G’afur G’ulomning Shum bola asari test savollari

6-sinf adabiyot darsligi test savollari. G’afur G’ulomning Shum bola asari test savollari. Abituriyentlar uchun adabiyot fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami.

 

Mundarija

Natija

#1. «Shum bola» qissasida Omon va shum bola yashirincha ziqna boyning uyidan muzdi (xizmat haqi, to‘lov)ni qanday undirib ketmoqchi bo‘ladilar?

#2. «Shum bola» qissasida shaharning bir chekkasidagi xaroba uyni nashavand-bangilar yig‘iladigan takyaxonaga aylantirgan, o‘zicha xudojo‘ylik qiladigan, biroq qilayotgan ishlari Xudoning aytganlariga mutlaqo teskariligi bilan o‘quvchini hayratga soladigan obraz qaysi?

#3. «Shum bola» qissasidagi eshon qancha qalandarlarga yo‘lboshchi bo‘lib olgan edi?

#4. «Shum bola» qissasidagi Sariboy qayerlik edi?

#5. «Shum bola» qissasidan olingan quyidagi parchadagi «bo‘ka» so‘zining ma’nosini toping. «Go‘shting olaqarg‘aga xomtalash bo‘lgur, men yetib borgunimcha o‘t chimdib turadi, yetib borganimdan keyin, menga bir qarab qo‘yadi-da, xuddi sag‘risiga bo‘ka tushganday yana o‘ynoqlab qochadi».

#6. «Shum bola» qissasida uchraydigan «g‘ulom gardish» nima?

#7. «Shum bola» qissasida quyidagi gaplarni shum bolaga kim aytadi? «Oyoq-qo‘ling chaqqongina, epchil yigitsan. Sen ham axir qarab turmasdan, boshqacharoq yo‘l bilan bo‘lsa ham tirikchilikning payidan bo‘lsang edi, o‘g‘lim… Axir kissa-karmon degan gaplar ham bo‘ladi. Naqdina pul – ham yengil, ham qimmat, ham yashirishga oson bo‘ladi. Naqdina bo‘lsin, bolam, naqdina bo‘lsin…»

#8. «Shum bola» qissasida shum bolaning sarguzashtlari qayerda bo‘lib o‘tadi?

#9. G‘afur G‘ulom «Shum bola» qissasini qachon qayta ishlab, hozirgi mukammal holiga keltiradi?

#10. G‘afur G‘ulomning «Shum bola» qissasi qachon yozilgan?

#11. «Shum bola» qissasining bosh qahramoni shum bolaning Toshkent atrofidagi qishloqlarda kechadigan sarguzashtlari qancha davom etadi?

#12. «Shum bola» qissasida shum bola va Omon sabzi kavlab yurgan odamlardan qayerning yo‘lini so‘raydilar?

#13. «Shum bola» qissasida yuzlab qalandarlarga yo‘lboshchi bo‘lib olib, har gapida qayta-qayta Xudoni tilga oladigan ikkiyuzlamachi obraz qaysi?

#14. «Shum bola» qissasida shum bola Sariboynikida qari-qartang aralash nechta xizmatkor borligini aytadi?

#15. «Shum bola» qissasida shum bola va Omon qishni xizmatida o‘tkazmoqchi bo‘lgan boyning uyida nega xizmatkorlari yo‘q edi?

#16. «Shum bola» qissasida shum bola Sariboyning oldiga borganda boy shiyponda nima bilan nonushta qilib o‘tirardi?

#17. G‘afur G‘ulomning «Sog‘inish» she’ri qachon yozilgan?

#18. «Shum bola» qissasida Sariboy mevazorlarni qayerlik odamdan yutib olgan edi?Chuvalachilik

#19. «Shum bola» qissasida uchraydigan badiiy o‘xshatishlarni toping. 1) «It quvgan tulkiday Omon menga ergashdi». 2) «O‘choqdan chiqqan zangori tutun osmonga o‘rlab, tevarakatrofga ko‘rpadek yoyildi». 3) «Hazrat bo‘lsa, o‘zini umr bo‘yi o‘likdan boshqa narsa yuvmagan kishiday qilib ko‘rsatishga harakat qilardi. 4) «Sirlangan xumchaga tushgan sichqonday to‘rt tomonga alanglab, o‘zimga bir najot yo‘li qidirar edim». 5) «Oy bo‘lsa, tepamizga kelib allaqanday sarg‘ish, allaqanday ko‘kimtir nurlar sochadi». 6) «Ora-chorada tor ko‘chalar yo‘limni to‘sib qolsa ham, tulki quvlagan tovuqday sakrab o‘tib ketar edim». 7) «Xotin qozonning qopqog‘ini ochdi – baliqday bo‘lib oppoq laganda moshkichiri chiqdi, o‘rtaga qo‘ydilar». 8) «Qo‘ylar xuddi sutga tushgan sichqonday boshlarini ko‘tarib suzar edilar». 9) «Har ikkovimizning yuragimiz dard tekkan terak yaprog‘iday qaltirab turibdi». 10) «Zinadan chiqqan itdek to‘rt oyoqlab narvonga tirmashib tomga chiqdim».

#20. «Shum bola» qissasining nechanchi qismi qirqinchi yillarning oxirida yozib tugatilgan?

#21. «Shum bola» qissasida shum bola to‘qigan yolg‘onlar ketmaketligini ayting. 1) dandon sopli pichoqning sinishi; 2) to‘riq qashqaning o‘limi; 3) tozi itning o‘limi; 4) omborning yonishi; 5) og‘ilxonaga o‘t tushishi; 6) qo‘rg‘onning yonishi; 7) bo‘riboyvachchaning o‘limi; 8) Adol opaning tug‘ishi;

#22. «Shum bola» qissasida muallif Sariboyni mot qilish usulida xalq og‘zaki ijodining qaysi janri namunasidan foydalangan?

#23. «Shum bola» qissasidan olingan «Men ne qilsa ham eshak so‘yib korafta bo‘lib qolgan sallox» gapidagi «sallox» so‘zining ma’nosini toping.

#24. «Shum bola» qissasida sherigining tashlab ketishidan qo‘rqib, qopdagi go‘shtni bo‘shatib, ichiga tushib olgan kim?

#25. «Shum bola» qissasi nechanchi yillarning boshlarida qayta tahrir qilingan?

#26. Quyidagi matnda «Shum bola» qissasidagi qaysi boy haqida gap ketmoqda? «Sopini o‘zidan chiqarish» – boyning «nozik joyi»dan ushlash lozim. Uning nozik joyi esa mol-mulki, boyligi bilan bog‘liq. Gap ana shu mavzuga burilsa, «boyning chaynab turgan yaxna tilni yutishga ham darmoni qolmaydi».

#27. «Shum bola» qissasida shum bolani to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘g‘rilik qilishga kim yo‘llaydi?

#28. G‘afur G‘ulom nechanchi yili «Shum bola» qissasini yozib tugatgan?

#29. «Shum bola» qissasida shum bola kimning og‘ilxonasida o‘sallab qolgan ho‘kiz o‘rniga soppa-sog‘ eshakni so‘yib qo‘yib, rosa kaltak yeydi?

#30. «Shum bola» qissasida shum bolaning Sariboyni mot qilish usuli qaysi ertakda uchraydi?

Oldingisi
Tugatish
6-sinf Adabiyot mavzulashtirilgan testlar