Sakrayver guldan-gulga,
Raqsing yoqar ko’ngilga.
Tilla qo’ng’iz.
Deydi “g’iz-g’iz”.
Birovga sen,
Berma ozor.
Qo’yvor meni,
Ishim tig’iz.
Bekorchidan
El ham bezor.
Xonqizi.
Meni derlar xonqizi
Mittigina men o’zi
Juda ham ziyrakman
Tabiatga kerakman.
Qo’shig’ingni aytib ber
Non,suv,oshni ber
Qop-qora holim bor
Sanachi nechta bor.
Ninachi haqida she’r.
Men ninachi bo’laman
Bog’lar tomon uchaman
Unutmagin ismimni
Chizib quygin rasmimni.
Ignaga ip o’tqazaman
Ninachiga tutqazaman
Qani kel ninachi
Xunaringni ko:rsatchi.
Chumoli haqida.
Bizlar inoq chumoli
Yig’amiz ko’p donni
Yozda hecham tinmaymiz
Qishda och qolmaymiz.
Doim mehnat qilamiz
Rohatini ko’ramiz
Bizni derlar chumoli
Ser hosil don moli.
O’rgimchak haqida she’r.
Makon etib burchakni,
Ajoyib to‘r to‘qiyman.
Pashshani tutmoq uchun,
Ov darsini o‘qiyman.
Toki dasturxoningga,
Qo‘nmasin surbet chivin.
Sog‘lom bo‘lay desang,
Bolakay, tezroq yuvin!




















