9-aprel Amir Temur tavalludiga bag’ishlangan Amir Temur haqida sherlar bolalar uchun. Amir Temur haqida batafsil ma’lumotlar>>
Mundarija
Amir Temur haqida sherlar.

Turon she’ri.
Darsxona. Koʻzoynak taqqan ustozu
Oʻn-oʻn besh ilmga chanqoq bolalar,
Tizzasiga yamoq tushmagan orzu,
Deraza ortida koʻm-koʻk dalalar,
Yanogʻida esa loyqa oqar suv
Ilonday choʻzilgan ufqqa qadar… –
Dunyoning eng goʻzal manzarasi shu!
(Ikki dunyoniki boʻlmasa agar?!)
Yurakni gʻash qilar ovozi boʻrning,
Koʻksin kerib turar yozuv taxtasi.
Ustoz der, “Avlodimiz Amir Temurning,
Sizlar esa buyuk Turon bolasi”.
Bir soʻzga boyidi lugʻatim shunda,
Buncha goʻzal ekan vatanim ismi.
«Turon» deb pichirlab yotardim tunda,
«Bobo, – derdim tagʻin. – Sogʻindim sizni!».
Derazadan sinib tushgan oy nurin
Xayolan qoshiqlab ichmaganmisiz?
Yoki tushingizda yuztuban boʻlib,
Qishlogʻingiz uzra uchmaganmisiz.
Nogahon koʻksingiz toʻlib gʻururga,
«Sohibqiron bobom!» demaganmisiz.
Maktabdan qaytishda «loy jang»laridan
Yuzingiz shilinib kelmaganmisiz.
U kunlar yodini avaylab-asrab,
Bu kunlar dodiga qoʻshib aytaman.
Boboga noloyiq nabira sabab
Zil-zambil qaygʻuga choʻkib qaytaman.
Men ojiz noshudni kechiring, bobo,
Orzular etagin tuta olmadim.
Choʻntakka pul kirsa, faqat kayf-safo,
Ayolga suyuldim, chopsa omadim.
Ajdodlarim qilich solishgan yerda,
Kun boʻyi yalpayib, pista sotaman.
Vatanni sotarman amalga minib,
Neki bor, qoʻlimga tushsa, sotaman.
Nohaqliklarga ham ketaman koʻnib,
Shoirman, bobojon, gap desa, qop-qop.
Turonni ham oldik, maydalab boʻlib,
Ruhingiz hurmati, qilmadik insof.
Kechiring, bobojon!
Yuragim yigʻlar,
Siyqa hayotimdan koʻnglim toʻlmaydi.
Yamoq tushdi Turon xaritasiga,
Choklaridan goho oʻtib boʻlmaydi!..
Darsxona. Koʻzoynak taqqan ustozu
Oʻn-oʻn besh ilmga chanqoq bolalar,
Ot sotib olishni qilardik orzu,
Minib yursak derdik, Turon oralab…
Minnatdorman bobom nomi tirkalgan
Koʻzoynakli tarix darsxonasidan.
Oʻpib qoʻygim kelar, tunda pichirlab
«Turon» degan bola peshonasidan!
Temur bobom.

Topar chog’ida kamol
—Unga bo’ldi esh, hamdam
Shayx Shamsiddin Kulol.
Biri edi Shayx Kulol.
Tarag’ay Bahodirning
Piri edi Shayx Kulol.
Pirning o’gitlaridan.
Ixlos bilan ushladi
Shayx Kulolning baridan.
Suyub Said Baraka.
O’tmas edi uningsiz
Mashvarat-u ma’raka.
Dovrug’ soldi jahonga.
Barcha ta’zim ayladi
Temur Sohibqironga.
Har doimo qo’llasin!
Ona yurtimni mudom
G’oliblikka yo’llasin!
Temuriylar she’ri.

O’zbekning tarixi jahonga tengdir
Har bitta so’zining ma’nosi kengdir
Tarixni titib aqlingga sig’dir
Bizning tariximiz TEMURIYLARDIR!
O’zbek tarixini cho’llarga yoysa
Suv toshib ketar daryoga otsa
Samarqandda yer tepib yurmangiz aslo
Ahir u yerlarda TEMURIYLAR bor!
O’zi vafot etgan , huddi tirekdek
Yolg’iz qolgan joyda dildan sherikdek
Har bir savob ishda xatto yoningdek
Diydori qiyomat TEMURIYLAR bor!
Haqqiga duolar qilaylik bugun
Ularga munosib bo’laylik bugun
Ruhlar hozir-u nozir deyilgan
Demak yonimizda TEMURIYLAR bor!
Ularni bilmasang o’zbek emassan
Tik turib yuribsan tirik emassan
O’zingni o’zing aldama buncha
O’zligingni bilmasang o’zbek emassan!
Qizg’onib tarixni , kitoblarni
Ochilgan har bir varoqlarni
Qadrlang jilddagi haqiqatlarni
Chunki haqiqatdan TEMURIYLAR bor!
Nohaqlikni ko’rib jim qarab turma
Olimlarni xo’rlatib , yig’latib qo’yma
O’zligingni o’zing unutib qo’yman
Axir qoningda ham TEMURIYLAR bor!
Ular davri o’tdi deb zamonni quvma
Tiling kelgan har so’zni aytma
Faqat oldinga intil, ortga hech qaytma
BIZNI QO’LLAB TURUVCHI TEMURIYLAR BOR!!!
Buyuk o’zbekning.
Istibdod taxtini yengib, yiqolgan,
Istiqlol mash’alin gurlab yo’qolgan,
Boshi osmon bo’lsin bugun o’zbekning,
Dong’i doston bo’lsin bugun o’zbekning!
Jon tabibi — ibn Sinosi bilan
Qaddi baland bo’lsin bugun o’zbekning,
Jismi payvand bo’lsin bugun o’zbekning!
Marvarid yaratgan navosi bilan,
Intizor Boburiy Mirzosi bilan
Nasli ulug’ bo’lsin bugun o’zbekning,
Rizqi to’luq bo’lsin bugun o’zbekning!
Amir haqida qo’shiq matni.

Siz – Amirsiz, Siz-Temursiz,
Jahongir Sulton.
Iymondirsiz, vijdondirsiz
Siz aziz inson.
Qalblar aro ko’tarmoqda
Ruhingiz isyon,
Temur bobo, nomingizni
Yod etajakmiz.
Olam aro ruhingizni
Shod etajakmiz.
Tumorlarda, duolarda
Yashab qolasiz,
Ko’kni o’pgan binolarda
Yashab qolasiz,
Ko’zga ko’chgan,
Ziyolarda yashab qolasiz,
Narziy bitgan navolarda
Yashab qolasiz.
Temur bobo, nomingizni
Yod etajakmiz,
Olam aro ruhingizni
Shod etajakmiz!
Amir Temur she’r.
Yurtim qancha uluģlaring
Yer zaminni titratdi
Qancha mashhur daholaring
Ilm boģin yashnatdi
Temurlang afsonasi
Dillarda qolib mangu
Er yigitlar qalbiga
Elga mehr uyģotdi
Qilichining zarbidan
Zavol topgan ģanimlar
Har bir mardlik yurishidan
Dunyo ahli tanirlar
Temur bobo biz hali yosh
Kimligingiz bilamiz
Zafarlaringiz taftida
Ozod va hur yashaymiz
Prezident bobomizning
Õgitlarin olamiz
Bõldi yetar demaguncha
Uyimizda qolamiz.
Buyuk Amir Temur monologi.

Bag‘ishlab suyukli elga Turonni,
Tangrim lutf etdi so‘ng Sohibqironni.
Dedi: “G‘animlarga o‘lja tarqoq el,
Birlashtir yurtingni, yech muammoni”.
Jon fido etib men, qilib shijoat,
Ayladim uch qit’a ulusini zabt.
Moziyning sarg‘aygan sahifasiga
Zeb bermish men qurgan azim saltanat.
Bilursiz siz meni, men qurganlarni,
Ezgu ishlar sari yuz burganlarni.
Adolat hukmini o‘qib yurganim,
Uyg‘onish davriga g‘isht terganlarni.
Kengashdim, mashvarat qildim har ishda,
Mardlar menga yo‘ldosh edi yurishda.
Yurt sha’ni uchun ot surgan o‘g‘lonlar
Bel bog‘lab, bo‘ldilar menga payvasta.
Yaqinim yo‘qotib qilsam-da bardosh,
Askardan ayrilsam ko‘zdan oqar yosh.
Men yonib yashadim, kuydi ag‘yorlar,
Otashim taftiga berolmasdan dosh.
Sohibi qudrat ham el g‘amin yemish,
Azizlar, siz borsiz, ruhda osoyish.
Fursatni boy bermang, ey dilbandlarim,
Sizga eshik qoqib keldi Uyg‘onish.
Amir Temur.
Jahongir so‘zidan yaxshilik bunyod.
Bizga mayoq bo‘lsin, baxsh etib sabot.
Avlodlar bizlardan ololsin o‘rnak,
Shunda rizo bo‘lur Temurdayin zot.
Internet ma’lumotlaridan foydalanildi.




















